1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan


-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan


Download 68.85 Kb.
bet4/9
Sana13.02.2023
Hajmi68.85 Kb.
#1192833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fan olimpiada 2022

1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan
1. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Chorvachilik va dehqonchilik neolit davrining eng katta ixtirosidir;
B) Neolit davri oxirida odamlar misdan foydalanishga o‘tishdi;
C) Neolit davrida idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi;
D) Kapova g‘ori, Selung‘ur, Teshiktosh paleolit davri manzilgohlari hisoblanadi;
2. XIV asr oxiriga kelib qaysi omillar Malining zaiflashishiga sabab bo‘ladi?
A) Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar
B) O‘zaro urushlar, iqtisodiy inqiroz
C) Tinimsiz urushlar, sulolaviy nizolar
D) Feodal tarqoqlik, tinimsiz urushlar
3. Qaysi jangdan so‘ng ko‘p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo‘l oldilar?
A) 1066-yilgi Gastings jangidan so‘ng
B) 1242-yilgi Muz ustidagi jangidan so‘ng
C) 1240-yilgi Neva jangidan so‘ng
D) 1071-yilgi Mansikret jangidan so‘ng
4. Abruy qo‘zg‘olonidan jabrlangan boy mulkdorlar va savdogarlar qayerga qochishadi?
A) G‘arbiy Sibr va Yettisuvga
B) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga
C) Eron hududiga
D) Turkiston va Taroz atroflariga
5. XV asr o‘rtalarida yuz bergan qaysi omil Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga katta salbiy
ta’sir ko‘rsatdi?
A) Iqtisodiy inqirozning boshlanishi
B) Shimoldan manjurlar hujumining boshlanishi
C) Qishloq xo‘jaligi inqirozga yuz tutishi
D) Hokimiyat uchun sulolaviy nizolarning avj olib ketganligi
6. Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi?
A) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko‘p urindi. Eron
safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi;
B) agrar islohot o‘tkazildi, yer egalarining soliq tolamaslik tartibi bekor qilindi;
C) qo‘shin tarkibini yangilash va muntazam qo‘shin tashkil etdi;
D) mamlakatdan jungorlarni haydab chiqarish, Toshkentda qozoqlar hukmronligiga chek qo‘ydi;
7. O‘rta Osiyoda temir davriga kelib aholi orasida qaysi tabaqaning ta’siri tobora kuchayib borgan?
A) Harbiy sardorlar
B) Qabila-urug‘ oqsoqollari
C) Kohinlar
D) Jangchilar
8. V asrda barpo etilgan Zog‘ariq va Bo‘zsuv kanallari suv bilan ta’minlab turgan hududlarda qadimda qaysi
xalqlar yashagan?
A) saka-tigraxauda B) saka-xaumovarka
C) saka-tiay-taradarayya D) massagetlar
9. Fransiyada ikkinchi respublika vujudga kelgan yilda ....
A) Afrika qit’asida Liberiya davlati tuzilganligi e’lon qilindi;
B) Rossiya-Turkiya o‘rtasida “Qrim urushi” kelib chiqdi;
C) Ikkinchi afyun urushi nihoyasiga yetdi;
D) Eronda bobiylar qo‘zg‘oloni boshlandi;
10. Ilk o‘rta asrlarda qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday
obodonchilik ishlarini amalga oshirishda kimlar sarkor ishboshi sifatida faol qatnashganlar?
A) Kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar
B) Mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari
C) Kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar
D) Qishloq jamoalarining azolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari

Download 68.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling