2. Axborot tizimining dasturiy ta`minoti Axborot tizimining dasturiy ta`minoti deganda, kompyuter texnikasi vositalari bilan ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi. Dasturiy ta`minotni bajaradigan funksiyalariga bog`liq holda uchta sinfga ajratish mumkin: tizimli dasturiy ta`minot, tadbiqiy dasturiy ta`minot va dasturlash tizimlari (3-rasm).
3-rasm. Dasturiy ta`minotning tarkibi
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) - axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo`ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidir. AATning tashkil qilinishi iqtisodiy ob`yektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ko`maklashadi va boshqaruv sifatini ta`minlaydi. Korxona, firma va barcha sohalarning ish rejalarini muvofiqlashtirishda tezkor qarorlarni ishlab chiqish, moddiy va moliyaviy resurslar bilan aniq harakat qilish orqali AATning eng katta samaradorligiga erishiladi. Shu bois ham AATlarining faoliyat yuritish sharoitlarida boshqaruv jarayonlari ob`yektning o`ziga xos tarkibiy-dinamik xususiyatlarini ko`proq yoki kamroq adekvat aks ettiruvchi iqtisodiy-tashkiliy modellarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |