1-qism uummkk qishloq xoâ•Ÿjaligida innovatsion pdf


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
Sana29.01.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1138103
Bog'liq
25-MAVZU



146 
25-Mavzu: Paxta hosilini yigʻishtirishdagi mashinalar 
Reja: 
1. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari. 
2. Vertikal shpindelli paxta terish mashinalari. 
3. Terish apparatiga yangi innovatsion yechimlari. 
Tayanch iboralar:paxtani mashinada terish usullari,agrotexnik talablar, texnologik 
jarayonlar va mashinalar turi, mashinaning ishchi qismlari, ilg’or texnologiyalar.
Paxta terish mashinalari -
ochilgan paxtani terish uchun moʻljallangan 
qishloq xoʻjaligi mashinalari. Ishlash usuliga koʻra, pnevmatik, mexanik, pnevmo-
mexanik va elektromexanik turlarga boʻlinadi. Pnevmatik Paxta terish 
mashinalarim.da paxta havo oqimi yordamida teriladi. Ular vakuumli, ejektor-
shlangli, soʻruvchi va haydovchi-soʻruvchi mashinalarga boʻlinadi. Bu 
mashinalarning ish organlari turli soplo (soʻrgich) va uchliklardan iborat boʻladi. 
Mexanik Paxta terish mashinalarim. da paxta mexanik qurilma yordamida teriladi. 
Bular ish organlarining turiga qarab, shpindelli, ignalar oʻrnatilgan lentali (kardali), 
ilmokli, diskli boʻladi. Mexanik (asosan, shpindelli) Paxta terish mashinalarim. 
gʻoʻza tuplariga terim jarayonida butun hajm boʻylab yoki tuplarni shaklgблa 
keltirib yon tomonlaridan qisgan holda tekis ishlov beruvchi turlariga ajraladi.
1-rasm. 
Amalda shpindelli Paxta terish mashinalarim. keng tarqalgan. Ular gorizontal 
va vertikal shpindelli xillarga boʻlinadi. Gorizontal va vertikal shpindelli Paxta 
terish mashinalarim.ning asosiy qismi 
— paxta terish apparati. U shpindellar 
barabanlari, ajratkichlar, shpindellar barabanlarini aylantirish mexanizmi, 
reduktorlar, tup koʻtargichlar, kabul kameralaridan iborat. Hozirgi zamon Paxta 
terish mashinalarim.da terim apparatlari dala relyefini takrorlovchi moslamalar bilan 
jihozlangan. Gorizontal s
hpindelli Paxta terish mashinalari m.da shpindellar gʻoʻza 


147 
tuplari orasiga yon tomondan gorizontal holatda kiradi va oʻqi atrofida aylanib, 
ochilgan paxtani oʻziga oʻrab chiqadi hamda baraban bilan birga aylanib, ajratkich 
tomonga harakat qiladi. Disksimon botiqqavariq shaklli ajratkichlar aylanma hara-
kat qilib, shpindel yuzasidan paxtani sidirib, qabul kamerasida yoʻnal-tiradi, u 
yerdan esa yigʻilgan paxta ejeksiya (soʻrish) hisobiga havo yordamida bunkerga 
yuboriladi.
2-rasm. 
Vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarim.da shpindellar bara-banga yoki 
zanjirga oʻrnatiladi. Gʻoʻza tuplari 2 baraban orasidan qisilib oʻtadi. Barabandagi 
shpindellar oʻz oʻqi atrofida va baraban bilan birga aylanib, paxtani oʻrab oladi. 
Shpindelga oʻralgan paxtani ajratib olish va uni kabul kamerasiga tashlash vazifasini 
ajratkich oʻtaydi. Shpindelning teskariga aylanishi va qilli choʻtkalardan tuzilgan 
aylanib turuvchi ajratkich bilan tozalanishi natijasida ajratkichdan kelgan paxta 
kabul kamerasiga uza-tiladi va qabul kame
rasida yigʻiladi. U yerdan ventilyator 
paxtani soʻrib, bunkerga uzatadi. Bunker paxtaga toʻlgach, mexanizator uni traktor 
tir-
kamalargatoʻkadi. Pnevmomexanik Paxta terish mashinalarim.da paxta havo va 
mexanik moslama yordamida teriladi. Elektromexanik mashinalarda paxta elektr 
maydoni yordamida teriladi. 
Paxta terish mashinalarim. Dastlab 1850-yil AQSH da yaratildi. 
Oʻzbekistonda birinchi pnevmatik Paxta terish mashinalarim. 1929-yil ixtiro etilgan. 
Lekin u amalda uncha ish bermadi. 1933-
yil STZ traktoriga oʻrnatiladigan 
ejektorshlangli mashina ixtiro qilindi. Bu mashinada 15 ta havo 
soʻruvchi shlang 
boʻlib, har qaysi shlangni bir terimchi ushlab, ochilgan paxtani unga roʻpara qilardi. 
Paxta havo yordamida soʻrilib, maxsus idishga toʻplanardi. Uning ish unumdorligi 
juda past edi. Shuning uchun bu mashina amalda qoʻllanmadi. Oʻsha yili birinchi 
gorizontal shpindelli mashina yaratildi. U 2 barabanli (1 katorli), kertik shpindelli 
boʻlib, traktorga tirkab ishlatilgan. Uning ham ish unumdorligi past boʻlgan. 1935-
yil 
“Universal-1” traktoriga oʻrnatiladigan1 barabanli, gorizontal shpindelli mashina 
yaratildi. Bu mashina paxtaning 40% ini terib, 15% ini toʻkar, ish unumdorligi past 
edi. 1936-yil 2 qatorli, gorizontal shpindelli mashina ishlab chikarildi.


148 
Uning ish apparati 4 ta barabandan iborat boʻlib, har bir ba-rabanga 352 ta 
konus shpind
el oʻrna-tilgan; mashina paxtani gʻoʻza tupining Toshkent qishloq 
xoʻjaligi mashinasozligi zavodida 1937-yil birinchi pnevmatik mashina ishlab 
chiqarilgan. Mashinada bir necha soʻrish tuynuklari boʻlib, paxtani havo yordamida 
soʻrib terardi. 1938-yil ixtirochi L. M. Rozenblyum vertikal shpindelli Paxta terish 
mashinalarim. I
xtiro etdi. Uning ish apparati oʻziyurar shassiga oʻrnatilib, har biri 
32 shpindelli ikkita baraban va toʻrtta choʻtkali ajratkichdan iborat edi. Mashina 
paxtaning 54
—65% ini terib, 8—15% ini toʻkardi. Mashina birmuncha 
takomillashtirilgach, terilgan paxta 80, 8%, toʻkilgani 16,5% boʻldi. Asosiy nuqsoni 
terilgan paxtaning shpin-
deldan qiyin ajralishi hamda choʻtkali barabanga oʻralib 
qolishi edi. 
3-rasm. 
1941-yilda XVSH-4B markali 4 barabanli Paxta terish mashinalarim. 
yaratildi. Mashina bir yurishda har tup gʻoʻzadagi paxtani 2-marta terardi; bunda 
terilgan paxta 75%, toʻkilgani 8% edi. 1945-yilda XVSHU markali oʻziyurar 
mashina yaratildi. Bu mashina 2 barabanli apparat va oʻziyurar shassidan iborat 
boʻlib, uning shpindellari fakat bir tomonga aylanardi. 1946 i. da diametri 16 mm li 
42 shpindelli, Paxta terish mashinalarim. xoʻjalik sinovidan oʻtkazildi. 1947-yil 
konstruktor M. N. Markov boshchiligida SXM-47 va 1948-yil SXM-48 rusumli 
Paxta terish mashinalarim. ishlab chiqarildi. SXM48 rusumli Paxta terish 
mashinalarim., asosan, ish apparati, rama, 2 ventilyator, harakat uzatish mexanizmi, 
apparatni koʻtarish-tushirish mexanizmi, tup koʻtargich, obtekatel, bunker va 
traktordan iborat edi. Mashinaning barcha mexanizmlari traktorning quvvat olish 
validan harakatla-nardi. 1958
—68 yillarda 2 qatorli XT-1,2 rusumli, 1966-yildan 2 
qatorli 17XV-1,8 rusumli keng (90 sm) qatorli, 1968-yildan T-28X-4 traktoriga 
oʻrnatiladigan 4 qatorli 14XV-2,4 A ("Uzbekistan") rusumli va 1972-yildan MTZ-


149 
50X traktoriga oʻrnatiladigan 4 qatorli XN-3,6 markali, 1974-yildan 6 qatorli XV-
5,4 rusumli Paxta terish mashinalari m. ishlab chiqarila boshladi. 
Bu mashinalar, asosan, terish appa-rati, harakat uzatuvchi reduktor, 
ventilyator, suv nasosi, bunker, havo trubalari, boshkarish tizimi va ramadan, terish 
apparata esa rama, shpindelli ba-rabanlar, ajratkich barabanlar, shpindellarni 
aylantiruvchi uzatma, qabul kamerasi, ish tirqishini sozlovchi mexanizm, tup 
koʻtargich, reduktor, qoʻshuvchi mufta, saklovchi moslamalardan iborat edi. 1976-
yildan boshlab ishlab chiqarilgan barcha turdagi Paxta terish mashinalarim. ish 
unumdorligini 18
—20% ga oshiruvchi, yangi vintli garkibiy shpindellar (kvadrat 
kesimli mustahkam oʻzakka biriktirilgan vintli prujinasimon ilashtaruvchi 
elementdan tuzilgan) bilan jihozlana boshladi. "Oʻzbekiston" rusumli 4 katorli 
mashina T-28X-4 rusumli traktorga urnatilgan. Bu mashinaning 2 varianta: 12 
shpindelli va 15 shpindelli barabanlar urnatilgan terish apparatli xillari ishlab 
chikarildi. Mashinada 4 ta terish apparata ikki yon tomonga 2 tadan oʻrna-tilgan. 
Uni 60 sm va 90 sm kagor oralarida yurishga rostlash mumkin. Har bir qatorning 
paxtasi ikki qayta terilardi. Mashina, asosan, rama, terish apparatlari, harakatni 
taqsimlash reduktori, bunker, ventilyatorlar va boshkarish ti-zimidan iborat edi. 
Shuningdek, shpindellarni yuvish va bakka suv kuyish, mashinani moylash tizimi 
bilan uskunalangan. Barcha markadagi Paxta terish mashinalarim. bir-biridan terish 
apparatlari va barabanlari, asosan, ayrim qismlarining tuzilishi, shpindellarining soni 
bilan farqdanadi. 
4-rasm. 
Paxta terish mashinalarim., asosan, AQSH va Oʻzbekistonda ishlab 
chiqariladi. AQShda gorizontal shpindelli, Oʻzbekistonda vertikal shpindelli 
mashinalar ishlab chiqarilardi. 20-asr 70
—80-yillarida ingich-ka tolali, urugʻlik 
paxtalar uchun XVN, XVA, XVB turkumdagi Paxta terish mashinalarim. hamda 
1977-yildan esa pnevmopodborshik va tozalagich bilan jihozlangan MTZ-80 
traktori asosida XNP-1,8 mashinalari ishlab chiqildi. 1992
—94 yil esa gʻoʻza tupiga 


150 
koʻp marta ishlov beruvchi yangi turdagi terim apparatlari bilan jixrzlangan XS-25 
rusumli Paxta terish mashinalarim. xoʻjaliklarda ishlatila boshladi. 20-asr 90-yillari 
oʻrtalarigacha Oʻzbekistonda, asosan, vertikal shpindelli mashinalardan 
foydalanilgan. Keyingi yillarda Oʻzbekiston paxta maydonlarida Amerikada ishlab 
chiqarilgan gorizon-
tal shpindelli Paxta terish mashinalarim. ham paydo boʻldi. 
"Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" kompaniyasi (Toshkent) krshida 1997-yildan 
boshlab "OʻzKeysmash" qoʻshma korxonasi tashkil etilib, paxtakorlarga 
"Case20022 Cotton Express" rusumli 2 qatorli Paxta terish mashinalarim.ni yetkazib 
bera boshladi. BMKB 
— Agromash ak-siyadorlik jamiyati bilan birgalikda 
"Toshqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati XMG-04, XMG-12 rusumli 2 qatorli, 
gorizontal shpindelli Paxta terish mashinalarim.ni ishlab chikaradi. Ular 90 va 60 sm 
li paykallarda paxtaning oʻrtacha va ingichka tolali navlarini terishga moʻljallangan. 
"2022 Kotton Ekspress" rusumli mashina esa 2 katorli, gorizontal shpindelli, 
oʻziyurar mashina boʻlib, 90 va 100 sm li paykallarda paxtaning oʻrtacha navlarini 
terishga moʻljallangan. 
Oʻzbekistonda Paxta terish mashinalarim.ni yaratish va ularni 
takomillashtirishga doyr na-
zariy va amaliy ishlar, asosan, Oʻzbekiston Fanlar 
akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida olib 
boriladi. Paxta terish mashinalarim. yaratish va ularni takomillashtirish ishlari 
Oʻzbekistonda H. H. Usmonxoʻjayev, O. V. Lebedev, A. D. Glushchenko, M. V. 
Sablikov, D. M. Shpolyanskiy, O. A. Karimov, A. S. Sadriddinov, R. D. 
Matchonov, M. T. Toshboltayev va boshqa olimlar, G. I. Volkov, L. M. 
Rozenblyum, M. N. Markov va boshqa konstruktorlar nomlari bilan bogʻliq. 
Nazorat savollari. 
1. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari haqida ma’lumot bering. 
2. Vertikal shpindelli paxta terish mashinalari haqida ma’lumot bering. 
3. Terish apparatiga yangi innovatsion yechimlari haqida ma’lumot bering. 
26-Mavzu: Kartoshka yigʻishtirishdagi innovatsion mashinalar. 
Rеjа: 
1. 
Каrtoshka yig`ishtirish texnologiyasi va agrotexnik talablar.
2. 
Каrtoshka yig`ishtirish mashinalarining turlari va umumiy tuzilishi.
3. 
Каrtoshka kovlagich ishchi qismlari.
Tayanch so’zlar: Texnologiya, Elevator, Lemex, Texnika, Innovatsiya
Bunker, Tranporter.
Kartoshkani yigishtirish tеxnologiyasi
Kartoshka xosilini yigishtirib olish mashakkatli ish bo’lib, u kartoshka 
еtishtirish uchun sarflanadigan xarajatlarning 45...60% ni tashkil etadi.
Kartoshka qator oraligi 70 sm, uyalar orasi 30 sm qilib eqiladi. Kartoshka xosili 
xar xil chuqurlikda joylashadi. Pastki va ustki tugunaklarning chuqurligi h1, h2 va 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling