1. Qiziqarli mantiqiy savol


Download 10.12 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi10.12 Kb.
#1034726
Bog'liq
zakovat savollari


1.Qiziqarli mantiqiy savol:
Bir kishi sochini oldirib bo'lib qancha bo'ladi dedi, Usta esa kassada necha so'm bo'lsa shuncha tashlab 2000 so'm oling dedi. Keyingi odamga ham shu qaytarildi va 3-odam ham kassada qancha bo'lsa shuncha pul tashlab 2000 so'm olib chiqib ketdi va kassada pul tugadi. Savol kassada qancha pul bo‘lgan? Javob : 1750 so‘m 2.Savol: Arman topishmog'iga ko'ra uning bir oyog'i va o'ttiz qanoti bor. Yordam sifatida aytaman u jangda ham qatnashgan. Menga arman topishmog'ining javobini emas. Uning jangdagi raqibini ayting. Javob:Don Kixot
3.Bu uyga men faqat uxlash uchun kirardim, uyqu vaqtida qo'y ham sanaganimni aytib o'tishim kerak ,shu qisqa vaqt mobaynida hamma do'stlarimdan ayrilar edim, keyin esa telbalarcha har tomon yugurardim. Qaytganimda uyim tarsakilar qurshovida qolardi. Hammasi ajoyib edi. Xurmatli bilimdonlar sizda ham shunday "uy" bo'lganiga hech shubha yo'q, endi savol bu uyni turli hududlarda har xil nom bilan aytishadi, bu uyni biz qayerda uchratamiz , topib ko'ringchi? Javob: Yashinmachoq o‘yinida
4.Etnograf Snesarev shunday yozadi: «Xorazmda u to‘g‘risida «U xudoga zikr aytadi» derdilar. Bundan tashqari, Xorazmda u o‘z ishini bevaqt sodir etsa, unga nisbatan keskin choralar ko‘rilib, kallasi olingan». Bir daqiqadan so‘ng o‘sha kallasi olinganning nomini ayting.
Javob: Xo‘roz
5. Kolizey bilamizki u Rimdagi gladiatorlar jangi o‘tadigan stadion, u yer maxsus qavatlarga va sektorlarga ajratilgan. Har bir qavatning òz egalari bòlgan. Pastda amaldor-zodagonlar, keyin oddiy xalq va eng tepada qullar tomosha qilgan. Albatta qullar mustaqil chipta olish huquqiga ega bòlmagan. Qachonki xojasi quli uchun ham chipta olib bersagina tomoshalarga kiritilgan. Diqqat savol: qullar tomosha paytida yana qanday huquqdan mahrum bòlishgan? Javob: Ular o‘tirmasdan tomosha qilishgan
6.У шундай "саркардаки" У ҳеч қачон мағлубиятга учрамаган, шу билан бирга У ҳар доим ҳақ бўлиб келган, айтишларича у энг зўр ва буюк саркардаларни ҳам мағлуб этган эмиш, ҳатто У нинг "лашкарлари" энг кўп сонли армияни ташкил этади. Савол: Мантиқан ўйлаб айтингчи, У "саркарданинг" номи нима? Javob: Azroil (a.s )
7.O'rta yoshli Anjila o'z uyda behosdan o'lib qoldi. Politsiya murdani tekshirdi va Anjila zaxar istemol qilib vafot etganini aniqladi. Avvaliga politsiya uni o'z joniga qasd qilgan deb taxmin qildi. Lekin Anjilani qo'lidan g'ijimlangan bir parcha qog'ozni topishadi. Politsiya Anjilani o'z joniga qasd qilgan degan fikrdan shubxalana boshlaydi. Qog'ozdagi yozuvlar: 4-noyabr , 4-iyun , 3- yanvar , 1-aprel
Ish g'ayrioddiy tusga kirib qoladi. Anjila xatga qandaydir sirni yozib qoldirgani ma'lum edi. Politsiya Anjilani eng yaqin tanishlarini surushtirib, ularning orasidan 3 ta shubxali ayolni tergov qiladi. Ular:
* Juzeffe (sekretar)
* Anna (buxgalter)
* Marria (o'qituvchi).

Shulardan biri Anjilani zaxarlashda qo'lga olinadi.


SAVOL❓❓❓
Qotil kim bo‘lib chiqadi , endi aytingchi politsiya buni qanday aniqladi? 100% lik aniq javob qabul qilinadi. Javob: Anna
📜 Xatdagi, sana va oyda qotilning ismi yashirilgan edi. 4-noyabr (noyabrso'zini 4 xarfi A) 4-iyun (Iyun so'zini 4 xarfi N) 3-yanvar (yanvar so'zini 3 xarfi N) 1-aprel (Aprel so'zini 1 xarfi A) Qotil ANNA
8.Qadimda yurtimizdagi bu tuman o'rnida kichik bir qishloq bo'lib, qishloqda bor yo'g'i bitta tegirmon bo'lgan ekan. Atrofdagi qishloq aholisi ham ana shu tegirmondan foydalangan ekan. Vaqt o'tishi bilan tegirmonlar soni oshib, bu tegirmon "asosiy tegirmon", "bosh tegirmon" deb atala boshlangan ekan. Shundan hozir biz bilgan tuman nomi kelib chiqqan ekan.

Siz menga o'sha tumanni qanday atalishini ayting?


Javob :Sariosiyo

9.Одамларнинг бармок излари бир бирига 100% мос тушиши эхтимоли жуда кичиклигини биламиз, лекин биздаги Х излари хам худди шундайлигини купчилик билмаса керaк .

Диккат савол Х орнида кайси соз бор деб ойлайсиз ?
Javob: Til

10.1983 yilda island olimlari Grimsvegn vulqonining otilishini kuzatdilar. Bu 2hafta davom etdi. Vulqondan 1.3 kub km miqdordagi noodatiy narsa otiladi.


Savol nima otilgan?
Javob: Muz
Download 10.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling