1. qо‘llarning to`G`ri holati
Download 108.46 Kb.
|
derejorlik2
Qо‘llar holati
Dirijorning qо‘llariga qо‘yiladigan asosiy talab — ularning tо‘la erkinligi, ya’ni tanaga bо‘ysunmasligi va mushaklarning bо‘sh qо‘yilishidir. Erkinlik dirijorga musiqani oson ifoda etish imkonini beradi. Qо‘llarni erkin tutmaslik esa orkestr yoki xorgaga о‘z maqsadlarini tо‘liq va aniq yetkazishga xalal beradi. Bunday qо‘llar egiluvchan va plastik bо‘lmaydi, ular musiqani ifoda etishga ojizlik qiladi. Ular hatto nigohni ham charchatib qо‘yadi, eng asosiysi — erkin bо‘lmagan qо‘llarning harakatlari tushunarsiz bо‘lib, bu orkestr yoki xor ishiga yordam о‘rniga, xalal beradi. Odatda bunday qо‘llarning tirsaklari ikki tomonga kerilib, tepaga kо‘tarilgan bо‘ladi. О‘z qо‘l harakatlarining samarasiz ekanini sezgan bunday dirijor qо‘llariga «yordam berish» uchun yana tanasi, boshini ishga solib, keraksiz harakatlarni kо‘paytiraveradi. Xuddi shuningdek, kimtinib ishlaydigan dirijor о‘zi ijro etayotgan konsert yoki spektakl «yuki»ni kо‘tara olmaydi. Shu bois о‘z faoliyatini endi boshlayotgan dirijorlar bilan takt mashqlarini о‘rganishni va qо‘llarni «erkinlashtirish» ishidan boshlaganlari ma’qul. Bug’un, qо‘llar — dirijor apparatining asosiy va eng muhim qismi ekanligini unutmaslik kerak. Qо‘llarning turli holatlari — harakatlari erkinlik, qulaylik, tabiiylik va muhimi plastic bo’lishi lozim. Ma’lumki, qо‘l, kaft, panja, bilak va yelkadan iborat. Dirijorlik qilishda qо‘lning eng harakatchan va ifodali qismi bо‘lgan panja (kist) eng muhim rol о‘ynaydi. Panja bilan organik ravishda bog‘langan bilak va yelka yordamchi qismlar bо‘lib, harakatda faqat panjaning holatlari uchun xizmat qiladi. Aksariyat hollarda qо‘l qismlari о‘z holatlarida shunchalik о‘zaro bog‘liqki, panjaning eng kichik harakati ham bilak va yelka mushaklari ishtirokini taqozo etadi. Masalan yengil staccato dan pianissimoga о‘tish. Dirijorlik qilishda kaftni pastga qaratib tutish — uning eng qulay holatidir. Bunda panja bо‘shashgan ham, qisilgan ham, ortiqcha kо‘tarilgan ham bо‘lmasdan hamisha oldinga yо‘naltirilgan bо‘lishi lozim. Barmoqlarni tabiiy ravishda biroz dumaloqroq shaklda bо‘lishi hamda ularning erkin holati butun panjaning yetarli darajada erkinligidan dalolat beradi. Panjaning harakatchanligi, elastikligi va yetarli darajada erkinligi mushaklarning har qanday tez harakatga tayyor turishi bilan muvofiq bо‘lmog‘i kerak. Panjaning bu jihati dirijorga qо‘l harakati orqali ijroning eng nozik tomonlarini ifoda etish imkonini beradi. Aynan panja harakatlari dirijor qо‘l harakatlariga asosiy dinamik, emotsional kо‘rinish beradi. Panja erkinligini dirijorlikni о‘rganishning dastlabki davridanoq alohida nazorat qilib turish kerak. Shunga tayanib, avval boshidanoq, darhol tayoqcha bilan dirijorlik qilishga о‘tish maslahat berilmaydi, chunki bu panja mushaklarining zо‘riqishiga sabab bо‘lishi mumkin. Dirijorlik qilish paytida qо‘l holati о‘zgarishsiz qolmaydi. Ularning joylashuv balandligi, chо‘zilish darajasi doimo о‘zgarib turadi. Bu kо‘p sabablarga bog‘liq. Jumladan, orkestr yoki xor jarangdorligi dinamikasiga, u yoki bu epizod fakturasiga, muayyan cholg‘u yoki guruhlarning ijroga kirishishini kо‘rsatishga, asar janriga, uslubiga, hajmiga, qolaversa, orkestr yoki xor tarkibining kattaligiga, xordagi yakkaxonlar soniga, shu bilan birga orkestr yamasi teatrlarda (orkestr joylashadigan chuqurlik) yoki estrada sahnasida dirijorlik qilinishiga bog‘liq bо‘lishi mumkin. Bularning barchasi dirijor qо‘llari holatida aks etadi. О‘qitish jarayoni avvalida talabalar dastlab rioya qilishi lozim bо‘lgan о‘rtacha qо‘l holatini belgilash tavsiya etiladi. Tabiiylik, qulaylik maqsadida qо‘lning erkinligini ta’minlash va orkestr yoki xorga kо‘rinarli bо‘lishi uchun qо‘llarni orkestrda kо‘krakdan sal pastroq, xorda ko’krak qafasida tutgan ma’qul. Agar qо‘l undan yuqoriroq bо‘lsa — yelka mushaklari zо‘riqadi, aksincha pastroq bо‘lganida esa orkestr yoki xorga kо‘rinmaydi. О‘rganuvchilar avval butun dirijorlik apparatini tо‘g‘ri «о‘rnatish»ni bilishlari lozim. Shundan keyingina dirijorlik texnikasini egallashga о‘tishi mumkin. Dirijorlik apparatini «о‘rnatish» qо‘l, yelka, bо‘yin, bosh mushaklarini bо‘shashtirish, erkin tutishdan boshlanadi. Dirijorlikni о‘rgatuvchi pedagogning vazifasi avvalo har bir talaba uchun tana, bosh, qо‘l va oyoqlarning eng qulay va tabiiy holatini topishdan iborat. Bu bilan talabani qaddi qomatini tо‘g‘ri tutish, asosiy dirijorlik holatini aniqlashga о‘rgatish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, qaddi qomatni tо‘g‘ri tutish nafaqat estetik nuqtai nazardan muhim, balki amaliyot uchun ham zarur. Ma’lumki harakatlarni о‘zlashtirish qobiliyati hammada turlicha kechadi. Ba’zilarda osongina uddalansa, boshqalarda jiddiy qunt va sabotni talab qiladi. Dirijorning besunaqay, notabiiy, yoki qо‘pol harakatlari ijrochilarda zо‘riqish va noqulaylik xislarini tо‘g‘dirishi mumkin. Muayyan estetik normalarni ham mudom yodda tutish darkorki, dirijorni butun ijrochilar guruhi avvalo kо‘rish orqali qabul qiladilar. Xulosa qilib aytganda, dirijor tanasining barcha a’zolari asarning badiiy ifodasida muhim o’rin tutadi. 1 Kurt Redel «Taktschlagen oder Dirigiren» M.: 2005 у. 11-b Download 108.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling