1. Qo’shni burchaklardan biri ikkinchisidan 20⁰ ga katta. Shu qo’shni burchaklarni toping


Download 9.54 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi9.54 Kb.
#263188
Bog'liq
Новый документ(1)


Geometriya test

1.Qo’shni burchaklardan biri ikkinchisidan 20⁰ ga katta. Shu qo’shni burchaklarni toping.

A) 160⁰;20⁰ B) 28⁰;152⁰ C) 20⁰;160⁰ D) 140⁰;40⁰ E) 80⁰;100⁰

2. Ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan qo’shni burchaklar 5 : 7 nisbatda bo’lsa, shu burchaklarni toping.

A) 36⁰;144⁰ B) 75⁰;105⁰ C) 42⁰;138⁰

D) 38⁰;142⁰ E) 85⁰;95⁰

3.Perometri 24 bo’lgan uchburchakning balandligi uni perimetrlari 14 va 18 bo’lgan ikkita uchburchakka ajratadi.Berilgan uchburchakning balandligini toping.

A)10 B)8 C)6 D)4 E)3

4.Uchburchakning ikkita tomoni 0,5 va 7, 9 ga teng. Uchinchi tomonning uzunligi butun son ekanligini bilgan holda shu tomonini toping.

A) 8 B)7 C)6 D)5 E)4

5.Uchburchak ikkita burchagining qiymatlari nisbati 3:4 kabi, uchinchisiniki esa shu burchaklarning kattasidan 4⁰ga katta.Uchburchakning katta burchagini toping.

A)84⁰ B)68⁰ C)96⁰ D)64⁰ E)72⁰

6.Uchburchakning 108⁰ li tashqi burchagiga qo’shni bo’lmagan ichkiburchaklarining nisbati 5:4 kabi. Shu ichkiburchaklarning kichigini toping.

A)45⁰B)40⁰C)72⁰D)48⁰E)30⁰

7.Uchburchakning ikkita tashqi burchaklari 120⁰va160⁰ga teng.Uning uchinchi tashqi burchaginit oping.

A)100⁰ B)80⁰ C)90⁰ D)70⁰ E)60⁰

8.Teng yonli uchburchakning uchidagi burchagi 30⁰ ga teng. Uning yon tomoniga tushirilgan balandligi bilan asosi orasidagi burchakni toping.

A) 75⁰ B) 15⁰ C) 20⁰ D) 45⁰ E) 65⁰

9.To’g’ri burchakli uchburchak katetlaridan biri 12 sm, gipotenuza esa ikkinchi katetdan 6 sm uzun. Gipotenuzaning uzunligini toping.

A) 15 B) 25 C)26 D)18 E)32

10.To’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi 25 sm, katetlari esa o’zaro 3 : 4 nisbatda. Shu uchburchakning kichik katetini toping.

A) 10 B) 12 C)9 D)15 E)20

11.To’g’ri burchakli uchburchakning katetlari 24 va 7 ga teng. Kichik katetning gipotenuzadagi proyeksiyasini toping.

A)23/7 B) 5 C)54/25 D)49/25 E) 3

12.To’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi 25 ga, katetlaridan biri 10 ga teng. Ikkinchi katetning gipotenuzadagi proyeksiyasini toping.

A) 14 B) 15,5 C) 18 D) 20,4 E) 21

13.To’g’r iburchakli uchburchakning kateti 2 ga bu katet qarshisidagi burchak 60⁰ ga teng.Shu uchburchakning gipotenuzasini toping.

A)4 B)(4√3)/3 C)2√3 D)√3 E)√3/2

14.Uchburchakning tomonlari 2;3;4 ga teng.3 ga teng tomon qarshisidagi burchak sinusini toping.

A)√135/16 B)−√135/16 C)√53/8 D)−√53/8 E)√47/8

15.Uchburchakning tomonlari 4;5 va 6m. 5m li tomonning 6m li tomondagi proyeksiyasi necha m?

A)11/5 B)7/3 C)7/2 D)15/4 E)13/4

16.Teng yonli uchburchakning balandligi 4 ga, asosi 6 ga teng.Uning yon tomonini toping.

A)5,5 B)7 C)5 D)9 E)4,5

17.Uchburchakning tomonlari 7 va 11 ga, uchinchi tomoniga tushirilgan medianasi 6 ga teng.Uchburchakning uchini toping.

A)12 B)8 C)14 D)10 E)13

18.Quyidagi sonlardan qaysi uchtasi oʻtkir burchakli uchburchakning tomonlarini ifodalaydi?

A)2;3;4 B)4;5;7 C)5;6;7 D)8;15;17 E)5;7;13

19.Toʻgʻri burchakli uchburchakning kateti 8sm,uning gipotenuzadagi proeksiyasi esa 6,4sm.Shu uchburchakning yuzasi necha sm²?

A)25,6 B)48 C)51,2 D)24 E)18

20.Teng yonli uchburchakning perimetri 14 ga teng.Asosi yon tomonidan 3 marta kichik.Uchburchakning yuzini toping.

A)4√2 B)8√2 C)√35 D)12 E)2√35 21.Muntazam uchburchakning yuzi 25√3 ga teng.Uning tomonini toping.

A)15 B)20 C)10 D)12 E)8

22.Teng yonli toʻgʻri burchakli uchburchakning yuzi 1225 ga teng boʻlsa,uning gipotenuzasini toping.

A)70 B)65 C)72 D)49 E)50

23.AB//CD.CA va DB toʻgʻri chiziqlar O nuqtada kesishadi.OA=5 sm,OB=4 sm,OD=9 sm boʻlsa, OCni toping.

A)10,8 B)10,5 C)11,25 D)11,3 E)11

24.Qavariq toʻrtburchakning diagonallari uni nechta uchburchakka ajratadi?

A)4 B)5 C)6 D)7 E)8

25.Agar kvadratning tomoni 5 marta qisqartirilsa ,uning yuzi necha marta kamayadi?

A)5 B)10 C)20 D)25 E)7.5

26.To’g’ri to’rtburchakning tomonlari 72 va 8m. Unga tengdosh bo’lgan kvadratning tomonini toping.

A)36 B)28 C)24 D)18 E)26

27.Toʻgʻti toʻrtburchakning boʻyi 20% va eni 10% ga orttirilsa, uning yuzi necha foiz ortadi?

A)30 B)20 C)32 D)27 E)35

28.Rombning yuzi 16 ga, perimetri 12 ga teng.Uning diagonallari yigʻindisini toping

A)8 B)12 C)11 D)10 E)9

29.Rombning katta burchagi 120⁰ ga ,kichik diagonali 84√3 ga teng.Rombning yuzini toping.

A)54 B)102 C)84 D)48 E)96

30.Parallelogrammning 5 ga teng bo’lgan diagonali uning 12 ga teng bo’lgan tomoniga perpendikulyar.Parallelogrammning perimetrini toping.

A)50 B)34 C)100 D)48 E)68

31.Tomonlari 4 va 8 boʻlgan parallelogrammning yuzi 16m². Parallelogramning oʻtmas burchagini toping.

A)120⁰ B)150⁰ C)135⁰ D)105⁰ E)160⁰

32.Parallelogramning diagonallari 6√2 va 8√2 ga teng.Uning tomonlari kvadratlarining yigʻindisini toping.

A)100 B)200 C)196 D)198 E)400

33.Diagonali 10 ga, oʻtkir burchagi 45⁰ ga teng parallelogramning yuzi nemaga teng?

A)berilganlar etarli emas B)50 C)25√2 D)50√2 E)40

34.Teng yonli trapetsiyaning burchaklaridan biri 120⁰ boʻlsa, shu trapetsiya kichik asosining yon tomoniga nisbati qancha boʻlishi mumkin?

A)2 B)0,5 C)aniqlab boʻlmaydi D)1,5 E)3

35.Teng yonli trapetsiyning yon tomoni 41 ga, balandligi 40 ga va oʻrta chizigʻi 45 ga teng.Trapetsiyaning katta asosini toping?

A)50 B)54 C)55 D)60 E)65

36.Trapetsiyaning asoslari 44 va 16 ga, yon tomonlari esa 25 va 17 ga teng.Trapetsiyaning balandligini toping.

A)15 B)14 C)12 D)16 E)10

37.Oʻtma burchagi 120⁰ ga, asoslarining uzunliklari 6 va 2 ga teng boʻlgan teng yonli trapetsiyaning perimetrini toping.

A)12 B)16 C)18 D)20 E)14

38.Teng yonli trapetsiyaning asoslari 2,1 va 7,5 ga, diagonali esa 6 ga teng.Trapetsiyaning yuzini toping.

A)16,8 B)14,5 C)20,4 D)17,28 E)19,88

39.Teng yonli trapetsiyaning asoslari 8 va 14 ga, yon tomoni esa 5 ga teng.Trapetsiyaning yuzini hisoblang.

A)22 B)36 C)44 D)80 E)224

40.Har bir ichki burchagi 120⁰ boʻlgan qavariq koʻpburchakning nechta tomoni bor?

A)6 B)8 C)10 D)12 E)15

41.Qavariq yigirma burchakning diagonallari nechta?

A)170 B)40 C)200 D)160 E)120

42.Muntazan ABCDEF oltiburchakning tomoni 6 ga teng.C uchidan AE diagonalgacha boʻlgan masofani toping?

A)8 B)9 C)10 D)7 E)12

43.Har bir ichki burchagi 135⁰ dan boʻlgan muntazam koʻpburchakning nechta tomoni bor?

A)8 B)7 C)6 D)10 E)9

44.Aylana diametrining uchlaridan aylanaga oʻtkazilgan urinmagacha boʻlgan masofalar 1.6 va 0.6 ga teng.Diametrning uzunligini toping.

A)2.32 B)1.8 C)2 D)2.2 E)1.2

45.Aylananing uzunligi 18π√2 ga teng.Aylanada AB vatar 90⁰ li yoyni tortib turadi.Vatarning uzunligini toping.

A)8 B)18 C)16 D)15 E)8,5

46.Uzunligi 30π ga teng boʻlgan aylananing 60⁰ li yoyini tortib turuvchi yoy uzunligi qancha?

A)12π B)6π C)5π D)3π E)7π

47.Markaziy burchakka mos yoy aylananing 0,4 qismiga teng.Shu markaziy burchakni toping.

A)72⁰ B)114⁰ C)144⁰ D)216⁰ E)36⁰

48. AB va CD vatarlar E nuqtada kesishadi. AE=4, EB=10, CE=2 boʻlsa, DE ni toping.

A)15 B)16 C)18 D)20 E)22

49.Aylanadan tashqaridagi nuqtadan ikkita kesuvchi oʻtkazildi.Birinchi kesuvchining aylana ichidagi qismi 47 ga, tashqi qismi esa 9 ga teng.Ikkinchi kesuvchining ichki qismi tashqi qismidan 72 ga katta.Ikkinchi kesuvchining uzunligini toping.

A)76 B)80 C)82 D)88 E)84

50.Tomonlaridan biri 4 sm ga.Yuzi esa 16 ga teng boʻlgan kvadratning diagonallari yigʻindisini toping.



A)8 B)8√2 C)4√2 D)32 E)16

niyozov_0201
Download 9.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling