1. Quyida berilganlardan stvol tipidagi nerv sistemaga ega bo‘lgan organizmlarni aniqlang


Download 161.5 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1442127
Bog'liq
1 BIOLOGIYA


Biologiya 1

1. Quyida berilganlardan stvol tipidagi nerv sistemaga ega bo‘lgan organizmlarni aniqlang.


1) tovusko‘z; 2) krevetka; 3) oq planariya;
4) sterlyad; 5) jigar qurti; 6) qalqontumshuq;
7) qoraqurt; 8) exinokokk; 9) orangutan.
A) 1, 4, 8 B) 1, 2, 7 C) 3, 5, 8 D) 4, 6, 9

2. Do’lana bilan bir oilaga (a) va sinfga (b) kiradigan o‘simliklarni to‘g‘ri juftlang.


A) a-beda, sebarga; b-olma, na’matak
B) a-yeryong‘oq, olma; b-qulupnay, maymunjon
C) a-zira,petrushka; b-sabzi, kashnich
D) a-kamxastak, tobulg‘i; b-tuxumak, karrak

3. Quyidagi qon aylanish sistemalari (I, II, III) qaysi umurtqali hayvonlarga (a-e) mos kelishini aniqlang.


I. O‘ng aorta ravog‘iga ega; II. Chap aorta ravog‘iga ega;
III. To‘rt juft jabra arteriyasiga ega.
a) terili toshbaqa; b) kambala; c) taqaburun; d) kolibri;
e) salamandra.
A) I-d; II-c; III-b B) I-c; II-d; III-a
C) I-a; II-d; III-e D) I-c; II-a; III-b

4. Jadvalning qaysi qatorida ko’p yillik o’simliklar va ularning gul tuzilishi to’g’ri berilgan.





o’simlik

Gul tuzulishi

1

Shirinmiya

Qiyshiq

2

Oshqovoq

To’g’ri

3

Qulupnay

To’g’ri

4

O’tloq sebargasi

To’g’ri

A)1,3 B) 2,4 C) 1,4 D) 2,3

5. Fotosintezning yorug‘lik bosqichida to‘plangan ATF energiyasining noma’lum qismi qorong‘ilik bosqichida 720 g glukoza sintezlanishi uchun sarflandi. Natijada hujayradagi ADF molekulalarining soni 4 marta oshganligi, ATF ning dastlabki miqdori esa 3 marta kamayganligi aniqlangan bo‘lsa, jarayon yakunidagi ATF miqdorini (a) va ADF miqdorini (b) (mol) aniqlang.


A) a-288 b-24 B) a-96 b-36
C) a-36 b-96 D) a-2880 b-240

6. Odamlarda quyidagi funksiyalarni bajaruvchi vegetativ nerv sistemasi qismlarini aniqlang.


a) ichak muskullari qisqarishini kuchaytirish; b) buyrak qon tomirlarini toraytirib, siydik ajralishini kamaytirish;
c) yurakning qisqarish kuchini va tezligini oshirish.
A) a - simpatik nerv; b, c - parasimpatik nerv
B) a, c - simpatik nerv; b - parasimpatik nerv
C) a - parasimpatik nerv; b, c - simpatik nerv
D) a, b - parasimpatik nerv; c - simpatik nerv

7. Jadvaldagi ma’lumotlarga asoslangan holda nomalum o’simlikni aniqlang.



Bargi

Murakkab

Guli

Urug’chisi erkin

Mevasi

Cho’ziq

Hayotiy shakli

Turkiston ismalog’i bilan o’xshash

A) sebarga B) yeryong’oq
C) lavlagi D) qora ituzum

8. Nerv sistemasi naysimon tipda tuzilgan hayvonlarni belgilang.


A) kabarga, nerida B) iguana, chupchik
C) olabo’g’a, apollon D) koral aspidi, triton

9. Zamburug’ hujayrasiga xos xususiyatlarni toping?


1)zaxira modda kraxmal 2)zaxira modda geparin 3)xujayra qobig’I lipoproteindan iborat 4)saprofit oziqlanadi 5)ATF sintezi sitoplazma va mitoxondriyada kechadi 6)zaxira modda glikogen
A)1,3,5 B)2,4,5 C)4,5,6 D)1,2,3

10. Quyidagi rasmdagi X va Y ni aniqlang?



A) X-meyoz, Y-zoospora B) X-shizogoniya, Y-spora
C) X-mitoz, Y-zoospora D) X-meyoz, Y-izogameta

11. Quyida berilgan ma’lumotlar biologik progressning qaysi yo‘nalishiga mos kelishini aniqlang.


a) hasharotxo‘rlar turkumiga mansub hayvonlarning ba’zilari quruqlikda, suvda yoki yer ostida yashashga moslashishi;
b) assidiya lichinkasida dum, xorda va muskullarning yo‘qolib ketishi;
c) bir hujayrali organizmlardan ko‘p hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi.
A) a - aromorfoz; b - umumiy degeneratsiya;
c - idioadaptatsiya
B) a - idioadaptatsiya; b - umumiy degeneratsiya;
c - aromorfoz
C) a - idioadaptatsiya; b - aromorfoz; c - umumiy degeneratsiya
D) a - aromorfoz; b - umumiy degeneratsiya; c - aromorfoz

12. Turkum sistematik birliklari berilgan javobni aniqlang.


A) lola, lolasimonlar
B) bo’ritaroq, rano
C) ituzum, qo’ng’irbosh
D) sebarga, gumay

13. Gidra tanasidagi hujayralarga xos xususiyatlarni aniqlang


a) hazm qiluvchi hujayra b) otuvchi hujayra
1) ektoderma qavatida joylashgan 2) soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega 3) paypaslagichlarda juda ko‘p joylashgan 4) mayda sezuvchi tukchasi va otuvchi kapsulaga ega 5) muskul tolasiga ega 6) xivchinlari mavjud A) a-2, 3 b-1, 6 B) a-1, 6 b-2, 4
C) a-4, 5 b-3, 5 D) a-5, 6 b-3, 4

14. Bakteriyalarning oziqlanish usuli (a), hujayra qobig’i (b), tanasidagi zahira moddani(c) toping.


1- avtotrof va geterotrof, 2- murein, 3- polifosfatlar,
4- glikogen, 5- fototrof, 6- pektin
A. a- 1, b-2, c- 3
B. a-1,5 , b- 2, c- 3,4
C. a-5, b- 2,6, c- 4
D. a- 1, b- 4, c- 3,4

15. Immun tanqisligi virusi qaysi hujayralarni zararlaydi?


A) antiteli B) limfotsit
C) trombotsit D) eritrotsit

16. Quydagi sxemani to‘ldiring. b→4→a→1→3 larni ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang.



A) urug’li o’simliklar → qarag’aytoifa → yuksak sporali o’simliklar → qirqbo’gimtoifa → yo’sintoifa
B) magnoliyasimon → qarag’aytoifa → yuksak sporali o’simliklar → qirquloqtoifa → qirqbo’gimtoifa
C) urug’li o’simliklar → qarag’aytoifa → yuksak sporali o’simliklar → qirqbo‘g‘imtoifa → qirquloqtoifa
D) yuksak sporali o’simliklar → qirquloqtoifa → urug’li o’simliklar → gulli o’simliklar → ochiq urug’lilar

17 . Uch boshli muskulga xos bo’lgan (a) va xos bo’lmagan (b) xususiyatni aniqlang?


1.yelkaning old tomonida joylashgan; 2.boldirni old tomonida joylashgan; 3.tolasi tez va kuchli qisqaradi; 4.qisqarganda tirsak bo’g’imi bukiladi; 5.bo’shashganda tirsak bo’g’imi bukiladi; 6.skelet muskuli
A)a-3,5,6; b-1,2,4 B)a-1,2,4; b-3,5,6
C)a-1,2,3; b- 4,5,6 D)a-4,5,6; b-1,2,3

18. To’gri fikirni toping.


A) kvakshadagi moslanish turi povituxaning moslanishi bilan o’xshash
B) lattachida teri bezlari bir hujayrali
C) ko’richak paydo bo’lgan organizimlarda terisida yog’ bezi uchrashi mumkun
D) halqali chuvalchanglarda qonning qizil rangi eritrotsitlardagi gemoglabinga bog’liq

19. Energiya almashinuvining glikoliz bosqichida 900 g glukoza parchalanishidan hosil bo‘lgan sut kislotasi molekulalari sonini (a) va shu bosqichda issiqlik sifatida tarqalib ketgan energiya (kJ) miqdorini (b) aniqlang.


A) a-10 b-1000 B) a-10 b-600
C) a-90 b-7200 D) a-18 b-400

20. Rasmda keltirilgan hayvonlar uchun umumiy fikirni toping.



A) bir xil biogeografik hududda uchraydi, nafas olishda ko’krak qafasi va diafragma muskuli qisqaradi
B) ayirish mahsulotlari qovuqqa quyiladi, issiq qonli
C) o’z sinfining eng yirik vakili, to’rt kamerali yurak
D) yuragida ikki xil qon bo’ladi, Afrikada uchraydi

21. Quyida berilgan navlar seleksiyaning qaysi usullari yordamida yaratilganligini aniqlang.


a) "Yulduz"; b) "Toshkent-1"
1) eksperimental poliploidiya; 2) sun’iy mutagenez;
3) genetik injeneriya; 4) duragaylash.
A) a - 1; b - 4 B) a - 2; b - 4 C) a - 3; b - 2 D) a - 2; b - 1

22. Aktiniya va zohidqisqichbaqalar munosabat turini toping.


A) mutualizm B) protokooperatsiya
C)kommensalizm D) amensalizm

23. Mitozning anafaza davrida xromosomalar soni 40 ta boʻlsa u holda meyozning telofaza I davrida nechta xromosoma borligini aniqlang.


A) 20 B) 40 C) 10 D) 80

24. Bentos ekologik guruhiga mansub hayvonni aniqlang. 1) manna; 2) midiya; 3) kit akulasi; 4) zogʻora baliq;


5) siklop
A) 1,2 B) 5 C) 3,4 D) 2

25. Biosfera qoʻriqxonasi aniqlang.


A) Qizilqum B) Surxon C) Zarafshon D) Chotqol

26. DNK molekulasidagi nukleotidlar soni 2x ga teng.



DNK

Nukleotidlar qiymati

1-zanjir

A=110

G

T=x-330

C

2-zanjir

T

C=0.25x

A

G=0.3x

Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib DNK molekulasidagi H bog’ va fosfodiefir bog’ farqini (a) DNK molekulasining uzunligini (b) nm aniqlang.


A) a-127 b-121 nm B) a-170 b-272 nm
C) a-172 b-136 nm D) a-169 b-136 nm

27. No‘xat va bug‘doyda 14 tadan xromosomalar mavjudligi (a), terak va tollar o‘zaro chatishib nasl berishi (b) va qushlardagi jinsiy dimorfizm (c) qaysi tur mezonlarining nisbiyligini ifodalaydi?


A) a - genetik; b - fiziologik; c - morfologik
B) a - biokimyoviy; b - etologik; c - morfologik
C) a - genetik; b - geografik; c - morfologik
D) a - ekologik; b - fiziologik; c - biokimyoviy

28. Odamning sezgi organlari bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.


A)ichki quloq bo‘shlig‘ida uchta eshitish suyakchalari - bolg‘acha, sandoncha va uzangicha joylashgan
B)ichki quloqdagi suyak va parda labirint orasida endolimfa suyuqligi, parda labirint ichida esa perilimfa suyuqligi bo‘ladi
C)har ikkala ko‘zning qorachig‘i bir vaqtda kengayish va torayish xususiyatiga ega
D)tug‘ma yaqinni ko‘rish ko‘z kosasining qisqa bo‘lishi, tug‘ma uzoqni ko‘rish esa ko‘z kosasining cho‘ziq bo‘lishi bilan bog‘liq

29. Stabillashtiruvchi tanlanishga mos keluvchi javobni aniqlang.


A)qadimda ayrim yirtqich sutemizuvchilar oyoqlarining uzunlashishi, tez yugurish va o‘t bilan oziqlanish natijasida ot ajdodlarining paydo bo‘lishi
B) chug‘urchuq uyasiga 5 tadan ortiq tuxum qo‘yganida oziq yetishmasligi natijasida bolalarining nobud bo‘lishi C)parazit o‘simliklarda ildiz va barglarning yo‘qolishi
D)ikki nuqtali tugmacha qo‘ng‘izda bir-biridan farqlanuvchi bir nechta polimorf formalarining hosil bo‘lishi

30. Bir turkumga kiruvchi-1, bir oilaga kiruvchi-2, bir sinfga kiruvchi-3 o'simliklarni ko'rsating. A) 1-liftok va partenotsisus; 2-kartoshka va qora ituzum;


3- oddiy jag'-jag' va zangori sachratqi; B) 1-qora ituzum va baqlajon; 2-tangao't va o'tloq sebargasi; 3-g'umay va qizil lola; C)1- matur pitozi va sarimsoq pitoz;
2-turon shuvog'i va karrak; 3-karrak va qo'ng'irbosh; D) 1-xolmon va qizil lola; 2-ismoloq va o'sma; 3-bug'doy va boychechak;
Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling