1. Quyidagi qaysi ma’lumot to’g’ri emas?
Download 29.71 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Dori vositalari tushunchasiga to’g’ri berilgan ta’rifni toping.
- 3. Davlat farmakopeyasini tasdiqlash va chop etish qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi
1. Quyidagi qaysi ma’lumot to’g’ri emas? A) Davlat farmakopeyasi dori vositalariga va tibbiy buyumlarga doir talablarni, umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish usullarini o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plami bo‘lgan rasmiy nashrdir; B) Etika ekspertizasi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Etika qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi, uning tarkibiga tibbiyot, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining, oliy ta’lim muassasalarining, ommaviy axborot vositalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari kiritiladi; C) Farmatsevtika faoliyati belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi; D) Dorixona mudiri faqat oliy tibbiy farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lishi kerak. 2. Dori vositalari tushunchasiga to’g’ri berilgan ta’rifni toping. A) farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo‘lgan yoxud tashxis qo‘yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar; B) kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari; C) kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar; D) muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega bo‘lgan, klinik tadqiqot obyektlari bo‘lgan modda yoki moddalar aralashmasi. 3. Davlat farmakopeyasini tasdiqlash va chop etish qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi? A) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi; B) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; S) O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi; D) O’zbekiston Respublikasi Farmatsevtika va ilmiy tadqiqotlar agentligi. 4. Dori vositalariga va tibbiy buyumlarga doir talablarni, umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish usullarini o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plami bo‘lgan rasmiy nashr – _________. A) Tibbiy buyumlar va dorilarning yagon reestri; B)Dori vositalarini realizatsiya qilish uchun berilgan ruxsatnoma; S) Litsenziya; D) Davlat farmakopeyasi. Download 29.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling