1. Quyidagi qaysi misra bilan boshlanuvchi she’r g‘azal janrida yozilgan?
Download 60.92 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona tili asosiy
vazifasini bajargan.
D) Ushbu parchada o‘timsiz va o‘timli yasama fe’llar ishtirok etgan. 28. Qaysi javobdagi har uchala gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning asoslari o‘zaro shakldosh sanaladi? A) Dalalarimizda terim ishlari qizg‘in ketmoqda. Terlab ketgan peshonasini ro‘molchasi bilan tinmay artadi. Baxshi qadim termalarni zavq bilan kuylar edi. B) Yosh chog‘imda bu gaplarni uncha tushunmagan edim. Ko‘p o‘tmay o‘rtadagi chog‘roq stolga dasturxon yozildi. Shu bugun ko‘nglim chog‘dir, baxtliman juda. C) Yoshligidan tabiiy fanlarga ixlos qo‘ygan olim butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Ikki yuzi qip-qizil bu chol avvalgidan ham yosharib ketgandek edi. Yoshli ko‘zlarini ro‘molchasi bilan artib qo‘ydim. D) Bu gapning mag‘zini chaqa olmagan yigit o‘ylangancha xonasiga kirib ketdi. Ko‘kda chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburladi. Ikkita tuxumni tovaga chaqib soldi, choy damladi. TAVSIYANOMA 1. Men, Saidamirov Ahmadjon Ikromovich, 2008-yildan buyon Toshkent shahridagi 285-umumta’lim maktabi, direktori lavozimida ishlab kelmoqdaman. 2. Murodov Faxriddin Amirjon o‘g‘li 2003-yilga Toshkent shahrining Yunusobod tumanida tug‘ilgan. U men rahbarlik qilayotgan maktabning 11-“A” sinfida tahsil oladi. F.A.Murodov − bilimli, tirishqoq, jamoatchilik ishlarida faol o‘quvchi. U barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qiydi. Matematika, fizika va ingliz tili fanlariga ko‘proq qiziqadi. U sportning boks turi bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Bir necha bor shahar va respublika miqyosidagi musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egalladi. 3. F.A.Murodovning kelajakda jahon sport sahnalarida ham yurtimiz sha’nini munosib tarzda himoya qila olishiga ishonch bildiraman hamda uni “Mard O‘g‘lon” mukofotiga tavsiya etaman. 2020-yil 18-iyun (imzo) A.I.Saidamirov 29. Ushbu TAVSIYANOMA matnining raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y bergan xatoliklar turi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) 1 − imloviy xatolik; 2 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 3 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik B) 1 − imloviy xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 3 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik C) 1 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 3 − imloviy xatolik D) 1 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 2 − imloviy xatolik; 3 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik 30. Ushbu TAVSIYANOMA matnining raqamlab ko‘rsatilgan bandlari mazmuniga oid to‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Matnning ikkinchi qismida tavsiyanomani taqdim etishdan ko‘zlangan maqsad bayon qilingan. B) Matnning birinchi qismida mukofotga tavsiya etish shartlari bayon qilingan. C) Matnning har uchala qismida mukofot sovrindori haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan. D) Matnning birinchi qismida tavsiya beruvchi shaxs haqida ma’lumot berilgan. Download 60.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling