1. Quyidagi voqealarning yuz bergan davrlari to’g’ri ko’rsatilgan variantni aniqlang
Download 40.5 Kb.
|
Tarix
Tarix 1. Quyidagi voqealarning yuz bergan davrlari to’g’ri ko’rsatilgan variantni aniqlang. 1. Ilk diniy e’tiqodlar vujuga keldi 2. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi hunarmandchilikning shakllanishiga olib keldi 3. Odamlar ixtiyorida ortiqcha miqdorda qishloq xo‘jalik mahsulotlari vujudga kelib, chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi 4. toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o‘zgardi a) so’nggi paleolit; b) o’rta paleolit; c) neolit; d) bronza. A) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d 2. Quyida berilgan manzilgohlar qaysi davrga oid ekanligi to‘g‘ri ko’rsatilgan javobni aniqlang aniqlang. 1) Zarautsoy; 2) Jarqo‘ton; 3) Teshiktosh; a) o‘rta paleolit; b) mezolit; c) neolit; d) bronza. A) 1-c, 2-b, 3-d B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-b, 2-d, 3-a D) 1-c, 2-a, 3-d 3. Baqtriyadan tashqari Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga yana qaysi oʻlkalar kirgan? A) Xorazm va Margʻiyona B) Soʻgʻd va Xorazm C) Margʻiyona va Soʻgʻd D) Xorazm va Parfiy 4. Quyidagi hukmdorlar ular boshqaruv davri bilan bog‘liq voqealar to‘g‘ri moslashtirib berilgan javobni toping. 1) Sin Shixuandi; 2) Filipp II; a) yunonlar bilan birlashib, forslarga qarshi ittifoq tuzadi; b) Qora dengiz bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi; c) Jahon tarixida birinchi bo‘lib muntazam qo‘shin tuzdi; d) davlat hududini 36 viloyatga taqsimlab, har biriga o‘z noiblarini rahbar etib tayinlagan. A) 1-d, 2-a B) 1-c, 2-a C) 1-a, 2-c D) 1-d, 2-b 5. Quyida berilgan hukmdorlardan qaysi biri “to‘rt iqlim mamlakatlari podshosi” unvonini olgan? A) Sargon I B) Tutmos II C) Menes D) Navuxodonosor II 6. "Faqihlar madrasasi" qurilgan asrga oid ma’lumotni aniqlang. A) Kitob chiqarishda qog‘ozdan keng foydalanila boshlandi. B) Buxoroda Farjak madrasasi bunyod etildi C) Buxoro “Qubbat ul-Islom” – “Islom dinining gumbazi” nomi bilan shuhrat topdi. D) Yevropaning yirik shaharlarida oliy maktab universitetlar ochila boshladi. 7. Arab xalifaligi tomonidan istilo qilingan joylar yillari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Maymurg‘; 2) Chag‘oniyon; 3) Buxoro; 4) Marv; a) 667-yil; b) 654-yil; c) 651-yil; d) 709-yil A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c 8. O‘rta asrlarda o‘g‘uzlar qaysi xalqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynaganligini aniqlang. 1) o‘zbeklar; 2) ozarbayjonlar; 3) qoraqalpoqlar; 4) tojiklar. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 4 9. 1405-yil Xalil Sulton Movarounnahr taxtini egallab olgach, unga qarshi kimlar birinchi bo‘lib isyon ko‘taradilar? A) Sulton Husayn Mirzo va Mironshoh B) Amir Xudoydot va Shayx Nuriddin C) Amir Xudoydot va Pir Ali Toz D) Pirmuhammad va Xalil Sulton 10. V asrda O’rta Osiyo hududida tashkil topgan davlatlarni aniqlang. A) Eftaliylar, Turk xoqonligi B) Kidariylar, Turk xoqonligi C) Eftaliylar, Kidariylar D) Xioniylar, Turk xoqonligi 11. Germaniyada imperatorlikni boshlab bergan hukmdor qaysi suloladan bo‘lgan? A) lyuksemburglar B) shtaufenlar C) saksoniyaliklar D) frankoniyaliklar 12. So‘nggi salib yurishlarini qaysi davlat hukmdori amalga oshirgan? A) Angliya qiroli B) Germaniya imperatori C) Fransiya qiroli D) Vizantiya imperatori 13. XII asr o‘rtalarida Yevropa me’morchiligida gotika uslubi qayerda vujudga kelgan? A) Janubiy'Fransiyada B) Shimoliy Vizantiyada C) Shimoliy Fransiyada D) Janubiy Vizantiyada 14. Xitoy imperatori qo‘shinlari 640-yilda Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Gaochan davlatini mag‘lub etganidan so‘ng kimlarga qarshi uzoq yillar davom etgan urushlarni boshladi? A) uyg‘urlarga B) arablarga C) yaponlarga D) manjurlarga 15. Oltin O‘rda xonligida tashqi siyosat masalalari bilan kimlar shug‘ullangan ? A) Bosqoq, vazir, no‘yon B) Xon va ulusbegi, no‘yon C) Xon, xonning yaqin maslahatchilari, beklarbegi D) Bosqoq, no‘yon, ulusbegi 16. Yaponiyaning o‘rta asr shaharlaridan qaysi biri dengiz sohilida qurilganligini aniqlang. A) Xyogo va Sapai B) Otsu va Nagoya C) Nara va Xeyyan D) Nara va Xyogo 17. Germaniya imperatori Fridrix II asos solgan universitetni aniqlang. A) Bolonya B) Berlin C) Neapol D) Valensiya 18. Yuz yillik urush tugagach, inglizlar qo‘lida qaysi hudud saqlanib qolgan? A) Kale porti B) Provans viloyati C) Bretan hududlari D) Normandiya 19. VI asrda vizantiyaliklar tomonidan qaysi hududda poytaxti Ravenna bo‘lgan alohida noiblik tuzilgan? A) Ispaniyada B) Shimoliy Afrikada C) Italiyada D) Yunonistonda 20. “Barcha zodagonlarni bitta ham qoldirmay qirib tashlash” bu qaysi qo‘zg‘olon qatnashchilarining shiori bo‘lgan? A) “Jakeriya” qo‘zg‘oloni B) “Oq ko’ylaklilar” qo‘zg‘oloni C) “Uot Tayler” qo!zg‘oloni D) “Bobek” boshchiligidagi qo ‘zg 'oloni 21. O‘zbekiston hududidagi qaysi manzilgohda ilk shahar alomatlari ko‘zga tashlanadi ? A) Jarqo‘ton B) Obishir C) Selengur D) Ko‘lbuloq 22. Yevropada mashhur bo‘lgan qaysi alloma nomi XVI asrda Oydagi kraterlardan biriga berilgan? A) Abu Rayhon Beruniy B) Muso al-Xorazmiy C) Abu Nasr Farobiy D) Ahmad al-Farg‘oniy 23. O`rta Osiyoda tuzilgan quyidagi qaysi davlatga saklar tomonidan asos solingan? A) Yunon-Baqtriya B) Dovon C) Kushon D) Qang’ 24. Qaysi voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi kuchsizlanib qoladi? A) Sind daryosi bo‘yida bo’lgan jangdan so‘ng B) Valiyon qal’asi yonida bo’lgan jangdan so‘ng C) Parvon dashtidagi g‘alabadan so‘ng D) “Cho’li Jaloliy” da bo’lgan jangdan so‘ng 25. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan? A) Kebek B) Munke C) Tug‘luq Temur D) Abulxayrxon 26. Mo‘g‘ulistonning qaysi ulug‘ xoqoni soliq va hashar ishlarini, tartibga solish to‘g‘risida maxsus farmon - yorliq chiqaradi? A) Ma’sudbek B) Tug’luq Temur C) Munke D) Chig‘atoy 27. Tarixda “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topgan jang nechanchi yilda bo’lib o’tgan? A) 1365-yilda B) 1370-yilda C) 1395-yilda D) 1402-yilda 28. Qaysi daryo qadimda Yaksart deb atalgan? A) Sirdaryo B) Amudaryo C) Zarafshon D) Qashqadaryo 29. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyo aholisiningasosiy qismi qaysi dinga e’tiqod qilgan? A) zardushtiylik B) moniylik C) islom D) buddaviylik 30. Qadimgi Xorazmda shaharsozlik qachon boshlangan? A) Mil.avv VII asr B) Mil.avv Vl asr C) Mil.avv Vlll asr D) Mil.avv Xl asr Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling