respublika tibbiyot turizmi salohiyatini“Uzbekistan — hope and healing land!” (O‘zbekiston umidli va shifobaxsh zamin) shiori ostida keng targ‘ib qilish.
|
2020-yil
dekabr
|
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Aqqulov), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
B. Musayev, A. Abduhakimov
|
83.
|
Respublikadagi madaniy meros obyektlari hududlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Clean&Eco” mexanizmni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
madaniy meros obyektlariga “Clean&Eco” maqom berish;
madaniy meros obyektlari hududlarida yetarli miqdorda axlat qutilarini o‘rnatish;
ekologik qayta ishlash mexanizmin yo‘lga qo‘yish orqali madaniy meros obyektlari hududlarini kunlik tozalash va obodonlashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
tashrif buyurish tartibi to‘g‘risidagi eslatmani ishlab chiqish, shu jumladan “Clean&Eco” maqomidagi madaniy meros obyektlari hududida axlat tashlashni taqiqlash.
|
2020-yil
oktyabr
|
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Aqqulov)
|
A. Ramatov
|
84.
|
Speleologiya sohasida ilg‘or tadqiqot markazlari vakillari, olimlarni, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, Xalqaro speleologiya va Xalqaro geologiya forumlarini yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash.
|
|