1. Quyosh radiatsiyasi va uning tarkibi


Atmosferaning va Yer yuzasining issiqlik me’yori


Download 45.01 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi45.01 Kb.
#1589693
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu (1)

4. Atmosferaning va Yer yuzasining issiqlik me’yori. Atmosferaning yuqori qismida Quyosh nuriga perpendikulyar bo’lgan har bir kv.sm yuzaga yiliga 250 kkal issiqlik tushadi. Agar biz buni 100% deb olsak, shuning 38% bulutlarga urilib qaytadi va atmosferaning yuqori chegarasida atrofga tarqaydi, 14%i esa atmosferada yutiladi. 48%i to’g’ri radiatsiya sifatida Yer yuziga etib keladi. Yer yuzasiga etib kelgan 48 % Quyosh radiatsiyasining 44 % i yutilsa, 4 %i yana qaytib ketadi. Shunday qilib, Yerning albedosi 42 % (38%+4%=42%) ni tashkil etadi.


Demak, atmosfera 14 % issiqlikni quyoshdan, 24 % issiqlikni Yer yuzasidan hamda Yer yuzasining samarali (uzun to’lqinli) nur sochishiga ketgan 20 % issiqlikni (14+24+20=58) olib dunyo bo’shlig’iga tarqatib yuboradi.

Shunday qilib, Yer yuzasiga atmosfera orqali kelayotgan issiqlik miqdori unda sarflanayotgan issiqlik miqdoriga teng. Lekin Yer yuzasidagi issiqlik balansi turli geografik kengliklarda turlicha.

Shimoliy yarim sharda Quyosh iyul oyi oxirida gorizont ustida eng baland turadi, bu vaqtda Quyoshdan kelayotgan issiqlik sarflanadigan (Yerning sovishiga va Yerdan dunyo bo’shlig’iga ketayotgan) issiqlik miqdoriga nisbatan ortiqdir. Shu sababli, shimoliy yarim shardagi materiklarda iyul oyida, dengizlarda esa avgustda harorat eng yuqori bo’ladi. Aksincha, yanvar oyida Quyoshdan kelayotgan issiqlik miqdori shimoliy yarim sharda eng kam va natijada harorat yanvar oyida (dengizlarda fevralda) eng past bo’ladi.


Demak, atmosferada uzun to’lqinli radiatsiyaning ikki oqimi mavjud ekan, ya’ni Yerni va atmosferani nurlanishi. Ularning orasidagi farq effektiv nurlanish deb ataladi. Effektiv nurlanishning miqdori tropik kengliklarda yuqori, yiliga bir kvadrat santimetr yuzaga 80 kkal issiqlik to’g’ri keladi. Buning asosiy sababi tropik kengliklarda Yer yuzasi haroratining yuqoriligi havoning quruqligi va osmonni tiniqligidir. Ekvator kengliklarida esa havoning namligi yuqori bo’lganligi uchun effektiv nurlanish yiliga maydon birligiga 30 kkal.ni tashkil qiladi. Yer yuzasi uchun o’rtacha effektiv nurlanish 46 kkal.ni tashkil qiladi. Atmosferani Quyoshdan kelayotgan qisqa to’lqinli radiatsiyani o’zidan o’tkazib yuborishi va Yerdan kelayotgan uzun to’lqinli radiatsiyani ushlab qolishi issiqxona samarasi deb ataladi.

Download 45.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling