1. Quyosh sistemasidagi sayyoralar ichida quyoshga eng yaqin sayyora qaysi?
Download 23.86 Kb.
|
1. SARA TESTLAR
Savollar 1. Quyosh sistemasidagi sayyoralar ichida quyoshga eng yaqin sayyora qaysi? Javob: Merkuriy 2. Merkuriy atmosferasining asosiy qismining yo’qolishiga sabab nima? Javob: Sayyorada temperaturaning juda yuqoriligi. 3. Merkuriy atmosferasi asosan nimadan iborat? Javob: Geliydan. Bosimi bu gazning Yer sirtidagi bosimidan 200 milliard marta kam. 4. Merkuriy sirt jinslarining zichligi qanday? Javob: Oynikiga yaqin bo’lib, o’rtacha 5440 kg/m3 ga teng. 5. Merkuriyni birinchi marta qaysi kosmik stansiya kuzatgan? Javob: Mariner-10. U 1974-yil 21-sentabrda Merkuriydan 47 ming 981 kilometr masofada o’tayotib, sayyora sirtining 500 ga yaqin rasmini oladi. 6. Qadimgi Rimda qaysi sayyoraga sevgi xudosi deb nom berishgan? Javob: Venera sayyorasiga. 7. Venere quyosh atrofini qancha vaqtda aylanib chiqadi? Javob: U orbitasi bo’ylab sekundiga 35 kilometr yurib quyosh atrofini 225 kunda to’liq aylanib chiqadi. 8. Nima uchun Venerada yerdagik fasllar almashinuvi kuzatilmaydi? Ya’ni bizdagidek bahor, yoz, kuz va qish bo’lmaydi? Javob: Chunki Veneraning aylanish o’qi uning orbita tekisligiga deyarli tik joylashgan. 9. Venera atmosferasi nimalardan tuzilgan? Javob: 97 foizi karbonad angidrid, 1,5 foizi kislorod, qolgani esa boshqa gazlar. 10. Veneraning nechta tabiiy yo’ldoshi bor? Javob: Uning tabiiy yo’ldoshlari hali topilmagan. 11. Yer o’z o’qi atrofida yulduzlarga nisbatan qancha vaqtda aylanib chiqadi? Javob: 23 soat 56 minut 4 sekund (deyarli 24 soat, ya’ni bir kun) 12. Yerning atmosferasi nimalardan tuzilgan? Javob: 78 foiz azot, 21 foiz kislorod qolgani esa boshqa gazlar. 13. Yer sirtining necha foizini gidrosfera tashkil etadi? Javob: 71 % ni. 14. Yerdagi muzliklarni asosiy qismi qayerlarda joylashgan? Javob: Antarktida va Grenlandiyada 15. Yerning markazidagi temperatura qanday? Javob: Yerning markazga tomon temperaturasi ortib borib, mantiyaning quyi chegarasida Kelvin shkalasida 5000 gradusgacha, markazda esa taxminan 10 000 gradusgacha boradi. 16. “Urush xudosi” deb qaysi sayyorani aytishadi? Javob: Marsni 17. Marsning yuzasiga qancha quyosh energiyasi tushadi? Javob: Mars quyoshdan yerga nisbatan 1,5 marta uzoqligi tufayli uni yuzasiga yerga tushadigan energiyaning 43% tushadi. 18. Marsning atmosferasi qanday? Javob: Marsning atmosferasi juda siyrak bo’lib, o’rtacha bosimi 6,1 millibar (1 bar taxmiman 100 000 paskal), yani yerdagi bosimdan 160 marta kichikdir. 19. Marsdagi eng mashhur tog’ nomi nima? Javob: Marsning ajoyib xususiyatlaridan biri undagi tog’lardir. Ulardan eng mashhuri Olimp tog’idir. Uni balandligi 27 km. 20. Marsning nechta tabiiy yo’ldoshi bor? Javob: Fobos va Deymos 21. Yupiterning radiusi qancha? Javob: Uning radiusi yernikidan 11 marta katta, yani 69150 km. 22. Yupiter quyosh atrofini qancha vaqtda bir marta aylanib chiqadi? Javob: U sekundiga 13 kilometr yurib 12 yilda bir marta aylanib chiqadi. 23. Yupiterning atmosferasi qanday? Javob: Uni atmosferasi Yernikidan ancha farq qilib, vodorod, geliy, metan va ammiakdan tashkil topgan. 24. Yupiter sirtining temperaturasi qanday? Javob: Undagi temperatura kunduzi va kechasi bir xil bo’lib, minus 133 gradus. 25. Yupiterning nechta tabiiy yo’ldoshi bor? Javob: 50 ta. 26. Quyosh sistemasida oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan sayyora qaysi? Javob: Saturn 27. Saturn Quyosh atrofini qancha vaqtda aylanib chiqadi? Javob: 29 yilu 5 oy 16 kunda. 28. Saturnning bir kuni taxminan necha soat? Javob: 10 soatu 14 minut 29. Saturnning halqalari nimalardan iborat? Javob: Mayda mitti yo’ldoshlardan 30. Rosh chegarasi nima? Javob: Sayyoraning yo’ldoshlari undan ma’lum kiritik masofadan kichik oraliqda mustaqil yashay olmaydi. Bu kritik masofa Rosh chegarasi deyiladi. 31. Uran sayyorasi qachon topilgan? Javob: 1781-yilda V.Gershel topgan. 32. Uran qutblarida quyosh qancha vaqt ko’rinib turadi? Javob: Aylanish o’qi boshqa sayyoralarga nisbatan teskari bo’lgani uchun 21 yil davomida doimo ko’rinib turadi. 33. Uranning tabiiy yo’ldoshlari nechta? Javob: 21 ta. 34. Uranning nechta halqasi bor? Javob: 9 ta. 35. Faqat matematik hisob-kitoblar orqali topilgan sayyora qaysi? Javob: Neptun. 36. Neptun Quyosh atrofini qancha vaqtda aylanib chiqadi? Javob: U bir sekundda 5,5 km yurib 164 yilu 280 kunda aylanib chiqadi. 37. Neptunning temperaturasi necha gradus? Javob: U quyosh tizimidagi eng sovuq sayyoradan biri bo’lib minus 213 gradusdir. 38. Neptunni nima uchun unday nomlashgan? Javob: U dengiz va okeanlar xudosi Neptun nomiga shunday atalgan. Download 23.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling