1-rasm: Intel Pentium va amd athlonX2 mikroprotsessorlari
Download 0.91 Mb.
|
Mikroprotsessor rivojlanish tendensiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAMARQAND – 2020 Mavzu: Mikroprotsessorlarning rivojlanish tendensiyalari. Reja
- Tayanch atamalar
- Mikroprotsessorlarning rivojlanish bosqichlari.
- 1-rasm: Intel Pentium va AMD AthlonX2 mikroprotsessorlari.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI "Kompyuter injiniring" fakulteti "Kompyuter tizimlari" kafedrasi "Kompyuter arxitekturasi” fanidan Mavzu: Mikroprotsessorlarning rivojlanish tendensiyalari. Bajardi: 301-guruh talabasi Axrorov M.A Qabul qildi: Sobirov R.A SAMARQAND – 2020 Mavzu: Mikroprotsessorlarning rivojlanish tendensiyalari. Reja Mikroprotsessorlarning rivojlanish bosqichlari. Mikropotsessorlarning asosiy xarakteristikalari. Zamonaviy mikroprotsessorlar turlari. Mikroprotsessorning boshqa qurilmalar bilan bog’lanishi. Tayanch atamalar: Mikroprotsessor, xotira, registr, AMQ(arifmetik mantiqiy qurilma), BQ(boshqarish qurilmasi), mikrosxema, takt chostota, razryad, yadro, slot, kesh xotira, tranzistor, Celeron rusumli protsessor, Intel Pentium protsessori, AMD protsessori, Xeon protsessorlari, IA-64 arxitekturali protsessorlar. Mikroprotsessorlarning rivojlanish bosqichlari. Mikroprotsessor - kompyuter ishlashini ta’minlaydigan va kompyuter qurilmalari ishini boshqaradigan qurilmadir. U kompyuterning ishlash tezligini belgilaydi. Kompyuterlar mikroprotsessor turi bilan farqlanadi. Har qanday mikroprotsessor aniq sondagi elementlardan tashkil topgan, bo’larga: 1)xotira 2)registr 3) arifmetik mantiqiy qurilma 4)boshqarish qurilmasi. 1-rasm: Intel Pentium va AMD AthlonX2 mikroprotsessorlari. Birinchi mikrosxemalar yaratilganidan bir necha yil o’tib, 1969 yilda Intel firmasi tomonidan ikki kilobit hajmga ega tezkor xotira mikrosxemasi yaratildi. Unda birinchi marta 10000 dan ortiq tranzistor bitta kristallga joylangan edi. Tezkor xotira qurilmasi bir turdagi xotira uyachalarining to’plami bo’lgani sababli ularni bitta mikrosxemaga joylash anchagina oson kechdi. Lekin kompyuterning boshqa qurilmalarini mikrosxema ko’rinishida ishlab chiqish bu qadar oson emas edi, bu qurilmalarda tranzistorlar xotira qurilmasidagi kabi regulyar (takrorlanuvchi) tarzda joylashgan emas. Bu mikrosxemalarning topologiyasini ishlab chiqish, ya’ni unda joylashtiriladigan minglab tranzistorlarning o’zaro joylashishi va bir-biri bilan bog’lanishini bexato amalga oshirish eng qiyin va tijorat tomonidan eng qimmat qadam edi. Oradan ikki yil o’tib, 1971 yil shu kompaniya 4004 markali birinchi mikrosxemaga joylangan protsessorni ishlab chiqdi. Bu mikrosxemalar keyinchalik mikroprotsessor deb atala boshlandi. Bu mikrosxemaga ikki mingdan ortiq tranzistor joylangan bo’lib, u to’rt razryadli markaziy protsessor edi, ya’ni u ikkilik sanoq sistemasidagi to’rt xonali sonlar ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajara olar edi. Bu mikroprotsessor mikrokalkulyatorlar yasash uchun mo’ljallangan edi. Lekin ularni buyurtirgan yapon firmalaridan biri buyurtmadan voz kechdi va bu mikroprotsessorlar ochiq savdoga chiqarib yuborildi. Raqamli elektronikaning bu yutug’i keng ommaga ma’lum bo’lib, katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Oradan bir yil o’tib, kompaniya 1972 yil navbatdagi mikroprotsessorni, bu safar birinchi sakkiz razryadli 8008 rusumli mikroprotsessorni sotuvga chiqardi. Bu bevosita kompyuterlarda qo’llash uchun mo’ljallangan mikroprotsessor edi. Bu mikroprotsessor kompyuter arxitekturasi (uning tarkibiy tuzilishi va ichki tuzilmasi) ni butkul o’zgarishiga olib keldi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling