1-rasm. Virtual o‘quv jarayoni strukturasi


Download 112.7 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi112.7 Kb.
#1452543
Bog'liq
vertual


Real o‘quv jarayonidan farqli o‘laroq virtual ta’limning afzalligi shundan iboratki, bunda talaba o‘quv jarayonida tasavvur qilish, fikr yuritish, tinglash, yozib olishdan tashqari har bir izohlanayotgan jarayon, voqea va hodisalar, ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lmagan, tassavvur qilish qiyin bo‘lgan hodisa va jarayonlarni virtuallashtirilgan kompyuter modelida kuzatib turadi. Har bir sxema, grafik, jadval va murakkab so‘zlar elektron holatda aniq ko‘rsatib beriladi. Talabalar olgan bilimni virtual nazorat orqali tekshirish natijasida vaqt tejaladi. Bundan tashqari darsni o‘zlashtira olmagan yoki bilimini yanada mustahkamlash maqsadida talaba mustaqil ravishda virtual o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish imkonyati mavjud.
Virtual o‘quv jarayoni o‘z navbatida elektron ma’ruza, shu ma’ruza asosida tuzilgan virtual amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, hamda olingan bilimni tekshirish maqsadida virtual nazorat bloklaridan iborat bo‘lib, bu jarayonlar bir-biriga bog‘liq holda ishlaydi (Radjabov va boshq., 2006, 2009, 2010).



1-rasm. Virtual o‘quv jarayoni strukturasi.

Virtual o‘quv qo‘llanmalari pedagogik dasturiy vositalar asosida yaratilgan bo‘lib, davlat ta’lim standartlariga mos keladi.


Virtual o‘quv qo‘llanmalardan o‘quv jarayonlarida foydalanishdan asosiy maqsad – har bir o‘rganilayotgan fan bo‘yicha talabaning ongiga aniq tasavvur hosil qilish, hamda bo‘sh vaqtlarida o‘quv jarayoni materiallaridan mustaqil foydalanishini ta’minlash orqali fanning ta’lim oluvchi tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. Shu maqsadda ushbu ishda virtual o‘quv qo‘llanmalarini (o‘quv jarayonining virtual resurslarini) yaratishga asosiy e’tibor qaratilgan. Ularni alohida ko‘rib chiqamiz.



2 - rasm. Virtual ma’ruza strukturasi
Virtual ma’ruzaning afzalligi shundan iboratki, unda mavzular jadval, grafik, tasvirlardan tashqari murakkab yoki anglash mushkul bo‘lgan jarayonlarning virtual modellari multimediya texnologiyalari yordamida yoritib beriladi1. Multimediya texnologiyalari sifatida Macromedia Flash va 3D StudioMax dasturlaridan foydalanilgan. Mavzuni o‘rganishda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati virtual kutubxona bilan bog‘langan bo‘lib, unda nafaqat mavjud adabiyot balki aynan foydalanilgan sahifani ochish mumkin.
Ma’ruzaga asosan virtual amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tuzilgan bo‘lib, amaliy mashg‘ulotida asosan dastur kodlarining tasnifi va dastur yechimining algoritmik blok sxemalari keltirilgan. Amaliy mashg‘ulotlarda ham o‘z navbatida ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotiga murojat qilish mumkin.
Amaliy mashg‘ulotlar sxema, grafik, tasvir va jadvallar yordamida yoritilgan bo‘lib, zarur joylarda ma’ruza, laboratoriya mashg‘uloti va elektron kutubxonaga murojaatlar o‘rnatilgan elektron qo‘llanmadan iborat (Radjabov va boshq., 2006, 2009, 2010; Xidirova, 2012). Virtual amaliy mashg‘ulotining tuzilishi 3-rasmda o‘z aksini topgan.



3 - rasm. Virtual amaliy mashg‘ulot strukturasi.


Virtual laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan yoki ko‘rib chiqiladigan laboratoriya ishlarining virtuallashtirilgan kompyuter modelidan iboratdir. Bunda ta’lim oluvchi har bir mashg‘ulotning virtual modelini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi (Radjabov va boshq., 2006, 2009, 2010; Xidirova, 2012).
Virtual o‘quv jarayonining yana bir asosiy qismi bo‘lgan virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini yaratishda alohida mehnat talab etilib, bunda asosan multimedia vositalari asosida animatsion va ovozli o‘quv qo‘llanmalar yaratiladi. Virtual laboratoriya mashg‘ulotida yechiladigan masala yoki tuziladigan dastur bajarilishining kompyuter modellari yaratilgan.



4 - rasm. Virtual laboratoriya mashg‘uloti strukturasi.

Barcha virtual va elektron o‘quv qo‘llanmalari, fan dasturlarining elektron formasi, nazorat testlari fan o‘qituvchilari tomonidan dasturchilar yordamida mos keladigan dasturiy vositalar asosida tuzib chiqiladi.


O‘quv jarayonining virtual nazorat bloki maxsus dasturlar asosida yaratilgan testlardan iborat bo‘lib, test yakunida talabalar olgan bilimini tahlil qilinadi.
Xulosa qilib, aytganda an’anaviy o‘quv jarayonidan farqli o‘laroq virtual ta’limning afzalligi shundan iboratki, bunda talaba o‘quv jarayonida tasavvur qilish, fikr yuritish, tinglash, yozib olishdan tashqari har bir izohlanayotgan jarayon, voqea va hodisalar, ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lmagan, tassavvur qilish qiyin bo‘lgan hodisa va jarayonlarni virtuallashtirilgan kompyuter modelida kuzatib turadi. Bundan tashqari har bir sxema, grafik, jadval, formula va murakkab so‘zlar mutaxasislik fanlari bo‘yicha ishlab chiqilgan virtual o‘quv majmualarida aniq namoyon ettiriladi. Talabalar olgan bilimni virtual nazorat orqali tekshirish natijasida vaqt tejaladi. Darsni o‘zlashtira olmagan yoki bilimini yanada mustahkamlash maqsadida talaba mustaqil ravishda virtual o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish imkonyati mavjud.



1 Radjabov va boshq., Multimediya texnologiyalari sifatida Macromedia Flash va 3D StudioMax dasturlari 2006, 2009, 2010; Xidirova, 2012

Download 112.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling