1. Rayonlashtirish haqida tushuncha. Ijtimoiy rayonlashtirishning ba’zi bir nazariy masalalari


Download 27.07 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi27.07 Kb.
#1161096
  1   2
Bog'liq
1-mavzu


Ijtimoiy-geografik tadqiqotlarda rayonlashtirish masalalari
Reja:
1. Rayonlashtirish haqida tushuncha.
2. Ijtimoiy rayonlashtirishning ba’zi bir nazariy masalalari.
3. Giyohvandlikni ijtimoiy xodisa sifatida tadqiq etish,ва rayonlashtirish.

1. Rayonlashtirish haqida tushuncha.
Rayonlashtirish – bu, geografik tadqiqotlarning muhim ilmiy-amaliy natijasi va shu bilan birga, o‘ziga xos tadqiqot usullaridan biridir. Uning yordamida o‘rganilayotgan voqea-hodisalar o‘zining turi, hududiy ko‘lami va mos belgilariga ko‘ra tasniflanadi. Amaliyotda rayonlashtirishning majmuali, tarmoq, komponentli shakllari ko‘proq amalga oshiriladi.
Agarda, sotsial rayonlashtirish haqida so‘z borganda, mazkur masala mohiyatan ko‘proq qishloqqa xosligini e’tiborga olgan xolda, o‘tgan asrning 60-yillarida sobiq Ittifolqning qishloq joylarini birinchi marta rayonlashtirishga bag‘ishlangan taniqli olim S.A.Kovalevning “qishloq aholi joylashuvini sxematik rayonlashtirish” bo‘yicha tadqiqotlarini aytish joiz.
Qishloq joylarni rayonlashtirish, eng avvalo ulardagi eng o‘tkir sotsial muammolarni xal qilishga qaratilgan bo‘lib, bunda rayonlar “muammolar nabori” va mos ravishda “tavsiyalar nabori” bo‘yicha ajratilgan.
O‘tgan asrning ohirlariga kelib, sobiq Ittifokdosh respublikalarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonnning ijtimoiy hayotida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, ayniqsa iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi hamda aholi rivojlanishining ijtimoiy jihatlariga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning keyingi rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Bularni eng avvalo, aholining ijtimoiy muammolariga, turli hudud yoki mintaqalar rivojlanishidagi ijtimoiy tengsizlik hamda nomutanosibliklarni kompleks ilmiy tadqiq qilishga bo‘lgan e’tiborning ortib borishida ham ko‘rish mumkin.
2. Ijtimoiy rayonlashtirishning ba’zi bir nazariy masalalari.
Hozirgi davrda davlat ijtimoiy siyosatini bevosita inson manfaatlariga kuchli yo‘naltirilganligi ijtimoiy-geografik tadqiqotlarning ahamiyatini ortishiga va ijtimoiy geografiyaning tezlik bilan shakllanib borishiga poydevor yaratadi. Ammo, shularga qaramay, ayni paytda bevosita aholining kundalik turmush sharoitlari bilan bog‘langan sotsial sohalarni ahvoli va umuman aholi ijtimoiy faravonligi holatining geografik (mintaqaviy) manzarasi va ularni rayonlashtirish haqida bir nima deyish qiyin.
Binobarin, aholiga tibbiy, madaniy, maishiy xizmat ko‘rsatish darajasi, aholining salomatlik holati, jinoyatchilik, alkogolizm, giyohvandlikning ahvoli, aholining uy-joy sharoitlari, uzoq muddat foydalanadigan predmetlar bilan ta’minlanishi, daromad va xarajatlari darajasi va boshqalarning hududiy masalalarini aks ettiruvchi tadqiqotlar o‘ta dolzarb. Bunday tadqiqotlar nafaqat mamlakat aholisini qamrab olmay, balki alohida mintaqalar, kichik hududlar va shuningdek aholining muayyan ijtimoiy qatlamlari va guruhlarining turmush darajasi va sifatini baholashni ham o‘zida aks ettirishi lozim.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan aholi ijtimoiy rivojlanishi bilan bog‘liq mavjud hududiy tafovutlar, o‘z navbatida ilmiy asoslangan ijtimoiy (sotsial) rayonlashtirishni taqazo etadi. Bu borada olimlar tomonidan ko‘plab izlanishlar olib borilganligiga qaramay, ijtimoiy rayonlashtirishning ilmiy-nazariy jihatlari to‘la o‘z echimini topgan deb bo‘lmaydi.
Ijtimoiy rayonlashtirish – mohiyatan bu, o‘zaro mos belgilar bo‘yicha klassifikatsiyalashdan iboratdir (Gachechiladze R.G. Podxod k sotsialnomu rayonirovaniyu (na primere GSSR) // Izv. AN SSSR. Ser. geogr. 1990. №4. S.-111). Bunday o‘zaro moslik esa bir xil belgilarga ega aholi guruhlari va ularning hududiy umumlashmalarini vujudga keltiradi. Aholining muayyan ijtimoiy belgilar bo‘yicha hududiy umumlashmalarini imkon qadar ob’ektiv ajratish esa ijtimoiy rayonlashtirishning asosiy maqsadidir.
Iqtisodiy rayonlashtirishdan farqli o‘laroq, ijtimoiy rayon, bu eng avvalo, aholi bilan bog‘langan va uning turmush sharoitlarining turli tomonlariga ko‘ra o‘zaro mos belgilar bo‘yicha ajralib turuvchi aholi guruhlarining muayyan hududiy uyg‘unligidan iboratdir.
Ijtimoiy rayonlar, bu o‘ziga xos sotsiumlardan tashkil topadi. Ularni murakkab sotsial majmualar sifatida ham tushunsa bo‘ladi.
Sotsial geografik tadqiqotlari bo‘yicha taniqli mutaxassis R. Gachechiladze ijtimoiy rayonlarni ajratish mezonlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlarni ajratadi:
1) aholining etnik-madaniy tafovutlari;
2) mehnat xarakteri;
3) ijtimoiy-sinfiy tarkibi;
4) turmush darajasi;
5) chegara xususiyatlari;
6) shahar va qishloq aholisi turmush tarzidagi tafovutlar.
Ijtimoiy rayonlashtirishda aholining etnik-madaniy mezoni eng avvalo uning tili va qaysi dinga mansubligi bilan belgilanadi. Muayyan hudud va chegaralar miqyosida tarkib topgan aholining etnik madaniyati, ya’ni tili va dini ijtimoiy rayonlarni ajratishning mezonlaridan biridir. SHuningdek, aholining mehnat sharoitlari, bandlik va uni tarmoqlar tarkibi, ijtimoiy-sinfiy tarkibi (ishchilar, dehqonlar, ziyolilar) va uning yangi o‘zgarishlari (tadbirkorlar) ijtimoiy rayonlashtirishning mazmuniga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Aholinnig turmush darajasini o‘zida mujassamlagan va uning moddiy farovonligi, madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirilishi imkoniyatlari ijtimoiy rayonlarni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Ma’lumki, har bir etnik birikma tarixan shakllanishi mobaynida muayyan (ma’muriy) hududlarni qamrab oladi va ijtimoiy rayonlarni vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Ayrim mutaxassislar, baland tog‘ tizmalari, aholi yashamaydigan hududlar, ijtimoiy rayonlarning chegarasi bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblaydilar.
Shuning bilan birga, aholining shahar va qishloq joylarda istiqomat qilishi, turmush tarzi va sharoitlarining bir-biridan keskin farq qilishi o‘z navbatida shahar va qishloq ijtimoiy rayonlarini shakllanishiga asos bo‘ladi. Ko‘pchilik kichik shaharlarning turmush tarzi qishloq joylardan ko‘p farq qilmaydi. Bu esa ularni qishloq ijtimoiy rayonlariga mansubligini belgilaydi. CHunki, bunday kichik shaharlar aholisining katta qismini turmush tarzida er bilan bog‘liqlik, ya’ni ijtimoiy mehnatning agrar tipining ta’siri ustuvorroqdir.
Yuqoridagilar bilan birga, ijtimoiy rayonlashtirish muayyan tarmoqlar bo‘yicha ham amalga oshiriladi. Buni jinoyatchilik misolida ko‘rish mumkin (Gabiani A.A., Gachechiladze R.G. Nekotorыe voprosы geografii prestupnosti (po materialam GSSR). – Tbilisi, 1982, b.4). SHuningdek, ijtimoiy rayonlashtirishni tibbiyot, aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ham bajarish juda muhim.
Ijtimoiy rayonlashtirish aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlarni olib borishda ham muhim asos bo‘lib xizmat qiladi va bu bilan u sotsial geografiyani sotsiologiya bilan o‘zaro bog‘laydi.
Sotsial rayonlashtirishning muhim amaliy jihatlari, bular:
- sotsial qoloq rayonlarni ajratishda;
- ijtimoiy tang hududlarni aniqlashda;
- hududlarni aholining hayot sifati bo‘yicha rayonlashtirishda;
- sotsial loyihalash prognozlarini ishlab chiqishda poydevor vazifasini o‘taydi.

Download 27.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling