51.Diagnoz: ensa-pastki jag‘ bo‘g‘imining jarohatdan keyingi artriti. ShJTning vazifalarini aniqlang:
* chaynash funksiyasini tiklash
yurak qon tomir va nafas sistemalaring funksiyasini yaxshilash
nutqni tiklash
ruhiy emotsional holatini yaxshilash
mimikani tiklash
52.Periartikulyar to‘qimalarda yaqqol proliferativ holatlar bilan kechuvchi sistemali sklerodermiyali bemorga tavsiya etilmaydi:
* ultrabinafsha nurlanish
gialuronidaz bilan elektroforez
parafin va ozokerit yoki balchiq bilan davolash
gidrokortizon bilan fonoforez
balchiq bilan davolash
53.Diagnoz: Skolioz. Bajariladigan mashqlar turini ko‘rsating:
* korreksiyalovchi mashqlar, koordinatsiyaga va muvozanatga mashqlar
nafas mashqlari, sog‘lomlashtiruvchi yugurish
sakrash va joyida turib sakrash, davolovchi suzish
veloyuklama, e'tiborga mashqlar
me'yorli yurish, kuch talab qiluvchi trenajerlar
54.Miyada qon aylanishi buzilishini o‘tkazgandan so‘ng serebral aterosklerozi bor bemorlar quyidagi muddatlarda kurortga yuborilishi mumkin:
* 3-4 oydan keyin
1-2 oydan keyin
5-6 oydan keyin
7-8 oydan keyin
1 yildan keyin
55.Diagnoz: Bosh miya jarohatidan keyingi holat, miya chayqalishi (6 oy). Davolovchi gimnastika kompleksida qaysi mashqlarning qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi?
* sakrash va turgan joyida sakrash, kuch talab qiluvchi trenajerlar
e'tiborga, koordinatsiyaga va muvozanatga mashqlar
suzish, me'yorli yurish
emaklash va osilib ko‘tarilish, osilib turish va tayanch
koordinatsiyaga va muvozanatga mashqlar
56.Psoriaz kasalligining tez rivojlanuvchi bosqichida quyidagini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi:
* fotokimyoterapiya (PUVA-terapiya)
eritem dozali UBN
moychechakli vanna
darsonvalizatsiya
lazerterapiya
57.Diffuz neyrodermitning remissiya bosqichida balneoterapiyaning samarali turi bo‘lib hisoblanadi:
* dengizda cho‘milish
xvoyli vannalar
serovodorodli vannalar
kislorodli vannalar
uglekislotali vannalar
Do'stlaringiz bilan baham: |