1. Reaksiyaning tezligi temperaturaning ta‘siri Reaksiya tezligiga reagentlar konsentratsiyasining ta‘siri Eruvchining tabiati, ion kuchi


– rasm. Siklogeksanning sekstet mexanizmi bilan ajralishi


Download 0.62 Mb.
bet20/21
Sana14.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1002370
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
REYAKSIYANING TEZLIGI VA AKTIVLANISH ENERGIYASI

222 – rasm. Siklogeksanning sekstet mexanizmi bilan ajralishi.
Aktiv markazlarning joylashishi kristall panjarani aks ettirgani sababli, metallarning katalizatorlik xossasi kristallarining shakliga bog’liq bo’ladi. Shunga muvofiq, gidrogenlash reaktsiyalari uchun tekis markazlangan kub yoki geksagonal panjarali va atomlar orasidagi masofa 2,8 Å (Pd) – 2,47 Å (Ni) bo’lgan metallargina katalizator bo’la olishib aniqlangan. Bunday metallar Ni, Co, Fe, Cu, Ru, Rh, Pd, Ir, Os metallari bo’lib, ularning yuzalarida aktiv markazlar to’rtburchak yoki teng yonli uchburchak to’rida joylashadi.
Masalan, Ni, Pt, Pd singari metallarning olti a‘zoli halqali molekulalarni vodorodsizlantirish sababi quyidagicha tushuntiriladi. Bu metallar yoqlari markazlangan ko’pyoq yoki geksagonal sistemada kristallanadi. Shu sababdan ularning panjarasi yuzasida teng yonli uchburchaklar bo’ladi. Bu uchburchaklarning burchaklarida aktiv markazlar joylashadi. Olti a‘zoli halqali molekulalar bu yuzaga sekstet mexanizmi bilan adsorbilanadi, ya‘ni uning olti nuqtasi olti aktiv markazning o’rtasida bo’ladi (222 - rasm). Har qaysi CH2 gruppadagi bir H atom А, Б va В aktiv markazlarga tortiladi. Uglerod atomlari esa Г, Е, Д aktiv markazlarga tortilib turadi. Aktiv markazlar ta‘sirida deformatsiyalanish va bog’larning qayta taqsimlanishi natijasida C6H12 molekula C6H6 va 6H ga ajraladi.
Etil spirtning suvsizlanishi (C2H5OH → C2H4 + H2O) ni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:



Qora nuqtalar bilan aktiv markazlar ko’rsatilgan. Aktiv markazlarning tortish kuchi katta bo’lgani uchun, bir aktiv markaz bir vaqtda ikki atomni tortishi mumkin. H va OH gruppalarning aktiv markazlarga tortilishi natijasida C – H va C – OH bog’lar bo’shashadi va, natijasida, uziladi.


Etil spirtning vodorodsizlanishi (C2H5OH → H2 + CH3CHO) quyidagicha mexanizm bilan boradi:

Etilatsetat efirning parchalanish reaktsiyasi bunday ifodalanadi:


2CH3COOC2H5 → CH3COCH3 + C2H5OH + C2H4 + CO2
Bu vaqtda bir qancha aktiv markazlar ta‘sir qiladi:



Multplet nazariyasi saylash hodisasi sababini yaxshi tushuntirib berdi. Bu nazariya zaharlanish va aktivlanish sabablarini quyidagicha tushuntiradi. Katalizator zaharlanganda ayrim aktiv markazlarning ishdan chiqishi sababli, aktiv markazlar orasidagi masofa buziladi, natijada reaktsiya tezligi kamayadi yoki reaktsiya to’xtaydi.


Promotorlangan va aralashma katalizatorda reaktsiyaning borishini osonlashtiruvchi yangi aktiv markazlar vujudga keladi.
Yuzada boradigan reaktsiyaning mexanizmiga aktiv markazlarning yuzadagi geometriyasi (joylashishi) bilan bir qatorda, ularning energiyalari ham ta‘sir qilishi kerak.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling