1. Reanimatsiya haqida va usullari klinik o`lim haqida Xirurgiya haqida


Download 139.29 Kb.
bet1/3
Sana27.01.2023
Hajmi139.29 Kb.
#1130767
  1   2   3
Bog'liq
amirbek


REJA

1.Reanimatsiya haqida va usullari klinik o`lim haqida

2.Xirurgiya haqida

3. Reanimatsiya bo`lim tuzilishi



1. Reanimatsiya bo`limi haqida.
Reanimatsiya [re – qayta va lot. animatio – jonlantirish, tiriltirish] – klinik oʻlim holatidagi (q. Terminal holat) kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim aʼzolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida toʻsatdan yoʻqolgan yoki oʻzgargan faoliyatlarini tiklash uchun koʻriladigan chora-tadbirlar majmui.
Nafas olish va yurak faoliyati toʻxtaganda yoki amalda nafas ham, qon aylanish ham organizm ehtiyojini taʼminlay olmay qolgan hollarda reanimatsiya qoʻllaniladi. Reanimatsiya masalalarini reanimatologiya oʻrganadi. Renimatologiyaning taraqqiy etishi endilikda R. usullaridan bevosita jonlantirishda emas, balki moddalar (suv-elektrolit, gaz) almashinuvining keskin buzilishi, qon aylanishi, nafas, jigar, buyrak faoliyatining nuqsonlarida hamda operatsiyalardan soʻng aʼzolar faoliyatini tiklashda ham foydalanish imkonini berdi. Yashashga qobiliyatli organizmnigina tiriltirish mumkin.
Reanimatsiya tadbirlarini ogʻir mexanik shikastlanishdan, shu jumladan, shikastlanish oqibatidagi shok, qon ketishi, tok urishi, kuchli zaharlanish, boʻgʻilish, suvga choʻkish, termik kuyish, sovqotish va h. k. dan oʻlayotgan vaqtda qoʻllash lozim. Reanimatsiyani, koʻpincha, “tezkor davolash” (“intensiv terapiya”), “tezkor parvarish” (“intensiv parvarish”) deyiladi. Demak, toʻsatdan yuz beruvchi oʻlim bilan tugaydigan har qanday tang holat reanimatsion tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirishni taqozo etadi. Reanimatsiya oʻtkazishda turli vositalar, jumladan, elektron asboblar (defibrillyator, elektrostmulyator va h. k.) va boshqa apparatlar, xirurgiya usullari (traxeostomiya, punksiya, yirik tomirlarga kateter qoʻyish), dori-darmonlardan foydalaniladi, shuningdek, yurakni bevosita (yaʼni, koʻkrak qafasini ochmay turib) massaj qilish, apparatsiz sunʼiy nafas oldirish va h. k. usullar qoʻllanadi. Reanimatsiyani shifokor, hamshiralar, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan boshqa sohadagi kishilar bajaradi, tez yordam xodimlari malakali reanimatsion yordam koʻrsatadi.
Reanimatsiya chora-tadbirlarining toʻla kom-pleksi maxsus R. va tezkor davolash boʻlimlarida oʻtkaziladi, bu boʻlimlar nevrologiya, kardiologiya, xirurgiya va boshqa(lar) markazlarda tashkil topsa, shu asosda tarmoqlar (kardiologik, toksikologik va h. k.)ga boʻlinadi. Yirik viloyat yoki shahar kasalxonalarida tuzilgan. Reanimatsiya markazlari koʻp tarmoqli boʻladi.
Terminal holat (lot. terminalis oxirgi, soʻnggi) — hayotning soʻnggi bosqichi; hayot bilan oʻlim orasidagi holat. Bunda organizm yashashi uchun muhim boʻlgan organ va sistemalar faoliyatida (xatto tiklash mumkin boʻlsa ham) chuqur oʻzgarishlar roʻy berib, gipoksiya kuchayadi. T.gʻ. (behushlik boshlansada) nafas reflekslari va yurak faoliyati saqlanib turgan agoniyao l d i, agoniya va klinik oʻlim kabi 3 bosqichni oʻz ichiga oladi. Terminal holatning davomiyligi asosiy kasallikning ogʻir yoki yengilligiga va organizmni jonlashtirish (qarang reanimatsiya) chora tadbirlari koʻrilishiga bogʻliq.

Download 139.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling