1-rejaga shuni yozin Transkripsiya jarayoni Transkripsiya


Download 152.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana18.06.2023
Hajmi152.47 Kb.
#1582949
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Olimjonova

Genetik kod 
iRNKda oqsil strukturasi toʻgʻrisidagi maʼlumot 
kodonlar deb 
nomlangan uchtalik nukleotidlar guruhi koʻrinishida boʻladi. 
Kodonlarning ayrim xususiyatlari: 
• 
Aminokislotalar uchun 
6161
61 turdagi kodonlar mavjud 
• 
Uchta “stop” kodon polipeptid sintezi yakunlanganini belgilaydi 
• 
AUG translyatsiya boshlanishi uchun zarur “start” kodoni 
hisoblanadi (metionin aminokislotasini kodlaydi) 
iRNK kodoni va aminokislota oʻrtasidagi bu bogʻliqlik 
genetik kod deb 
nomlanadi (bu mavzu bilan 
genetik kod
 maqolasida tanishishingiz 
mumkin). 
[Toʻliq kodonlar jadvali]
 
Aminokislotalarning kodonlari 
Translyatsiyada iRNK kodonlari 
transport RNK yoki tRNK tomonidan 
maʼlum tartib bilan (5ʼ-3ʼ yoʻnalishda) oʻqiladi. 
Har bir tRNK 
antikodonga – uchta nukleotiddan iborat guruhga ega 
boʻlib, iRNKdagi kodonlar bilan asos juftlashuvi orqali bogʻlanadi. 
tRNKning ikkinchi uchiga kodonga mos aminokislota birikadi. 
[5ʼ, 3ʼ va asos juftlashuvi nima?]
 


Ribosoma iRNKning aminokislotalarni tashuvchi tRNK bilan 
taʼsirlashishini taʼminlaydi. Ribosomada tRNK bogʻlanadigan uchta 
nuqta bor: A, P va E sayt. A sayt tRNKdan aminokislotani qabul qilib 
oladi. P sayt sintezlanayotgan polipeptidni tashuvchi tRNKni ushlab 
turadi (birinchi aminokislota metionin (Met)). E sayt bu 
boʻsh tRNK 
birikadigan nuqta, 
yaʼni polipeptidning boshqa tRNKga oʻtkazilganini 
bildiradi (hozircha u P saytda joylashgan). Rasmda 
boʻsh tRNK 
allaqachon E saytini tark etgan va shu sababli 
koʻrsatilmagan. 
Rasm manbasi: “
Translyatsiya: 3-rasm
”, OpenStax College, Biology 
(CC BY 4.0)
. 
tRNK oqsil va RNKdan iborat 
ribosoma tuzilmalaridagi iRNKlarga 
bogʻlanadi. tRNK ribosomadagi boʻshliqqa kirib, kodonlar bilan 
bogʻlangani sababli aminokislotalar kimyoviy reaksiyada oʻsib 
borayotgan polipeptid zanjiri bilan bogʻlanadi. Oxir-oqibat 
aminokislotalar ketma-ketligi iRNKdagi kodonlarning ketma-ketligini 
aks ettiradigan polipeptidga aylanadi. 


I-RNK ketma-ketligi: 
5ʼ-AUGAUSUSGUAA-5ʼ 
Translyatsiya jarayoni i-RNK nukleotidlaridagi 
maʼlumotlarning triplet 
koʻrinishida oʻqilishi hisoblanib, har bir guruh bitta aminokislotani 
belgilaydi (yoki translyatsiya tugashini bildiruvchi 
toʻxtash signali 
vazifasini bajaradi). 
5ʼ-AUG AUS USG UAA-5ʼ 
AUG 
→→right arrow Metionin AUS →→right arrow Izoleysin 
USG 
→→right arrow Serin UAA →→right arrow “Stop” 
Polipeptid ketma-ketligi: (N-terminal) metionin-izoleysin-serin (C-
terminal) 
Bu 
– translyatsiyaning umumiy sxemasi. Ammo translyatsiya qanday 
boshlanadi, davom etadi va tugaydi degan savol tugʻiladi. Keling, 
koʻrib chiqamiz. 

Download 152.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling