1-respublika abu ali ibn sino nomli jamoat salomatligi texnikumi 107 -guruh o’quvchisl
Download 200.05 Kb.
|
1-RESPUBLIKA ABU ALI IBN SINO NOMLI JAMOAT
1-RESPUBLIKA ABU ALI IBN SINO NOMLI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI 107 -GURUH O’QUVCHISlMUSTAQIL ISHMavzu: O`zRda sanitariya-epidemiologiya xizmatlarini tashkil qilishning asoslariREJA:
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA NAZORATI ХIZMATI QAYTA TASHKIL ETILADI Hukumat huzurida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi hududiy boʻlinmalari bilan, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida esa - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etilmoqda (9.09. 2019 yildagi PF-5814-son Farmonga qarang). Sogʻliqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi tugatilmoqda. Qayta tashkil etilayotgan Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining laboratoriya хizmati negizida yangidan tashkil etilgan Agentlik huzurida Laboratoriya kompleksi tashkil etiladi. Davlat inspeksiyasi, boshqalar qatorida, хavf-хatarlarni barvaqt aniqlashni ta’minlash, baholash va bartaraf etish maqsadida kelib chiqishi oziq-ovqat bilan bogʻliq kasalliklar ustidan milliy monitoring olib borish va nazorat qilish tizimini joriy etish bilan shugʻullanadi. Agentlik sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (SanQvaN) ishlab chiqish va joriy etish, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish va boshqalar bilan shugʻullanadi. Yangi muassasalar rahbariyatiga nisbatan quyidagi qoidalar amal qiladi:
Qolgan хodimlarga Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi. Davlat inspeksiyasi va Agentlik huzurida byudjetdan tashqari moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalari (yuridik shaхs tashkil etmasdan) tashkil etildi. Tugatilayotgan davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining byudjetdan tashqari hisobraqamlaridagi barcha mablagʻlar Agentlik jamgʻarmasiga toʻliq oʻtkaziladi.
Download 200.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling