1. Risk tushunchasi. Iqtisodiyotning turli bo’g’inlarida risklar
O.I.Lavrushin Bank riski ehtimoliy hodisaning qiymat o‘lchovi bo‘lib, u yo‘qotishlarga olib keladi 7
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Risk 1
6
O.I.Lavrushin Bank riski ehtimoliy hodisaning qiymat o‘lchovi bo‘lib, u yo‘qotishlarga olib keladi 7 Sh.Z.Abdullayeva Bank amaliyotida risk har doim ham kutilmagan xodisa emas. Bank faoliyatining barcha turi risk bilan bog‘liq. Bank shu faoliyat turi yoki operatsiya riskli ekanligini bilib turib, shu operatsiyani amalga oshirishga qaror qiladi yoki amalga oshiradi va u barcha рollarda shu operatsiya natijasida yuqori daromad olishni rejalashtiradi. Tadbirkorlik riskining klassik va neoklassik ko`rinishi ham ishlab chiqilgan bo`lib, Klassik nazariyada tadbirkorlik riski qabul qilingan qarorlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yo`qotishlarning matematik kutilishi bilan tenglashtiriladi deyilgan. Ushbu qarashlar klassik nazariya namoyandalari Dj.Mill va I.U.Seniorlar tomonidan bildirilgan. XX-asrning 30-yillarida iqtisodchilar A.Marshall va A.Pigu tadbirkorlik riskining neoklassik nazariyasini yaratdilar. U quyidagilardan iborat: noaniqlilik sharoitida ishlayotgan, daromadi o`zgarib turadigan tadbirkor, bitim tuzayotganda ikkita kriteriyaga asoslanadi: • kutilayotgan foyda hajmiga; • uning ikkilanishlarining hajmiga. Bu shundan dalolat beradiki, bir xil daromad beradigan ikkita kapital qo`yilmalari orasidan tadbirkor qaysi biriga ko`proq ikkilanayotgan bo`lsa, o`sha kapital qo`yilmani tanlamaslikka harakat qiladi. A.Smit tadbirkorlik faoliyatining ba`zi bir xususiyatlari haqida gapirib o`tganda, quyidagilarni ta`kidlagan: “Foydaning odatdagi ko`rinishi doimo ozmi-ko`pmi risk bilan o`sib boradi. Lekin unga proporsional tarzda o`smaydi. Insonlar tavakkal qilib ishlashlari riskga olib keladi”. Har qanday iqtisodiy subyekt faoliyat yurgizar ekan, u risk bilan to’qnash keladi. Bu risk har qanday vaqt va sharoitda yuzaga kelishi mumkin. Bu riskdan qo’rqmay, uni boshqarib daromadni ko’paytirish har bir subyektning maqsadi va vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan risklarni o’rganish, ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash va boshqarish metodlarini o’rganish risk menenjerlarining vazifasi hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, risk – faoliyat jarayonida turli xil omillarning o’zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatar yoki xatarlar majmuasidir. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling