1. Risk tushunchasi. Moliyaviy risklarning tavsifi va tasnifi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
25-mavzu (2)
tushunchalar
№ Muallif Ta’rif 1 V.T.Sevruk Risk - bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir 2 G.Panova Risk kutilmagan hodisalar yuzaga kelganida yo`qotish havfi yoki imkoniyatidir 3 I.R.Toymuxamedov Risk - bu ma`lum maqsadni ko`zlagan xolda olib borilayotgan faoliyat natijasida bo`lgan ishonchsizlik, ba`zan qoniqarsiz tugashi natijasidagi yo`qotishlardan iborat 4 V.M.Usoskin Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi o‘z navbatida oldindan ko‘ra bilish kiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi 5 P.G.Grabovoy, S.N.Petrova, S.I.Poltavsev Risk - bu korxona resurslarining bir qismini yo‘qotish yoki daromad ola olmaslik, qo‘shimcha xarajatlar qilish хavfidir 6 O.I.Lavrushin Bank riski ehtimoliy hodisaning qiymat o‘lchovi bo‘lib, u yo‘qotishlarga olib keladi 7 Sh.Z.Abdullayeva Bank amaliyotida risk har doim ham kutilmagan xodisa emas. Bank faoliyatining barcha turi risk bilan bog‘liq. Bank shu faoliyat turi yoki operatsiya riskli ekanligini bilib turib, shu operatsiyani amalga oshirishga qaror qiladi yoki amalga oshiradi va u barcha рollarda shu operatsiya natijasida yuqori daromad olishni rejalashtiradi. Tadbirkorlik riskining klassik va neoklassik ko`rinishi ham ishlab chiqilgan bo`lib, Klassik nazariyada tadbirkorlik riski qabul qilingan qarorlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yo`qotishlarning matematik kutilishi bilan tenglashtiriladi deyilgan. Ushbu qarashlar klassik nazariya namoyandalari Dj.Mill va I.U.Seniorlar tomonidan bildirilgan. XX-asrning 30-yillarida iqtisodchilar A.Marshall va A.Pigu tadbirkorlik riskining neoklassik nazariyasini yaratdilar. U quyidagilardan iborat: noaniqlilik sharoitida ishlayotgan, daromadi o`zgarib turadigan tadbirkor, bitim tuzayotganda ikkita kriteriyaga asoslanadi: • kutilayotgan foyda hajmiga; • uning ikkilanishlarining hajmiga. Bu shundan dalolat beradiki, bir xil daromad beradigan ikkita kapital qo`yilmalari orasidan tadbirkor qaysi biriga ko`proq ikkilanayotgan bo`lsa, o`sha kapital qo`yilmani tanlamaslikka harakat qiladi. A.Smit tadbirkorlik faoliyatining ba`zi bir xususiyatlari haqida gapirib o`tganda, quyidagilarni ta`kidlagan: “Foydaning odatdagi ko`rinishi doimo ozmi-ko`pmi risk bilan o`sib boradi. Lekin unga proporsional tarzda o`smaydi. Insonlar tavakkal qilib ishlashlari riskga olib keladi”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling