1. Ruda komponentlari bilan oltinning bog‘lanish xarakteri O’zbekiston oltin saqlagan zaxira konlari


Download 114.5 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi114.5 Kb.
#1338190
Bog'liq
Oltin ishlab chiqarish bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Oltin rudalari, minerallari, ishlab chiqarishning zamonaviy ahvoli.


Oltin ishlab chiqarish bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Oltin rudalari, minerallari, ishlab chiqarishning zamonaviy ahvoli.


REJA.


1. Ruda komponentlari bilan oltinning bog‘lanish xarakteri
2. O’zbekiston oltin saqlagan zaxira konlari

O‘zbekiston respublikasida qimmatli metallarni ishlab chiqarish sa'noatini salmoqli darajada kengaytirish ko‘zda tutilgan. Hozirda qimmatbaho mettallarga bu darajadagi e'tiborning qaratilishi ularning davlat iqtisodiyotidagi o‘ta muhim roli bilan uzviy bog‘liq.


Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish sur'ati darajasi ko‘p jihatdan murakkab oltin tarkibli rudalarni o‘zlashtirishni ko‘paytirish bilan oshirilishi mumkin.
Oxirgi yillardagi oltin rudalari xomashyolari tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, texnologik jihatidan “sodda” oltin rudalarning, ya'ni standart sxemada an'anaviy usullar bilan samarali qayta ishlanuvchi rudalarning nisbiy miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda.
Murakkab oltin tarkibli rudalarga ishlov berish ancha takomillashtirilgan sxemalarni qo‘llashni, boyitishning mexanik, gidrometallurgik, flotatsiya, kuydirish, pirometallurgiya, ionalmashunuv, tanlab eritish va boshqa usullarini uyg‘unlashtirishni talab qilish bilan birga yuqori samarali va unumli jihozlarni qo‘llashni talab etadi.
Murakkab oltin tarkibli rudalarning moddiy tarkibi favqulotda xilma-xilligi, ularning tabiatda keng tarqalganligi, shuningdek mineral resurslardan oqilona foydalanish talablari bu rudalarni alohida toifaga (kategoriyaga)-murakkab oltin tarkibli xom- ashyolarga ajratishni taqozo etadi.
Oltin tarkibli rudalarning o‘ziga xos hxsusiyati shundaki, ulardagi asosiy qimmatli komponent - oltinning miqdori nihoyatda kamdir.
Sanoat miqyosida oltin ishlab chiqarish sferasiga hozirda 1,5-10 g/t oltin biriktiruchi rudalar kiritiladi.
Ayrim hollarda, tog‘-geologik qulay sharoitda, shunindek “yaxshi” boyuvchan rudalarda oltinning sanoat darajadagi minimal miqdori 0,25-3 g/t gacha pasaytirilishi mumkin. Oltin ishlab chiqarish sanoatining ohirgi mahsuloti - 99,9% dan ortiq oltin biriktiruvchi metall oltin ishlab chiqarishdir.
Shunday qilib, xom-ashyoning umumiy boyish darajasi K oltin tarkibli rudalarni qayta ishlashda nihoyatda yuqori bo‘lib ( 100-200 ming chegarasida) bo‘ladi.
Oltinni uning rudasidan ajratishning o‘ziga xos (tipik) jarayonlarini uchta ketma-ket keluvchi texnologik operatsiyalarga ajratish mumkin.
1. Rudani mexanik boyitib (asosan gravitatsiya, flotatsiya usullari bilan) oltin boyitmasi mahsulotiga va chiqitlarga ajratish.
2. Boyitmani dastlabki metallurgik qayta ishlash (amalgamatsiya, sianlash, suyuqlantirish).
3. Ikkilamchi metallurgik qayta ishlash (affinaj).
Qayta ishlanayotgan rudaning xususiyatlaridan kelib chiqib (rudaning umumiy mineralagik tarkibi, oltinning shakli, ruda komponentlari bilan singish darajasi v.b.) oltin tarkibli rudalarni boyitishda boyitmaning optimal chiqishi 2-5 dan 10-25% gacha va undan yuqori bo‘lishi mumkin.
Mexanik boyitish siklidagi materialning ehtimoliy qisqarish darajasi K1 10-20 tashkil qiladi.
Affinaj mahsulotlari ishlab chiqarishning dastlabki materiallari (rux cho‘kmalari, qora oltin mahsulotlari v.h.) tarkibida nisbatan ancha yuqori miqdorda metall biriktirishi bilan xarakterlanadi.
Ko‘p hollarda mexanik boyitish jarayonlari chiqitidagi qoldiq oltin miqdori talablariga javob bermaydi va yordamchi operatsiya sifatida rudani gidrometallurgik qayta ishlashga tayyorlashga xizmat qiladi va ba'zan umuman qo‘llanmaydi.
Shunday qilib, murakkab oltin tarkibli rudalrning maksimal boyish darajasi (103) dastlabki metallurgik ishlov berishga to‘g‘ri kelib, u oltinni rudadan ajratish jarayonining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilaydi va ishlov berilayotgan hom ashyoning butkul «murakkabligi» andozasi sanaladi.
1. Ruda komponentlari bilan oltinning bog‘lanish xarakteri oltinni ishqorli sianidlar bilan uning rudalaridan gidrometallurgik ajratishning zamonaviy texnologiyasi - o‘ziga xos xarakterli klassik sianlanlash jarayoni deyiladi. Bu sxema 1.1 rasmda aks ettirilgan.

O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan so`ng bizning respublikada oltin va uran qazib olish sanoati rivojlanishining yangi tarixiy davri boshlandi. Bu davrda NKMKda:


- Uchquduq oltin ajratib olish majmuasi: 3-sonli gidrometallurgiya zavodi va Ko`kpatas konidagi tarkibida oltin bo`lgan ma’danlarni qazib olish bo`yicha ochiq konlarning qurilishi tugalanib, foydalanishga topshirildi;
- Amerikaning Evrotreyd Interneyshnl LTD firmasi bilan birgalikda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi Zarispark qo`shma korxonasi (hozirda NKMK tarkibiga kiruvchi "zargarlik zavodi") barpo etildi va ishga tushirildi;
- Jeroy - Sardara koni fosforitlarini sanoat usulida o`zlashtirish uchun yangi texnologiyalar(O`zbekiston va Rossiyaning maxsuslashtirilgan tashkilotlarini jalb qilish bilan NKMK mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan)dan foydalanish asosida Qizilqum fosforit kompleksi qurildi va ishga tushirildi;
- Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasining quvvatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Xalq iste`moli mollarining yangi turlari, payvandlash elektrodlari ishlab chiqarila boshlandi. Ehtiyot qismlar, shu jumladan chetdan keltirilgan gidravlik ekskavatorlar uchun ham ishlab chiqarish nomenklaturasi kengaydi. Iterpolyator va raqam ko`rsatgichli NT-250I tokarlik, keng universal NF-630 frezalash dastgohlarini ishlab chiqarish o`zlashtirildi;
- Kombinat va Respublika ehtiyoji uchun polivinilxlorid va polietilen trubalar ishlab chiqaradigan zavod qurildi va foydalanishga topshirildi;
- Yer ostida tanlab eritmaga o`tkazish usuli bilan uranni qazib oilsh bo`yicha yangi konlar qurildi va foydalanishga topshirildi;
- Marmar qazib olish va dekorativ plitalar ishlab chiqarish bo`yicha yangi konlar va texnologik uskunalar qurildi va foydalanishga topshirildi;
- 1-sonli gidrometallurgiya zavodining uran ishlab chiqarishdan bo`shagan quvvatlarida Muruntov konining tarkibida oltin kam bo`lgan ma`danlarini qayta ishlash bo`yicha texnologik liniya yaratildi va sanoat miqyosida suyuq shisha ishlab chiqarish uchun qurilma yasaldi;
- 2-sonli gidrometallurgiya zavodi qayta qurildi va buning natijasida zavodning amaldagi maydonlarida ma’danlarni qayta ishlashning hajmi sezilarli darajada oshdi;
- Ko`kpatas konidagi tarkibida oltin bo`lgan ma’danlarni boyituvchi dastlabki ma’dan bo`yicha unumdorligi 1200 ming tonna bo`lgan tajribaviy ma`dan saralash kompleksi qurildi;
- Emulsiyali portlatuvchi moddalar ishlab chiqarish bo`yicha zavod qurildi.
Kombinat ijtimoiy-sanoat infrastrukturasining ob’ektlari yuzlab kvadrat kilometrlarni egallagan bo`lib, bu yerlarda sahro qumliklari orasida qurilgan xiyobonlar, yam-yashil bog`lar, havzalar va favvoralari bo`lgan, gullatib parvarish qilingan go`shalar namoyon bo`ladi. Ellikka yaqin millat vakillari: ruslar, o`zbeklar, ukrainlar, tatarlar, boshqirdlar, tojiklar, qozoqlar va boshqalar bu yerda yashaydi va ijod qiladi. Kombinat ko`p kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi, bular planetaning deyarli barcha joylarida joylashgan-AQSh va Kanadadan to Avstraliya va Yaponiyagacha.
Mustahkam ishbilarmonlik amaliy munosabatlari dunyoga taniqli shunday firmalar bilan o`rnatilganki, bular Orenstein & Koppel, Atlas Copco, Wirtgen, Caterpillar, Euclid, NM Rothschield & Sons Limited, TACIS, Marubeni, Bridgestone, Shell, Spekto Analytical Instruments, Hitachi, Nissho Iwai, LRS Plannung und Technologic, Wirth, Dobersek, Allweiler, GERMTD, Grundfos, NUKEM GmbH, Siemens, MAN TAKRAF va boshqalar.. Navoiyga doimo ishbilarmon kishilar delegatsiyasi kelib turadi. Bitimlar tuziladi, qo`shma loyihalar ishlab chiqiladi.
NKMK Amerika-O`zbekiston Savdo Palatasining tashabbuskori va muassislaridan biri hisoblanadi. U 1993 yilning sentyabrida tuzilgan, AQSh va O`zbekiston o`rtasidagi investitsiyalar va ikki tomonlama savdoni rivojlantirish va yaxshilashga manfaatdor kompaniyalarning notijorat tashkiloti bo`lib hisoblanadi.
Atrof muhit muhofazasi muammolari bilan shug`ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan NKMK doimo hamkorlik qiladi. MAGATE mutaxassis va texnik ekspertlari bir necha marotaba bizning korxonamizda bo`lib, ekologik vaziyat bilan tanishdilar va ularni qiziqtiruvchi barcha masalalar bo`yicha to`liq ma’lumotga egadirlar. NKMK atrof muhitni muhofaza qilish "TACIS" Yevropa Ittifoqi Dasturida ishtirok etadi, Yevropa Komissiyasi ushbu Dasturni amalga oshirishni topshirgan Yevropa Komissiyasi ushbu Dasturni armalga oshirishni topshirgan xorijiy kompaniyalar bilan yaqindan aloqa qiladi. 1996 yilning kuzida kombinatga Shvetsiyaning radiatsiya himoyasi mutaxassislari va urandan foydalanuvchi tadbirkorlar ishtirokidagi MAGATE delegatsiyasi keldi. Delegatsiya kombinatning uranli ob`ektlaridagi atrof- muhitni muhofaza qilish bo`yicha qabul qilinadigan chora-tadbirlariga yuqori baho berdi.
NKMK tarkibi quyidagicha: Shimoliy kon boshqarmasi, Markaziy kon boshqarmasi, 5-kon boshqarmasi, Janubiy kon boshqarmasi, Navoiy shahridagi sanoat maydonchasi: 1-gidrometallurgiya zavodi (GMZ-1), «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi (NMZ), Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (SNIL), Geologiya-texnologiya tajriba-metodik partiyasi (OMGTP) va boshqalar (56-rasm).
Shimoliy kon boshqarmasi Uchquduq koni negizida uran ma’danlarini yer osti va ochiq usulda qazib olish uchun 1958 yilda barpo qilingan. Tarkibiga 24 ta asosiy ishlab chiqaruvchi birlashma va 8 ta nosanoat birlashmalari kiradi: GMZ-1, konlar, yordamchi birlashmalar kiradi. Asosiy ish faoliyati: uranni yer ostida va yer ustida tanlab eritish, «Kokpatas» va «Daugiztau» konlaridan oltinni ajratib olish, sulfat kislota ishlab chiqarish, marmar qazib olish.
Markaziy kon boshqarmasi – dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri. Tarkibida oltin bo`lgan ma’danga ega noyob Muruntov konini o`zlashtirish uchun 1964 yilda barpo qilingan, uning negizida oltin qazib oluvchi korxona qurilgan. 1967 yilning martidan boshlab ochiq usulda konchilik ishlarini olib boradi, geologik tadqiqotdan to standart oltin quymalarini olishgacha bo`lgan barcha ishlar majmuasini bajaradi. Markaziy kon boshqarmasi tarkibiga GMZ-2 (57-rasm), «Muruntau» koni, «Zarafshan-Nyomont» qo’shma korxonasi, Qizilqum fosforit kompleksi (58-rasm), Avtomobil transorti boshqarmasi, «Muruntau» shaxtasi, 3- geolgiya-qidiruv partiyasi, portlovchi moddalar ishlab chiqarish zavodi va boshqa bir qancha korxonalar kiradi.
Qizilqum fosforit majmuasi yillik ishlab chiqarish hajmi 300 ming tonna fosforit uniga teng bo`lgan korxonaning birinchi navbati 1998 yil mayda ishga tushirildi. 2001 yilning avgustida boyitilmagan fosforit unidan tashqari kuydirilgan fosforit konsentrati ishlab chiqarila boshlandi va Olmalig



Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling