1. Salomlashish: Hikoya she’r o’qiymiz


Download 34 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi34 Kb.
#1468617
Bog'liq
ochiq dars


1.Salomlashish:
Hikoya she’r o’qiymiz,
Topishmoqqa javob to’qiymiz.
Ertaklar,hikoyalar juda qiziq g’oyalar.
Goh rasmli rasmsiz,uchrab qoladi so’zsiz.
Allomalar hayoti,bobolar so`zi bayoti.
O`qiladi bu darsda o`rganilar shu tarzda.
Qani kim aytib berar ,Bu dars qanday nomlanar?
(O`qish)

2. sinfni 3 guruhga bo`lamiz.


1-guruh---- Kulollar
2-guruh---- Zargarlar
3-guruh---- Gilamdo`zlar

3. A’lo o`qib tolmaysiz, charchash nima bilmayiz.


Ilm istab kelibsiz, darsga siz tayyormisiz?

4. Haftada bor ko`p kunlar,


Ular birma bir kelar.
Bugun qanday kun ekan,
Navbatchimiz kim ekan?

5. Bolalar biz xozir siyosiy daqiqamizni tezkor savol asosida o`tkazamiz.





  1. Biz qayerda yashaymiz?

  2. O`zbekistonimizning poytaxti qayer?

  3. O`zbekiston respublikasi prezidenti kim?

  4. Biz qaysi viloyatda yashaymiz?

  5. Tumanimizning nomi nima?

  6. Qaysi qishloqda yashaymiz?

6, Barakalla mening donolarim,bilag`on zukkolarim. Bolalar biz qaysi bo`limni yakunladik?


7, Bizni yashashimiz uchun tana a’zolarimizning o`z vazifalari bor ekan. Keeling birinchi guruhdan boshlaymiz. Barakalla bolalar! Endi uchala guruhga shunday savol:



  1. Ikkita bir-biriga o`xshagan barmoq izini toppish mumkunmi?

  2. Nimalarni ko`ra olasizu, nimalarni ko`ra olmaysiz. Ko`zingizni yuming ko`rish qobilyati sizga qanday yordam berar ekan?

  3. Burun inson tanasida qanday vazifalarni bajarar ekan?

  4. Inson kislorodni qayerdan oladi?

  5. Nafas olishda qaysi a’zolarimiz ishtirok etadi?

  6. Yuragingiz qayerda joylashganini bilasizmi?

  7. Yuragingiz qanday vazifa bajaradi?

  8. Tanadagi a’zolarning ishini qaysi a’zo boshqaradi?

  9. Nima uchun doim yaxshi kayfiyatda bo`lish muhim?

  10. Mushaklar nima vazifani bajaradi?

  11. Xarakat qilishimiz uchun bosh miyyamiz nima qiladi?

  12. Nafas olshimizda mushaklar qanday yordam beradi?

8, Tana a’zolari videoroligi qo`yiladi.


9, Mana to`rtinchi bo`limni ham yakunlab oldik. Yana savollar bo`lsa ularni darslar davomida mustaxkamlab boramiz.

10, Daftarimizni ochib yangi mavzuni yozamiz. Endi kasblar xaqidagi videorolik bilan tanishamiz.


11, Bolalar “Hunar va Kasb”ni farqini bilish uchun biz birinchi kasb nima ekanligini bilishimiz kerak. Kasblar bir necha yillar davomida o`qib, shu kasbning egasi bo`lib, qo`liga shu sohaga oid diplom olgandagina ega bo`ladi. Siz ko`ragan videorolikdagi kasblar barchasi diplom asosida ishlanadi. Ana endi Hunar nima? Hunar odamdagi iqtidori orqali usta-shogird asosida o`rganiladigan soha. Hunar avloddan avlodga, otadan bolaga, onadan qizga o`tadigan hunar. Mana endi biz O`zbekistonda rivojlanib kelayotgan hunarmandchilik bilan tanishamiz. Hunarmandlar videoroligi.


12, Videorolik sizga yoqdimi bolalar. Kelinglar endi darsligimizning 98-betini ochamiz.

Birnchi rasmga kimni ko`rayabmiz? Temirchi.


Temirchi haqida kim she’r biladi? Temirchi xaqida videorolik!

Ikkinchi rasmga qaraymiz. Bolalar kimni ko`ryabsiz? Kulol ko`zani nimadan yasaydi? Kulol haqida kim she’r biladi?


Kulol haqidagi videorolik!

Uchinchi rasmga qaraymiz. Zargar nima ish qiladi? Zargar xaqida kim she’r biladi?


Zargar haqida videorolik!

To`rtinchi rasm. Duradgor. Duradgor haqida kim she’r biladi?


Duradgor haqida videorolik!

Beshinchi rasmga qaraymiz. Chevar. Chevar haqida kim she’r biladi?


Chevar haqida viderolik!

Oltinchi rasmga qaraymiz. Gilamdo`z. gilamdo`z xaqida kim she’r biladi?


Gilamdo`z haqida videorolik!

13, 1. Mana bolalar biz sizlar bilan oltita hunamandning ish faoliyati bilan tanishdik. Sizlar yana qanday hunarmandchilik turlarini bilasiz?


2. Bolalar siz yashaydigan mahalla yoki ko`chada hunarmandlar bormi?


3. Keling bolalar birgalikda hunarmandar yasagan buyumlar bilan tanishamiz!

Rasmlar videoroligi!


14, Kasb va hunarni ajrating. Daraxtlarga yopishtiring.




15, Uy ishi: Uyingizda qanday hunarmandchilik buyumlari bor? Ularning rasmlarini chizib keling!
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling