1. Salovat aytuvchi o‘nta ajr bilan, mukofotlanadi


Download 15.92 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi15.92 Kb.
#1086237
Bog'liq
Salovatning fazilati haqida


Rasululloh sallolohu alayhi vassallamga salovat aytish qalbni munavvar qiladigan, duolar ijobat boʼlib, amal daftariga koʼplab savoblar bitilishiga sabab boʼladigan goʼzal ibodatdir.
Aynan Azhob surasining 56-oyatida Alloh taolo: «Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey, iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom ayting».
Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishga amr qilmoqda.
Alloh taolo tomonidan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot ma’nosi, u zot sollallohu alayhi vasallamga O‘z rahmatini yuborishi, ulug‘lashini anglatadi.
Farishtalar tomonidan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot, u zot haqlariga duo qilishlari, istig‘for aytishlari ma’nosida bo‘ladi.
Mo‘min-musulmonlar tomonidan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot va salom esa, ular tomonidan bo‘lgan duo va ulug‘lash ma’nosidadir.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta salavot aytadi va o‘nta xatosini o‘chiradi», dedilar».


Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovat va salom aytuvchi kishiga dunyo-oxiratda beriladigan fazilatlar.
1. Salovat aytuvchi o‘nta ajr bilan, mukofotlanadi.
2. Salovat aytuvchi o‘nta darajaga ko‘tariladi.
3. Salovat aytuvchidan o‘nta gunoh kechiriladi.
4. Qiyomat kuni Rasulullohning (sallallohu alayhi va sallam) shafoatlariga musharraf bo‘ladi.
5. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga eng ko‘p salovat aytuvchi bandaga Alloh uni g‘amiga kifoya qiladi.
6. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salovat aytgan bandaga, farishtalar salovat aytadi.
7. Payg‘ambarga salovat aytish, Alloh Taoloning buyruqlariga bo‘ysinish deb hisoblanadi.
8. Agar duo salovat bilan boshlanib, salovat bilan tugasa bu duoni qabul bo‘lish sabablaridan biridir.
9. Musulmonni baxillik sifatidan xalos qiladi.
10. Baraka sabablaridan biri.
11. Qiyomatda bandaning oyoqlari sirot ko‘prigida mustahkam bo‘lish uchun sabab.
12. Allohga qurbat hosil qilish.
13. Bu dunyoda va oxiratda istalgan narsaga erishish.
14. Rahmat eshiklarini ochilishi uchun sabab.
15. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan sevgisi haqiqiy va aniqligini dalili.
16. Qashshoqlikni daf qilish uchun sabab.
17. Musulmon qalbini tiriltirish uchun sabab.
18. Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) yaqinlashish maqomiga ega bo‘lish.
Ibn Umar r.a.: “ Аlbatta duo yeru osmon orasida muallaq qoladi, duodan biron bir kalima ham koʼtarilmaydi. Toinki Paygʼambarimiz s.a.v.ga salovot yubormaguncha” dedilar.
Demak, duolarimizning qabul boʼlishligi, niyatlarimizning hosili paygʼambar s.a.v.ga yuboriladigan salavotlar ila ijobat boʼlar ekan. Yana bir hadisi sharifda Rasuli akram s.a.v.: “Kimiki menga bir kunda 100 ta salovot aytsa, Аlloh taolo uning 100 ta hojatini ravo qiladi. 70tasi oxiratda va 30tasini shu dunyoda” - dedilar.
Allohim qalblarimizga Payg‘ambarimiz sevgisini, tillarimizga ul zotga salovatni ko‘paytirmog‘imizni jo qilgin. Allohumma solli va sallim a’la sayyidina Muhammad.
Download 15.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling