1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati


necha turlarga ajratib ko`rsatadi: iqtisodiy, sotsial, siyosiy, harbiy, tabiiy –


Download 303.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana31.03.2023
Hajmi303.51 Kb.
#1312821
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
seminar 1

necha turlarga ajratib ko`rsatadi: iqtisodiy, sotsial, siyosiy, harbiy, tabiiy – 
iqlimiy. Uning fikricha, “tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, 
yashashni chigallashtiruvchi hamda aniq tarixiy davr davomida aniq maqsad 
uchun yo`naltirilgan ijtimoiy strukturani, to`g`rirog`i, davlatning siyosiy asosini 
zaiflashtiruvchi, qolaversa, emirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va 
nihoyat, umumsayyoraviy salbiy omillarning “ kirib kelishi “ tufayli yuz beruvchi 
makon va zamonda muayyan salbiy siyosiy, ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish 
mumkin. G`oyalar to`g`risidagi bilimlarga insoniyat tarixining eng qadimiy 
davrlaridan boshlab katta e’tibor berilgan. Bu atamaning mazmun-mohiyati G`arb 
mamlakatlarida “ideya” tushunchasi orqali ifodalanadi. “Ideya” grek tilidagi 
“idea” so`zidan olingan bo`lib, qadmigi u “obraz”, “tashqi ko`rinish” degan 
ma’nolarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyatlarni anglatar 
edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o`zgarib 
borgan va falsafa tarixida xilma-xil ma’nolarda ishlatilgan. Masalan, qadimgi 
yunonistonlik faylasuf Platon “G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to`g`risidagi 
ta’limotini asolar ekan, g`oyalarni dunyoning yaratuvchisi, asosi deb atagan va 
ularni ob’ektiv reallik sifatida talqin qilgan. Yana bir yunon allomasi Demokrit esa 
olam tarkibidagi eng amyda va bo`linmas zarra – atomlarni ideyalar deb atagan. 
Mashhur nemis faylasufi Gegelning fikricha, ideya – barcha narsalarning 
ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir. G’oyalarning «hayoti» 
ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi, boshqa g’oyalar bilan o’zaro munosabati, 
kurashi va nihoyat, eskirgan g’oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, 
ilmiy g’oyalar misolida yaqqol namoyon bo’ladi. Qadimgi yunon faylasuflari 


tabiiy jismlarning eng kichik, bo’linmaydigan zarrasi, deb «atom» tushunchasini 
kiritgan 
edilar. 
Ptolemey-Aristoteldan 
tortib, 
o’rta 
asr 
Ulug’bek 
astronomiyasigacha dunyoning markazi yer deb hisoblab kelganlar; yevklid 
geometriyasi, Nyuton mexanikasi, Darvin ta’limoti ham o’z davrining eng ilg’or 
ilmiy g’oyalariga asoslangan edi. Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo’linishini, koinot 
markazi yer emasligini ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, 
irsiyat nazariyasi va boshqa ko’plab kashfiyotlar qilindi. 
Dunyoga A.Eynshteyn, N.Bor, F.Rezerford, M.S.Kyuri va boshqalarning nomlarini 
mashhur qilgan yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy g’oyalar asosiga 
qurilgan. XX asrda insoniyat nihoyatda ko’p ilmiy g’oyalarni amaliyotga 
aylantirdi. Kosmik raketalar, kompyuter va uyali telefonlar, televideniye va boshqa 
sohalardagi yutuqlar bunga yorqin misol bo’ladi. 
Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda amaliyot tasdiq-lanmagan, 
eskirgan qarashlar yangi ilmiy g’oyalar bilan o’rin almashaveradi. 


Buzg’unchilik g’oyalari esa xalqlar boshiga so’ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis 
va yaqin tarixdan ko’plab misollar keltirish mumkin. O’rta asrlardagi salib 
yurishlari, diniy fanatizm va ateizm, fashizm va bolshevizmga asos bo’lgan 
g’ayriinsoniy g’oyalar shular jumlasidandir. 
Yovuz g’oya va mafkuralarning eng ko’p tarqalgan shakli: aqidaparastlikdir. 
Bunday mafkuralar muayyan davrlarda G`arbda ham, Sharqda ham hukmronlik 
qilgan. Bu ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga qadam qo’ygan hozirgi davrda ham 
dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. 
Milliy g’oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o’z oldiga qo’ygan 
maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g’oyadir. Hozirgi 
globallashuv sharoitida dunyoda insoniyatni tashvishga solayotgan salbiy 
oqibatlardan biri diniy mutaassiblik asosida kelib chiquvchi ziddiyatlar sifatida 
namoyon bo’lmoqda. Bunday vaziyatda yosh avlodning qiziqish doiraci, faoliyati, 
dunyoqarashini diniy ma’rifat bilangina bartaraf etish mumkin. Yoshlar ongida 
diniy ma’rifatni jamiyatdagi mavjud axloq va odob an’analariga mos va xos qilib 
tarbiyalash globallashgan dunyoda eng muhim vazifa hisoblanadi. Jahonning qator 
mamlakatlarida yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, xususan, jismonan hamda 
ma’nan yetuk bo’lishida taraqqiyotning eng muhim omili barkamol avlodni 
tarbiyalash, zamonaviy bilim va kasb egasi bo’lishi ekanligini ko’rsatmoqda. Diniy 
ma’rifat sohasiga oid tadqiqotlarda hodisalarni tarixiy, diniy, falsafiy, sotsiologik 
va psixologik jihatlarini o’rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy 
siyosiy jarayonlarda o’ziga xos fenomenal holat kasb etayotgan vaziyat din 
omilining geostrategik tarixini tizimli tahlil qilish orqali yangicha yondashuv, 
zamonaviy metodologik asos hamda milliy, umuminsoniy, ijtimoiy taraqqiyot 
qiziqishlarini o’z ichiga olgan pragmatik rivoj va darajada o’rganish borasidagi 
tadqiqotlarni kun tartibiga dolzarb ilmiy vazifa sifatida qo’ymoqda. O’zbekiston 
mustaqillikka erishganidan so’ng yoshlarga e’tibor va g’amxo’rik ko’rsatish, 
ularning jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotidagi faolligini oshirish borasida muhim 
shart-sharoitlar yaratildi. 
«Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash 
masalasi bundan buyon ham eng asosiy vazifalarimizdan biri bo’lib qoladi». Shu 
nuqtai nazardan, O’zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy hayotida diniy 
ma’rifatning o’rnini ilmiy-falsafiy jihatdan tadqiq etish hamda ilmiy-nazariy 
ahamiyatga ega bo’lgan xulosalar ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat 
siyosati to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 
fevraldagi PF-4947- son «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi, 2017 yil 19 maydagi PF-5046-sonli 
«Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonlari, 2018 yil 16 
apreldagi PF-5416-sonli «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish 


chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni, BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil 12 
dekabrdagi yalpi sessiyasida qabul qilingan «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» 
to’g’risidagi maxsus rezolyutsiyasi, 2019 yil 8 apreldagi «O’zbekiston 
taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g’oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab 
chiqishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi F-5465- sonli Farmoyishi va mavzuga 
oid boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda 
mazkur dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Ilmiy adabiyotlarda “jamiyat 
ijtimoiy-madaniy hayoti” va “diniy ma’rifat” tushunchalariga ta’riflar mavjud, 
ammo ularda mazkur tushunchalarni anglashda yakdillik yo’q. Ularning o’zagini 
“ijtimoiymadaniy bilim” va “diniy bilim” tushunchalari tashkil etadi va belgilari 
amaliyotda ko’zga tashlanadi. Ammo aynan bu tushunchalarning diniyfalsafiy 
mohiyati yetarli darajada tadqiq etilmagan. Hatto “jamiyat ijtimoiy-madaniy 
hayoti” va “diniy ma’rifat” tushunchalari aksariyat lug’atlarda mavjud emas. 
Ayniqsa, “diniy ma’rifat” tushunchasi insonning ma’rifatparvarlik faoliyatini 
yetarli darajada o’rganilmaganligi, bu borada atamalarning bir ma’noli talqini 
mavjud emasligi unga aniqlik kiritish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Har qanday 
jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti, ayniqsa, diniy ma’rifat darajasi o’zining 
fundamental va eksperimental asoslarini metodologik 


jihatdan ta’minlagan holdagina ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Shu nuqtai 
nazardan jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotida diniy ma’rifatni yuksaltirishning 
nazariy, praksiologik yo’nalishlarini, metodologik asoslarini konkretlashtirish 
zaruriyati dolzarb ilmiyfalsafiy muammo hisoblanadi. 
Har qanday jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti, diniy ma’rifat darajasini tizimli-
tuzilmali, majmuaviy-falsafiy tahlil qilish diniy dunyoqarash bilan bog’liq. Tadqiq 
qilinayotgan ob’ekt va predmetning kategorial apparatini, tushunchalari mazmunini 
konkretlashtirish nazariy metodologik vazifa bo’lib, muammoning ilmiy-amaliy 
yechimini topishning zaruriy sharti. Darhaqiqat, hozircha, jamiyat hayotida diniy 
ma’rifatning ijtimoiy-madaniy muammolarini tadqiq qilishda qo’llanilayotgan 
tushunchalarga nisbatan yakdil, qat’iy munosabat shakllanmagan. Bu esa ilmiy-
nazariy xulosalarning, amaliy tavsiyalarning turli-tumanligini, xatto, ularning 
qarama- qarshiligini keltirib chiqarmoqda. Ma’rifat haqida fikr yuritganda, avval, 
uning lug’aviy ma’nosiga to’xtalib o’tamiz. Ma’rifat so’zi “bilim berish”, “xabardor 
qilish”, “o’rgatish” ma’nolarini anglatadi. Ma’rifatning ikkinchi ma’nosi “inson 
ongi, qalbi, hayot tarzini ijobiy tomonga o’zgartirib, yaxshilik qilish, savob 
ishlarini amalga oshirishga undaydigan kuch sifatida namoyon bo’ladi” deb 
ta’riflangan. Ongning o’ziga xos shakli sifatida din e’tiqod, ishonch va bilish 
mexanizmlari (hayot tajribasi)ga tayanadi. Diniy e’tiqod refleksiya bilan qo’llab-
quvvatlanadi, shaxsning fojeaviy tajribasi (o’lim xavfi yoki yaqinlarini 
yo’qotishi)ni anglab yetish orqali yuzaga keladi yoki mustahkamlanadi, bu tajriba 
shaxsni o’z hayoti va tafakkur tarzini tubdan o’zgartirishga da’vat etadi. Diniy 
ma’rifat –dinning haqiqiy qadriyatlarini odamlarga oddiy, sodda tilda
tushuntirish. 
Diniy 
ma’rifat, 
mohiyatiga 
ko’ra,
tinchlik, hamkorlik va bag’rikenglik tamoyillarini o’zida ifoda etish, din 
uchun inson dilini ranjitish, johillik, ayirmachilik va vayronagarchilik yot ekanini 
aholiga, xususan, yosh avlod vakillariga anglatish, ularni ekstremizm va 
aqidaparastlik g’oyalaridan muhofaza qilishni nazarda tutadi. Islom dini nafaqat 
bizning mintaqada, balki butun dunyoda millionlab insonlarni ma’naviy va oilaviy-
maishiy, turli ijtimoiy doiralariga katta ta’sir ko’rsatadi. Axloqiy-ruhiy islom 
ustunlarini anglash avloddan-avlodga o’tib, nafaqat mintaqa xalqlarining 
tarixiymadaniy o’ziga xosligini mustahkamlashga imkon yaratadi, balki 
ruhiyaxloqiy ijtimoiy shartlar xalqlar o’rtasida o’zaro qo’llab-quvvatlash xissini 
kuchaytirish, barqarorlik va tinchlikni saqlashga yo’naltirilgan. Markaziy Osiyo, 
xususan, O’zbekiston hududi qadim zamonlardan boshlab turli madaniyat, til, urf-
odat, xilma-xil turmush tarzi va dinlarga amal qilgan etnoslar, xalqlar va millatlar 
yashab kelgan o’lka hisoblanadi. O’zbekistonda madaniy, diniy va milliy xilma-
xillikning tabiiy holat va insoniy boylik ekanligi ijtimoiy ongda ustuvor mavqe 
kasb etadi. Shuning uchun ham milliy va diniy mansubligidan qat’i nazar, har bir 
inson o’zini O’zbekiston fuqarosi deb bilib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
va madaniy hayotida bir xil teng imkoniyatlarga egadir. O’zbekiston 


Respublikasining Konstitutsiyasida bu holat aniq va ifodali qilib bitib qo’yilgan. 
Unga ko’ra, 
«O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega 
bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va 
ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar». BMT Bosh 
Assambleyasining qaroriga muvofiq 1997 yil 16 noyabrdan boshlab butun dunyoda 
«Xalqaro 
bag’rikenglik» 
kuni 
nishonlanadi. 
Bag’rikenglik 
prinsiplari 
deklaratsiyasida: «Bag’rikenglik – bu bizning dunyomizni, bizning o’zimizni 
ifodalash shakllarimizni va inson individualligi namoyon bo’lish usullarini hurmat 
qilish, qabul qilish», – deyiladi. Ayni paytda, Respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy 
tadbirlar, jumladan, uzluksiz ta’lim tizimida etnik, gender va diniy bag’rikenglik 
haqida ma’lumot beruvchi darslarning kiritilishi, fuqarolarda bag’rikenglik 
madaniyatini kamol toptirish sohasidagi ustuvor vazifalar tadqiq qilib borildi. 
O’zbekiston 
Respublikasini 
yanada 
rivojlantirish 
bo’yicha 
Harakatlar 
strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan biri etib, «Xavfsizlik, millatlararo 
totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro 
manfaatli va amaliy tashqi siyosat» belgilangan. Demokratik islohotlar davrida
mamlakatimizning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini tahdid 


tug’diradigan salbiy g’oyalar ta’siridan himoyalash uchun «ma’rifat» 
tushunchasining mazmun- mohiyati, namoyon bo’lish shakllari, jamiyat ijtimoiy 
tuzilmasidagi o’rni, fan va ta’lim tizimi bilan munosabatlarini o’rganish hamda tahlil 
qilish 
zaruriyati 
kuchaymoqda. 
O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni 

Download 303.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling