1. Sanlı izbe-izlik dep natural sanlar toplaminda anıqlanǵan hám haqıyqıy bahalar qabıl etiwshi
Download 197.33 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 doim ham bunday bolavermaydi. Masalan, agar m natural son bolsa, barcha m
Q.E.D.Berilgan E to'plamning barcha limit nuqtalari to'plami hosilaviy to'plam deyiladi va E′ simvoli orqali belgilanadi. Shunga e'tibor qaratayliki, E to'plamning limit nuqtalari E to'plamga tegishli bo'lishi ham, tegishli bo'lmasligi ham mumkin. Masalan, agar E = (0, 1) bo'lsa, E′ = [0, 1] bo'ladi. Demak, (0, 1) intervalning barcha nuqtalari limit nuqtalar bo'lib, ular E ga tegishlidir; ikki chegaraviy 0 va 1 nuqtalar esa, limit nuqta bo'lishiga qaramasdan, E ga tegishli emas. Bu misolda E to'plamning barcha nuqtalari limit nuqtalar bo'lib chiqdi. Lekin 1doim ham bunday bo'lavermaydi. Masalan, agar m natural son bo'lsa, barcha mko'rinishdagi sonlardan tashkil topgan E to'plam yagona a = 0 limit nuqtaga ega va bu nuqta E to'plamga tegishli emas. Ushbu to'plamning xech bir nuqtasi limit nuqta bo'lmaydi, chunki bu nuqtalarning har biri shunday atrofga egaki, unda E to'plamning bu nuqtadan boshqa elementi yoq. Berilgan E to'plamning limit nuqtasi bo'lmagan elementlari yakkalangan nuqtalar deyiladi. Binobarin, oxirgi o'rganilgan misolda E to'plamning barcha nuqtalari yakkalangan ekan. Ta'rif. Barcha limit nuqtalari o'ziga tegishli bo'lgan to'plam yopiq to'plam deyiladi. ⊂ Shunday qilib, agar E′ E bo'lsa, E yopiq bo'lar ekan. Limit nuqtalar to'plami E′ doimo yopiq bo'lishini ko'rsatish oson. ∪ E E′ to'plam E to'plamning yopilmasi deyiladi va E simvol orqali belgilanadi. E to'plam E ni o'z ichiga olgan eng kichik yopiq to'plam ekanini ko'rsatish qiyin emas. Zamonaviy matematik tahlilda muhim o'rin tutgan yana bir tushunchani kiritamiz. ⊂ ∈ Ta'rif. Agar E R to'plamga tegishli bo'lgan har qanday xn E nuqtalar ketma-ketligidan yaqinlashuvchi hamda limiti ham E ga tegishli bo'lgan qismiy ketma-ketlik ajratish mumkin bo'lsa, bu to'plam kompakt to'plam deyiladi. Navbatdagi teorema haqiqiy sonlarning kompakt to'plamlari tavsifini beradi. ⊂ 2.7.1 - Teorema. Berilgan E R to'plam kompakt bo'lishi uchun uning yopiq va chegaralangan bo'lishi zarur va yetarli. Isbot. 1) Zarurligi. Faraz qilaylik, E to'plam kompakt bo'lsin. Uning yopiq va chegaralangan ekanini isbotlaymiz. ∈ → ∈ Aytaylik, a nuqta E to'plamning ixtiyoriy limit nuqtasi bo'lsin. U holda, 2.7.1 - Tasdiqning (i)-(iii) shartlarini qanoatlantiruvchi {xn} ketma-ketlik mavjud bo'ladi, ya'ni xn E bo'lib, xn a bo'ladi. Bundan, kompakt to'plam ta'rifiga ko'ra, a E kelib chiqadi. Demak, E to'plam o'zining barcha limit nuqtalarini o'z ichiga olar ekan. Bu esa, ta'rifga ko'ra, E ning yopiq to'plam ekanini anglatadi. ∈ Endi E chegaralanmagan to'plam deb faraz qilaylik. U holda xn E bo'lgan cheksiz katta ketma-ketlik mavjud bo'lib, ravshanki, bu ketma-ketlikdan yaqinlashuvchi qismiy ketma-ketlik ajratib bo'lmaydi. Bu esa E to'plamning kompaktligiga ziddir. Demak, E chegaralangan to'plam ekan. 2) Yetarliligi. Endi E yopiq va chegaralangan bo'lsin. Uning kompakt bo'lishini isbotlaymiz. ∈ { } E to'plam nuqtalaridan tuzilgan ixtiyoriy xn ketma-ketlikni olaylik. Bu ketma- ketlik chegaralanganligi uchun, Bol'sano-Veyershtrass (2.4.2 - Teorema) teoremasiga asosan, undan biror a soniga yaqinlashuvchi qismiy ketma-ketlik ajratish mumkin. Endi a E ekanini ko'rsatish yetarli. Ikki holni qaraymiz. ) {xn} ketma-ketlik aqalli bitta a ga teng bo'lgan elementga ega. Bu holda barcha xn ∈ E bo'lgani sababli, a ∈ E bo'ladi. B) {xn} ketma-ketlikning barcha elementlari a dan farqli. Bu holda a nuqta E to'plamning limit nuqtasi bo'ladi va, E yopiq bo'lgani sababli, yana a ∈ E bo'ladi. Shunday qilib, har ikkala holda ham a ∈ E ekan. Q.E.D. Quyidagi uchta to'plam kompakt to'plamga misol bo'ladi: 1) Chekli sondagi elementga ega bo'lgan to'plam. Bu to'plam chegaralangan va birorta ham limit nuqtaga ega emas va, shuning uchun, u yopiq (bu to'plamning barcha nuqtalari yakkalangan); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling