1. Saqlanayotgan asl ko`rinishi. Saqlashga qabul qilinadigan donning xolati
Download 419.87 Kb.
|
13 maruza
1.Saqlanayotgan asl ko`rinishi. Don uyumining ma’lum ko`rinishi hajmi yoki asl ko`rinish deb yuritiladi. Metrik tizim qo`llaniladigan davlatlarda u gramm litrga yoki kiltgramm gentolitrga nisbatan o`lchanadi.
Bug`doy, javdar, arpa va suli donlarini yetarlicha barqaror sharoitni ta’minlovchi ma’lum qoidalarga amal qilgan xolda har qanday moslamaga joylashtirilsa bo`ladi. Bunda joylash zichligi, don uyumining xajmi hatto bir ekinning o`zida ham turlicha bo`lishi mumkin. Buning uch sababi bor: 1) donning turlicha yetilishi, 2) don uyumidagi aralashmalarning xar xil miqdori va tarkibi; 3) donning namligi. Asl ko`rinishiga iflos aralashmalarning turli fraktsiyalari sezilarli darajada ta’sir etadi, yengil aralashmalar uning ko`rinishiga sezilarli ta’sir etadi, mineral aralashmalar esa biroz yomonlashtiriladi. Don uyumining tozalash va quritishdan keyin asl ko`rinishi yaxshilanadi, ammo donlarning yaxshi yetilmaganligi sababli ko`ngildagidek bo`lmaydi. Donning to`liq yetilishi katta texnologik ahamiyatga ega va u oziq – ovqat qiymatini ta’riflaydi. Yaxshi yetilgan donda ko`p endosprem (mag`iz) bo`ladi. Noqulay sharoitlarda shakillangan donlarda po`st xajmi ortib boradi va mag`iz miqdori esa kamayadi. Po`stloq qismining ko`payishi qimmatli mahsulot qismini (un, yorma, o`simlik moyi) chiqishining kamayishiga olib keladi. Donda qanchalik mag`iz (endosperm) ko`p bo`lsa, unda shunchalik saksimal zichlikka ega bo`lgan uglevod va oqsillar ko`p bo`ladi. Kraxmalning zichligi 1,5; oqsillarniki 1,24 – 1,31; moyniki 0,9 – 0,98 ga teng. Donning asl ko`rinishi maxsus asboblarda – purkalarda aniqlanadi. Purkalarning 80 turi mavjud bo`lib, jaxon savdo amaliyotida 20 litr xajmli purka qo`llaniladi. Makkajuxori, tariq, grechka, sholi, no`xat, don uyumlarida asl ko`rinish aniqlanmaydi.
Donning boshoqda, popuk va suaurgisida shakillanishi, to`pgullarning o`simlikda joylashishi, agrotexnik tadbirlar, ob – havo sharoiti bir tekislik va yiriklikka ta’sir ko`rsatadi. Bir tekisdagi don uyumlari don tozalagich yoki maxsus saralovchi mashinalarda saralangandan (separatsiya) keyin olinadi. Qayta ishlashda bir tekis donlardan mahsulotlarning chiqishi va ularning sifati yuqori bo`ladi. Mayda don past baholanadi. Tozalashda ular ko`pincha mayda aralashmalar bilan chiqindiga qo`shilib ketadi va shu bilan mahsulot chiqishini kamaytiradi. Mayda don chora va parrandalar uchun oziqa – yem sifatida foydalaniladiyoki murakkab oziqa – yem sanoatiga yuboriladi. Po`st ap mag`iz miqdori. Yorma ekinlari donlarining standartlarida konditsiyali don uchun mumkin bo`lgan mag`iz miqdori suli uchun 62% dan kam emas, grechikada 71%, tariq va sholida 74 % ga teng bo`ladi. Po`st – asosiy ekinning toza donlarida ya’ni uyum va namunalarda iflos va don aralashmalarini hisobiga olmagan holda aniqlanadi. Tariq, sholi, suli va grechikaning po`stini aniqlash uchun po`st bilan qoplangan butun donlar olinadi va ularning har biri qobig`idan tozalanadi. Po`st tozalanmagan don uyumiga nisbatan qobig`larning yalpi ulushi foizda ifodalanib, po`stining kattaligini tashkil etadi. Dondagi toza mag`iz miqdori standartda ko`rsatilgan maxsus formulalar yordamida hisoblanadi. Sholi, tariq, grechika va suli donlarining po`stliligi davlat standartlariga muvofiq aniqlanadi. Endosperm konsistentsiyasi. Endosperm konsistentsiyasi o`simlik donlarining texnologik va oziq ovqat qimmatiga ta’sir etadi. Masalan makkajo`xoridan tayyorlangan yorma, don, makkajo`xori tayyoqchalari va boshqa mahsulotlar makkajo`xorining oynavand endospermli donlaridan olinadi. Qaynatilgan guruch sifati ko`p jixatdan yormani qanday xom – ashyodan tayyorlanishiga bog`liq. Oynavandli guruch donining konsistentsiyali doni chidamli bo`lib, qayta ishlashda yormaning katta miqdori butun holda chiqadi, qaynatilganda bunday yormalar doni yaxlitligini saqlaydi. Unlik konsistentsiyaga ega bo`lgan endospermalar juda mo`rt va sinuvchan bo`ladi va ovqat tayyorlanishida ezilib, aralashib ketadi. Bunday donlar a’lo navli yormalar chiqishini kamaytiradi. Endosperm konsistentsiyasi oqsil moddalarni kraxmal zarrachalari bilan birikishiga asoslangan. Oynavandli endosirmda oqsilning katta qismi kraxmal zarrachalari bilan mahkam bog`lanib, keng qatlamni yuzaga keltiradi. Oynavandli endospermli don katta mexanik chidamlilikka ega bo`lib, u yorma va un olish jarayonini sifatli bo`lishini ta’minlaydi. Un tayyorlash korxonalarida oynavandli donni maydalash jarayonida u yirik unga aylanadi va keyingi yanchishdan oldin yaxshilab saralanadi. Oynavandli dondan olingan unning rangi – oq sarg`ish, qopda esa – oq ko`kimtir tusda bo`ladi. Yuqori oynavandli bug`doy donida odatda yaxshi sifatli kleykovinani tashkil etadigan oqsil miqdori ko`p bo`ladi. Shu sababli bunday undan yopiladigan non sifatli hisoblanadi. Odatda, qattiq bug`doy doni konsistentsiyasi oynavand, yumshog`ligi turlicha bo`lib, ekinning naviga, agrotexnik tadbirlariga geografik va tuproq sharoitlariga bog`liq bo`ladi. Ba’zida bir donning ichida endosperm konsistentsiyasi turlicha bo`lishi mumkin: oynavand, qisman oynavand yoki unsimon bo`ladi. Zich tuzilishi, kesma bo`yicha to`liq oynavand endosperm va maxsus moslamada yaxlit yorug` o`tkazganlari oynavandli deyiladi. Bo`sh tuzilishli va to`liq unli endaspermali maxsus moslamada yorug` o`tkazmaydigan donlarga unli deyiladi.qisman oynavand va qisman unsimon tuzilishli donlar qisman oynavandli deyiladi. Bug`doy donlarining oynavandligi non tayyorlash uchun qabul qiluvchi korxonalarda, mahsulotlar q/i – ga tayyorlashda va eksifatga chiqarishda un ishlab chiqarish korxonalarida aniqlanadi. Oynvandlik davlat standarti yordamida aniqlanadi. U tashqi kuzatish, yoritish yoki donni kesish bilan aniqlanadi. Uni aniq va qulay aniqlashda diafanaskop (DSZ - 2) don foydalaniladi. Xarakatlanadigan kasseta uyalariga joylashtirilgan 100 ta don elsktr yorug`ligida kuzatiladi va asbob kompleksidagi hisobchi yordamida sanaladi. Donning umumiy oynavandligi oynavand donlarining foiz yig`indisi bilan qisman oynavandlari esa yarim foiz bilan ifodalanadi. Donning unish kuchi va qobiliyati. Don un va yopilgan don ishlab chiqarish uchun yuqori qimmatli biologik xom ashyodir. Doning unish kuchi ko`rsatkichlari deb, 3 sutka davomida ungan donlarning foiz miqdoriga, unish qobiliyati deb, 5 sutka davomida ungan donlarning foiz miqdoriga aytiladi. Ushbu belgi yoki xususiyat pivo uchun mo`ljallangan arpa to`plamlarida inobatga olinadi. Donlarning unish qobiliyatining standart ko`rsatkichi 95% dan kam bo`lmasligi kerak. Spirt ishlab chiqarish sanoatida foydalaniladigan don uyumlaridaham unuvchanlikka yuqori talablar qo`yiladi. Spirtning chiqishi nafaqat dondagi uglevodlar (kraxmal va qand moddalari) miqdoriga balki kraxmalni gidrolizlanish darajasiga va uni qandga aylanishiga ham bog`liqdir. Shu maqsadda don korxonalarida tarkibida ko`p miqdorda qand, keyinchalik kraxmalni fermentli parchalanishni ta’mirlaydigan faol amilaziyaega bo`lgan solodga aylantiriladi. Javdar, suli va tariqning unish qobiliyati 92% dan, sulining esa 90% dan kam bo`lmaslik shart. Unish kuchi va qobiliyatini aniqlash usullari davlatlar standartida bayon bo`ladi.
Download 419.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling