142-savol
Tafakkurni qanday izohlaysiz?
- Insoniyatning necha ming yillik tarixiy rivojlanishi davrida ijodkorlik jarayoni bilan bog‘liq holda hosil qilinib borilgan va erishilgan oliy va aqliy ne’matdir.
- Bo‘lgan va bo‘lmagan voqea va xodisalarni inson ko‘zi ochiq va yopiq holda ham o‘z tasavvurida bo‘ladigan jarayon hisoblanadi.
- Shaxsning jismoniy va ma’naviy kamol topish jarayoni, uning ongli ravishda ayrim ibratli faoliyatlarga yo‘nalishi va tarixan maydonga kelib, ijtimoiy namuna bo‘lishga har tomonlama barkamolikka intilish jarayoni tushuniladi.
- Bu narsa va hodisalarning umumiy (xususiy) muhim belgi va xususiyatlarini ifodalovchi fikr (ba’zan fikrlar) – tafakkur shakli.
143-savol
Ekskursiyamehnat ta’limi jarayonida qanday o‘rin tutadi
- Ekskursiya jarayonida o‘quvchilar ishlab chiqarishdagi turli asbob-uskunalar bilan tanishadilar, mehnat va ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatadilar va o‘rganadilar.
- Turli mehnat obyektlariga ekskursiyalar uyushtirish, o‘quvchilarni mehnat kishilari bilan, ular ishlatayotgan asbob-uskunalari bilan, mehnat jarayonining tashkil etilishi va ishlab chiqariladigan mahsuloti bilan umumiy tarzda tanishtirish, yangi asbob-uskunalarning namunalarini va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini, ilg‘or ish usullari va mehnatni ilmiy tashkil etish metodlarini o‘rganish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin.
- Turli mehnat obyektlari bilan tanishtirish xususiyatiga ega bo‘lgan ekskursiyalarni mehnat ta’limining biror bo‘limi (gazlama bilan ishlash, xizmat ko‘rsatish va hokazolar) boshlanishidan oldin o‘tkazish kerak. Aniq mavzuga doir ekskursiyani dasturdagi biror mavzuni o‘tishdan keyin yoki undan oldin o‘tkazgan ma’qul..
- Ekskursiya odatda 15-20 o‘quvchidan iborat bitta guruh bilan ommaviy tarzda o‘tkaziladi, biroq ekskursiya jarayonida ayrim o‘quvchilar uchun yakka tartibda ko‘rsatma va tavsiyalar, izohlar berish kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |