1-Savol. Dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatini izohlab bering?


Download 26.37 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi26.37 Kb.
#118550
Bog'liq
11-topshiriq (3)


1-Savol. Dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatini izohlab bering?

Respublikamizda ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari yangi ilmiy


adabiyotlar bilan ta’minlanmoqda. Pedagoglarga qo’yilayotgan talablar asosida o’z
faoliyatlariga yangiliklar kiritib bormoqdalar. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish
jarayonida fan, texnika va ilg’or tajribalardan foydalanish bilan bir qatorda
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Bu jarayon
o’qituvchilarning mas’uliyatini yanada oshirmoqda.
Pedagogik texnologiya nima? Biz uni qanday va qayerda samarali qo’llay
olamiz? Bu kabi savollarga javob berish uchun biz avvalo dars jarayoni, undagi
o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini keng o’rganishimiz kerak?
Dars – o’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi, samarali mehnati. Darsni
ijobiy tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, dars maqsadlarini to’g’ri tanlash,
metodlarni o’z o’rnida qo’llay olish, o’quvchilar bilan hamkorlik o’rnatib, sinfda ijobiy –emotsional muhitni yuzaga olib chiqish o’qituvchining asosiy faoliyati
hisoblanadi. O’quvchilarni o’qisga o’rgatish, bilim berishdan o’quvchilarning
bilimlarini mustaqil egallashlariga ko’maklashish hamda dasrda ijobiy natijaga
erishish uchun turli usullar bilan birgalikda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
tushunib qo’llay olish pedagogdan mahoratni talab etadi.
O’quv jarayonining tarkibi uch qismdan iborat:
-motivatsiya;
-bilish faoliyati;
-boshqarish faoliyati.
Ana shu uchala tarkib birgalikda harakat qilsa, pedagogik texnologiyada
natijaga erishish mumkin. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan
mashg’ulotlar o’quvchilarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z
munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai
nazarlarini asoslashlariga imkoniyat yaratadi. Pedagogik texnologiyaning eng
asosiy negizi o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsadddan kafolatlangan
natijaga aniq ketma-ketlik asosida tizimli, hamkorlikda erishishlari tanlagan
texnologiyalariga bog’liq. Pedagogik texnologiyaning asosiy belgilariloyihalashtirish, amalga oshirish va kafolatli natija. O’qituvchi tomonidan dars loyihasini ishlab chiqish, texnologik xaritalarni tuzish, maqasdli amalga oshirish hamda natijaga erishish kabi avzifalar izchil bajariladi. Pedagogik texnologiyalarni qo’llashda innovatsion metodlarning o’rni va ahamiyati kattadir.
Interfaol usullarning asosiy madsadi-o’quvchilarni faol harakatga undash,
darsga jalb etish, hamkorlikda ishlashga o’rgatishdan iborat. Bu intefaol uslublarga
“Zinama-zina”, “Charxpalak”, “Bumerang”, “Muammo”, “Rezyume”, “FSMU”,
“Skarabey”, “Yelpig’ich”, “Yozma bahslar”, “Venn diagrammasi”, “Tushunchalar
tahlili”, “Muloqot” , “Uchga to’rt”, “Blits-so’rov” kabilarni kiritamiz.
“Tushunchalar tahlili” interfaol metodini psixologiya fanlarida qo’llanishini
o’rganamiz.
Qo’’lanilishi:

TUSHUNCHALAR

MAZMUNI

PSIXOLOGIYA




TEMPERAMENT




XOLERIK




DIQQAT




RETSEPTOR




IDROK




XOTIRA




TAFAKKUR




O‘SPIRINLIK




EHTIRОS




ХARAKTЕR




PSIХОKОRRЕKSIYA




Bu interfaol metoddan unumli foydalanish darsning samaradorligini
oshiradi, o’quvchilarning o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon etishga,
o’zlarining bilim darajalarini baholay olish, jamoaning fikrini hurmat qilishga
hamda o’z bilimlarini bir tizimga solishga o’rgatadi

2-Savol: Interfaol yoki interaktiv metodlar nima?

Ta’lim mazmuning interfaol metodlar bilan aloqasi. Shunday qilib, biz
o’qitish metodlarini tanlashni takomillashtirishning birinchi muhim shartini ularni
tizimlashni, o’quv jarayonini rejalashtirish muolajalariamaliyotida qo’llash bilan
bog’liqlikni aniqlashtiradigan yaxlit yondashuvni tavsifladik.
Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda
ishlab chiqilgan, keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning
yigirmadan ortig’i keltiriladi.
Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tarbiyani
rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo’nalganligidir. Bu mezon turli xil
metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo’li bilan joriy etiladi, chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o’zlashtirishda ularning
imkoniyatlari turlichadir.
Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim
mazmuni xususiyatiga mos kelishdir.
Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi. Shu bousdan
bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz. Bir metod yordamida mavzu mazmuni
to’laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi.
Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar
o’quv imkoniyatlariga to’liq mos kelishi, ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun
ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir.
Interfaol o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy
imkoniyatlariga mos kelishi lozim.Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi
va amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim
mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini
hisobga oladi.
Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi-ularning o’quv
jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir.Darvoqe, o’qitishning
yalpi, guruhli va individual shakllari turlicha metodlarni talab etadi.Misol uchun
debat metodi ikki talaba o’rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi
barcha talabalarning ishtiroki zarur bo’ladi.
Interfaol mtedlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi
umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi.Ma’lumki, pedagogik texnologik ham ma’lum qonuniyatalar asosida loyihalanadi va o’quv jarayonini tashkil etishga asos
yaratadi, joriy qilingach esa yakuniy natijani,talabaning u yoki mavzuni mustaqilligini ta’minlaydi.
Ta’limning umumiy maqsadidan kelib chiqib o’qitishning ayni bosqichidagi
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobga olgan holda
ajratilgan variant tahlillanadi va baholanadi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay ,qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil
qilish,shuningdek,o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish,ular tomonidan egallangan
bilim,ko’nikma,malaka darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik
mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatiga
ega, ya’ni,har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati,kasbiy
mahoratidan kelib chiqib holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl,metod va
vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar:
-pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish;
-o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish;
-o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning
egallanishini ta’minlashi;
-o’quvchilarda mustaqil,erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi;
-o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratish;
“Fikriy hujum” metodi o’quvchilarning mashg’ulotlar jarayonidagi
faolliklarini ta’minlash,ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil
fikrlash inersiyasidan ozod etish ,muayyan mavzu yuzasidan rang-barang
g’oyalarni to’plash,shuningdek,ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabli
bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi.
“Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib,uning
asosiy tamoyili va sharti mashg’ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga
tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash,har qanday luqma va
hazil-mutoyibalarni rag’batlantirishdan iboratdir.Bundan ko’zlangan maqsad
o’quvchilarning mashg’ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim
jarayonida ushbu metoddan samarali va muffaqiyatli foydalanish o’qituvchining
pedagogik mahorati va tafakkur ko’lamining kengligiga bog’liq bo’ladi.”Fikriy
hujum” metodidan foydalanish chog’ida o’quvchilarning soni 15 nafardan
oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg’ulot bir
soatga qadar tashkil etilishi mumkin.

Interaktiv-(inglizcha interaction-o`zaro ta`sir)metodlar-bu jamoa bo`lib fikrlash deb yuritiladi, ya`ni pedogogik ta`sir etish usullari bo`lib ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi.


3-Savol. Talaba markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari ?

Talabalar mustaqil ishining maqsadi – sеmеstr davomida fanlarning tizimli o`rganilishini tashkil etish, olingan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, navbatdagi darslarga tayyorlash, yangi bilim izlashda – egallashda mustaqillikni hamda aqliy mеhnat madaniyatini shakllantirishdan iborat. Uning uchun ajratilgan vaqt ishchi o`quv rеjasi bilan bеlgilanadi va talaba uchun muayyan fanni o`rganishga ajratilgan o`quv soatlari umumiy hajmining 30-60 foizini tashkil etishi mumkin. Har bir o`rganilayotgan fan bir qator mavzuli bo`limlarga taqsimlanadi va ularning har biri uchun mashg`ulotlarning barcha muhim turlari, mustaqil nazariy va amaliy ish uchun vazifalar,o`quv va ilmiy adabiyot, statistik ma'lumotlar manbalari va boshqalar bеlgilanadi. Talaba
bеlgilangan tartibda har bir bo`lim vazifalarini bajarganligi to`g`risida hisobot bеradi. Talaba tomonidan bajarilgan barcha ishlar kafеdrada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan mеzon asosida baholanadi. har bir mustaqil ish bo`yicha еtarli ball to`play olmagan talaba tеgishli fanni o`zlashtirmagan hisoblanadi.
Talabalar mustaqil ishlari o`z xususiyatlariga ko`ra quyidagicha bo`lishi mumkin.
Rеproduktiv mustaqil ish - mutoala, o`quv adabiyotini konspеktlash, ma'ruzani tinglash,matnni aytib bеrish, eslash, o`quv matеrialini takrorlash (qaytarish) va boshqalar .
Bilib – izlaydigan mustaqil ish amaliy va sеminar mashg`ulotlarda xabar va ma'ruzalar bilan chiqish, o`quv dasturi bo`yicha adabiyotlar tanlash, kurs va nazorat ishlari yozish va hokazo.
Ijodiy mustaqil ish – rеfеratlar va ilmiy maqolalar yozish, ilmiy – tadqiqot ishlarida
qatnashish, bitiruv malakaviy ishga tayyorgarlik ko`rish, maxsus ijodiy topshiriqlarni bajarish va hokazo.O`quv jarayoni samaradorligini oshirish uchun barcha turdagi auditoriya mashg`ulotlari, talabalarning aniq hajmli vazifalarga ega mustaqil ishlari, ularning bajarilishi mеhnat sig`imi, nazorat shakllarini o`zida mujassam etgan o`quv mashg`ulotlarini tashkil etishning tеxnologik xaritalarini ishlab chiqishi kеrak.
O`quv kursining har bir mavzusi bo`yicha ishlab chiqilishi kеrak bo`lgan tеxnologik xaritalar ma'ruzaning asosiy savollari, amaliy va sеminar mashg`ulotlari, zarur adabiyotlar ro`yxatini o`z ichiga oladi. Nashr etilgan hujjatlar, ko`rgazmali qurollar majmuasi (chizma, grafik, slayd va boshqalar) o`quv guruhlariga oldindan tarqatiladi va o`quv jarayonining muhim tashkiliy qismi hisoblanadi.
Talabalarning mustaqil ishlashga ko`nikmalar hosil qilish darajasiga qarab I
sеmеstrdan boshlab sеmеstrma-sеmеstr mustaqil ish hajmini oshirib borish,
oddiydan murakkabroq vazifalarga (amaliy mashg`ulotlarda faol qatnashish,
rеfеrat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ish) o`tib borish, foydalanadigan mustaqil ish
shakllarini kеngaytirib borish maqsadga muvofiqdir.
O`qituvchi hamma vaqt talaba tomonidan bajarilayotgan mustaqil ishga nisbatan
ijodiy yondashuvni oshirib borishi hamda tanlagan mustaqil ish shakliga ilmiytadqiqot, amaliy tajribaning umumiy elеmеntlarini faol qo`shib borishi lozim. Bu o`rinda asosiy masala – har bir talabani mustaqil o`qib-o`rganishini kuchaytirishdan iborat.
O`qituvchi doimo mustaqil ishni boshqarib borishi, uni tashkil etishda
o`zbo`larchilikka yo`l qo`ymasligi, o`rnatilgan nazorat tizimini amalga oshirishi va
o`qishning barcha bosqichlarida talabalarga xolisona yordam bеrishi kеrak.

4-savol. Texnologiya so`zining ma`nosi qanday?

Texnologiya (grekcha: “techno” — hunar, usta va „logos“ — fan, taʼlim) — ilmiy praktika asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari.


Texnologiya (yun. techne — sanʼat, mohirlik, uquv va ...logiya) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish,
ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim;
shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan
fan. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi texnologiyasi va boshqa.

5-savol. Muomala texnikasi va strategiyasi uzviyligi va davomiyligini ta`minlashning usullari qanday?

SHaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsulii deyilishining eng asosiy
sababi - uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o„zaro ta‟sir doirasida
bo„lishini anglatadi. Bu shaxsning eng etakchi va nufuzli faoliyatlaridan
biri muloqot ekanligiga ishora qiladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita
«yuzma-yuz» bo„lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va
shunga o„xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat
jarayonidagi amaliy yoki do„stona bo„lishi; sub‟ekt-sub‟ekt tipli (diologik,
sheriklik) yoki sub‟ekt-ob‟ektli (monologik) bo„lishi mumkin.
Insoniy munosabatlar shunday o„zaro ta‟sir jarayonlariki, unda
shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo„ladi. Bunday jarayon
dastlab odamlar o„rtasida ro„y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu - quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo`lishgani sari, ular o`rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o`rtasida umumiylik, o`xshashlik va uyg`unlik kabi sifatlar paydo bo`ladiki, ular bir - birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo`ladigan bo`lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig`izligi teskari reakstiyalarni - bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig`iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig`izlik oilaning barcha a`zolari o`rtasida emas, uning ayrim a`zolari o`rtasida bo`lishi mumkin (ona - bola, qaynona - kelin va x-zo).
O`zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko`zlaydigan asosiy maqsadlari – o`zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo`lsa, «jozibasi»,
betakrorligi shundaki, o„zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan
bir xil o`ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday
vaziyatni tasavvur qiladigan bo`lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng
beta`sir bo`lgan bo`lar edi. XX1 asrda yashar ekanmiz, odamning eng tabiiy bo`lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan habardor bo`lish va o`zgalarga samarali ta`sir eta olishga bo`lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o„tib
bormoqdamiz. Axborotlarning ko`pligi aynan inson manfaatiga aloqador
ma`lumotlarni saralash, u bilan to`g`ri munosabatda bo`lishni taqozo etdi.
Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylandi va bu o`z navbatida
insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o`zgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar
guruhining ko`payishi, ular o`rtasida munosabatlar va aloqaninng
dolzarbligi axborotlar tig`iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki
professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XXI
asrning korporastiyalar asri deb, bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu
korporastiya insonlarning o`zaro til topishlariga qaratilgan malakalarning
rivojlangan, mukammal bo`lishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu
kabi korporativ aloqa ko`p xollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki
zamonaviy texnik vositalar - uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet
kabilar yordamida aniq va lunda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham
o„ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular
sostionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi
faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv
tizimi, turli xil xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular
jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot
bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsuliini belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi,
muloqotga o`rgatish (sostial psixologik trening) masalalari bilan
shug`ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o`rni va salohiyati keskin
oshdi Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan uch xil vazifalar va
murakkab jarayon tuzilmasini G.M.Andreeva “Ijtimoiy psixologiya”
kitobida ushbu tuzilishini taklif etadi:
1. Muloqotning kommunikativ tomoni, ya‟ni o`zaro munosabat
yoki muloqotga kirishuvchilarning o`rtasida ma`lumotlar almashinuvi
jarayoni sifatida;
2. Muloqotning interaktiv tomoni, ya‟ni muloqotga kirishuvchilarning xulq atvorlariga ta`sir jarayoni sifatida;
3. Muloqotning persteptiv tomoni, ya`ni muloqotga kirishuvchilarning bir birlarini idrok etishlari va tushunchalari bilan bog`liq
jarayon sifatida.
O`zaro munosabatlarda muloqotning psixologik jihatdan murakkab
ekanligini B.F.Parigin shunday yozadi: “Muloqot shunchalik ko`p qirrali
jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi:
A) individlarning o`zaro ta`sir jarayoni;
B) individlar o`rtasida axborot almashinuvi jarayoni;
V) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
G) bir kishining boshqalarga ta`sir ko`rsatish jarayoni;
D) bir biriga xamdardlik bildirish imkoniyati;
E) shaxslarning bir birini tushunishi jarayoni”.
Demak, shaxslararo munosabatlar, ya`ni muloqot jarayoni odamlar
amalga oshiradigan faoliyatlar orasida eng murakkabligi va ko`p qirraliligi
bilan xarakterlanar ekan, ijtimoiy psixologiya fanida olib borilgan jahon
psixologlarining juda ko`p tadqiqotlari shu fenomenni shaxs uchun ham
zarur, ham oddiy, ham ta‟sirchan deb qaraydi.

3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari


Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy
ko„zlagan maqsadlaridan biri – o`zaro bir-birlariga ta`sir ko`rsatish, ya`ni
fikr-g`oyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o`zgartirish
va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar
yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta`sir
ko`rsata olishdir.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta`sirning asosan uch vositasi
farqlanadi.
1.
Verbal ta’sir - bu so`z va nutqimiz orqali ko`rsatadigan ta`sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so`zlardir. Ma`lumki, nutq – bu so`zlashuv, o`zaro muomala jarayoni bo`lib, uning vositasi – so`zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o`zidagi barcha so`zlar zahirasidan foydalanib, eng ta`sirchan so`zlarni topib, sherigiga ta`sir ko`rsatishni xohlaydi.
2.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki
past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyastiya, tovushlar, to`xtashlar,
duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.
Shunga qarab, masalan, do`stimiz bizga biror narsani va`da berayotgan
bo`lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib,
ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
3.
Noverbal ta’sirning ma`nosi «nutqsiz» dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o`rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o`rtog`ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko`rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi?
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir -
birlariga ta`sir ko`rsatmoqchi bo`lishganda, dastavval nima deyish, qanday
so`zlar vositasida ta`sir etishni o`ylar ekan. Aslida esa, o`sha so`zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o`ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik
olim Megrabyan formulasiga ko`ra, birinchi marta ko`rishib turgan
suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo„lishiga gapirgan gaplari 7%,
paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 58% gacha ta‟sir
qilarkan.

Download 26.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling