1-savol: Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernning yozishicha oroldagi juda yog‘li
Download 272.02 Kb. Pdf ko'rish
|
ZAKOVAT UCHUN SAVOLLAR
ZAKOVAT UCHUN SAVOLLAR 1-savol: Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernning yozishicha oroldagi juda yog‘li bir qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan. Nima sifatida? Javob: Sham sifatida. 2-savol: Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak. Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh) 3-savol: Uning asarlari nomida besh, o’n besh, sakson, yigirma ming va hatto besh yuz million raqamlarini uchratish mumkin. U kim? Javob: Jyul Vern 4-savol: Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping. Javob: Soat 5-savol: Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo’ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin. Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi 6-savol: A, K, Q, J, ..... qatorni davom ettiring. Javob: 10, 9, 8, .....(O’yin kartalari A – Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J- Valet (Jack). 7-savol: Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar. Savol, nimadan oldin? Javob: Saylovdan oldin. 8-savol: Birinchi marta Vashington metrosiga tushgan inson hayratda qolishi tayin. Unda elektr yoritgichlar mahorat bilan ishlangan. Odamlarda shunday gap bor: “Vashington metrosi shunday yoritilganki, ……Xuddi narigi dunyodagidek. Savol nuqtalar o’rniga qanday jumla qo’yilishi kerak? Javob: O’z soyangni ko’rmaysan. Narigi dunyoda esa insonlarning soyasi bo’lmaydi. 9-savol: Sovet haykaltaroshi Kuratov bir kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o’sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g’oz kabi bir necha hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi? Javob: Mashhur masalchi Krilov 10-savol: Bu ro’yxat boshida Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu ro’yxat nimaga qarab tuzilgan? Javob: Orollar soni bo’yicha. Izoh: 2000 yili Buyuk Britaniyaning ba’zi mustamlakalari ozodlikka chiqqan. 11-savol: Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan. Qanday ish evaziga? Javob: Masjidga kelgani uchun 12-savol: Qaysidir bir amerikalik millioner o’limi oldidan o’z pullaridan ma’lum bir foizni jiyaniga, u universitetda o’qishini tugatib olishi uchun ajratib berilishini vasiyat qilgan. Bundan so’ng jiyan Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishiga arzigulik o’ziga hos bir rekord o’rnatgan.Bu qanaqa rekord? Javob: U vafot etguncha bu universitetni tugatmagan 13-savol: Ob-havoning ko’p yillar davomida o’rganish natijasida olimlar shuni aniqlashdiki, yirik shaharlarda xaftasiga ikki kun xavo boshqa kularga qaraganda sovuqrok bo’larkan. Yirik shaharlarda qaysi ikki kunda sovuqroq bo’ladi va nima uchun? Javob: Shanba va yakshanba, chunki bu kunlari zavod va fabrikalalar ishlamaydi va o’zidan issiq havo chiqarmaydi 14-savol: 2006 yilda may oyida San-Paulu shahri qamoqxonasida xaqiqiy janjal boshlandi. Maxbuslar qamoqxona ma’muriyatidan o‘zlari uchun ma’lum bir vaqtga qo‘shimcha imtiyoz berishlarini talab qildilar. Savol, ushbu tartibsizliklarga qanday voqea bilvosita sabab bo‘lgan? Javob: futbol bo‘yicha Jahon Chempionati 15-savol: Albatta bizga juda ko‘p o‘yin turlari mavjud. Xar bir o‘yin ishtirokchilarining foydalanadigan predmet va atributlari mavjud. Biz miriqib o‘ynaydigan bir o‘yinda, xammamiz bir narsadan foydalanamiz, ushbu narsa esa o‘z navbatida 85% suvdan iborat. Agar siz qaysi o‘yin xaqida gap ketayotganligini aniqlagan bo‘lsangiz, menga biz “foydalanadigan” narsani yozib bering va umid qilamanki, bu narsa sizga javob topishingizda yordam beradi. Javob: Miya Izoh: Bu o‘yin “Zakovat” o‘yini edi. 16-savol: Mavzuni davom ettirib yumoristlarning bir gapini to‘ldirishingizni so‘rayman. “Labaratoriyada yangi dangasa-robot yaratildi. Imtixonlar a’lo darajada o‘tdi: robot .....”. Gapni bir so‘z bilan tugating. Javob: Ishlamadi 17-savol: Birinchi marta BU 2001 yilda AQShning harbiy flotida, avia tashuvchi “Enterprayz” da yaratilgan. U 400 odamga mo‘ljallangan, uning birinchi qo‘shtirnoq ichidagi boshlig‘i AQSh harbiy kuchlari floti leytenanti, asli kelib chiqishi Arabistonlik Moxi-ed-Din bo‘ldi. Gap nima haqidaligini qisman bo‘lsa xam ayting. Javob: Ko‘chma Masjid Izoh: Masjid javobi xam qabul qilinadi. 18-savol: XIV asrda Florentsiyada BUNI savdoda ishlatgan xar bir odam “Sharqqa bosh egish” aybi bilan jazoga tortilishi mumkin edi. Xozirda esa bu deyarli xamma joyda bir shaklda qo‘llaniladi. Bir xudud nomi bilan ataluvchi BU narsa o‘sha xududda boshqacha tarzda qo‘llaniladi. BU nima? Javob: ARAB raqamlari 19-savol: U Jeyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti? Javob: Familiya 20-savol: Bozorda ko’rmaysiz, ko’rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko’rmaysiz.U – ? Javob: Kafan 21-savol: Amir Temur jang payti ularning o’rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o’rnini bosa olmaydi deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta’rif berganlar? Javob: Tabiblarga 22-savol: Antiqa savol: 1-b, 2-I, 3-u, 4-t, 5-b. Siz qolgan beshta harfni yozib bering. Javob: 6-o, 7-y, 8-s, 9-t, 10-o’. Izoh: bu raqamlarning birinchi harfi edi. 23-savol: U odamzod o’zi uchun tuzib oladigan qora ro’yhatda turadi, uning kattasi emas, ba’zan ko’zga ko’rinmaydiganlari hafvliroq. Uning kattasimi, kichigimi har birimizda bor. Mantiqiy o’ylab javobini toping. Javob: Xatolar 24-savol: Osiyoda juda taraqqiy etgan bu davlatning qadimiy poytaxti shohlar shahri edi. Bu poytaxtning hozirgi nomi shaharlar shohiga o’zgargan. Qaysi davlat va shaharlar so’ralmoqda? Javob: Yaponiya. Bu davlatning poytaxti dastlab Kioto, ya’ni kio – shoh, to – shahar – shoh shahri edi, hozirgi nomi Tokio bilganingizdek shaharlar shohi bo’lib o’zgargan. 25-savol: Bolalar uchun mantiqiy savol: 18=2; 19=1; 68=3; 17=0; Mantiqan o’ylab ayting, teng qo’yilgan sonlarni aniqlashda nima hisobga olingan? Javob: Raqamdagi teshiklar, ya’ni 18 raqamida 2 ta teshik, 68 raqamida 3 ta teshik va hokazo. 26-savol: Shunday bir tuyg’u borki u oyoqlarga qanot berishi ham, oyoqlarni yerga kishanlashi ham mumkin. Savol: bu qaysi tuyg’u? Javob: Qo’rquv 27-savol: Jiddiy savol: U eng arzon va eng qimmat mulk. Undan to’g’ri foydalanilsa dahoga aylanish mumkin. U nima? Javob: Vaqt 28-savol: Tarix fanidan savol: Buyuk sarkarda Aleksandr Makedonskiynning qo’shinlari orasida maxsus 700 kishilik saralangan jangchilari bor edi. Ularning bir xislati tufayli raqib qo’shinlari ular bilan jang qilishga qiynalishar edi. Savol: saralangan jangchilarning qanday xislati bor edi? Javob: Ular chapaqay edi 29-savol: Ummon davlatida ayollarga mashina minish huquqi bir shart bilan ruxsat berilgan. Bu qanday shart? Javob: Yo’lovchi sifatida faqat ayol kishini olish kerak. 30-savol: Yunon faylasu Diogen “Agar bo’ysunmas, to’polonchi qulim bo’lsa uni jazolab Kolizeyga olib borib o’tirmasdim.” Degan. Savol: faylasuf to’polonchi qul hovurini bosib olish uchun qayerga jo’natishni aytgan bo’lishi mumkin? Javob: Olimpiya o’yinlariga Download 272.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling