1-savol. Geomorfologiya va geologiya fanining ozaro bogliqligi,tarmoqlari va rivojlanish tarixi. Javob; Geomorfologiya (geo yun morphe shakl va logiya) yer yuzasining relyefi haqidagi fan. G
Download 284.89 Kb.
|
geomorfologiya yakuniy
1-savol.Geomorfologiya va geologiya fanining ozaro bogliqligi,tarmoqlari va rivojlanish tarixi.Javob; Geomorfologiya (geo..., yun. morphe — shakl va ...logiya) — yer yuzasining relyefi haqidagi fan. G. quruqlik hamda okean va dengizlar tubining tashqi qiyofasini, kelib chiqishi, yoshi tari-xiy taraqqiyoti, hozirgi dinamikasi va tarqalishi qonuniyatlarini oʻrganadi. Hoz. geologik davrdagi relyefni G. yer yuzasining oʻtmishdagi taraqqiyotining yakuni sifatida oʻrganadi.Yer yuzasi bir tomondan Yer poʻstini va ikkinchi tomondan gidrosfera hamda atmosferani bir-biridan ajratib turadigan chegaradir. Yer yuzasiga bir vaqtning oʻzida relyefni paydo qiluvchi endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlar taʼsir etadi. Ogʻirlik kuchining bevosita taʼsiri ostida sodir boʻladigan gravitatsiya jarayonlari ham relyef hosil qilish ahamiyatiga egadir. Yer—Quyosh—Oy sistemasining oʻzaro tortishish kuchi ham yer relyefi ga katta taʼsir koʻrsatadi (dengiz va okean suvlarining , Yer poʻstining koʻtarilib-pasayib turishi). Kishilik jamiyatining faoliyati yer relyefining oʻzgarishida katta omil hisoblanadi.G.ning asosiy prinsiplaridan biri shuki, relyef geografik komponentlardan biri sifatida boshqa komponentlar va geografik sharoit bilan bevosita bogʻliq holda oʻrganiladi. Relʼyefga boshqa omillar taʼsir etibgina qolmay, relyefning oʻzi ham ularga taʼsir koʻrsatadi va ular orkali oʻziga ham taʼsir etadi. Litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosferalgf oʻrtasidagi oʻzaro murakkab aloqa G.ning Yer haqida fanlar sistemasida tutgan oʻrnini belgilab beradi. Geoldan olingan maʼlumotlar va metodlardan relyefning urganilayotgan joydagi geologik tuzilishi va taraqqiyotiga bogʻliq ekanligini aniqdashda foydalaniladi.Tabiiy geogr., iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanologiya, tuproqshunoslik, geobotanika bergan maʼlumotlar relyefning tabiiy-geografik sharoit va ayrim tabiiy komponentlarga boglits ekanligini aniqlash uchun zarur; geofizika bergan maʼlumotlar esa relyef taraqqiyoti jarayonining tabiiy mohiyati va Yerning qattiq, suyuq, gaz holatidagi qobiqlari bilan oʻzaro munosabatini oʻrganish uchun kerak.G. bir qancha tarmoqlarga boʻlinadi; u mumiy G.—relyefning shakllanishi haqidagi juda keng masalalarni oʻrganadi;xususiy G.— relyefni bir yoki bir necha alohida geomorfologik koʻrsatkichlar boʻyicha tadqiq etadi; regional G. — yer yuzasi alohida hududiy qismlarining konkret relyefini oʻrganadi; yer relyefining regional jihatdan muhim xususiyatlari sayyoraviy G. tomonidan oʻrganiladi. G.ning alohida tarmogʻi — paleogeomorfologiya oʻtmish geologik davrlarning (koʻpincha koʻmilib yotgan) relyefini oʻrganadi va uzok, geologik davrlarda yer yuzasining qanday boʻlganini aniqlaydi. Xoʻjalikka tegishli masalalarni hal qilishda ishlatiladigan geomorfologik tadqiqotlar yakunlarining nazariy asoslari amaliy G. tomonidan ishlab chiqiladi. Umumiy G. bir qancha boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Ulardan eng yiriklari: materiklarning yer yuzasi relyefini oʻrganadigan quruqli k G.si va dengiz hamda okean tubi relyefini oʻrganadigan dengiz G.si. Geologiya (geo... va...logiya) — Yer poʻsti va Yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dastlabki davri uzoq oʻtmishdan boshlanib togʻ jinslari, minerallar, rudalar haqidagi maʼlumotlar bilan bogʻliq. Geologiya terminini birinchi marta norvegiyalik olim M. P. Esholt (1657) ishlatgan. Geologiyaning umumiy metodi qiyosiy-tarixiy metod boʻlib, oʻtmishni bilish, zamonaviy taraqqiyotni oʻrganish orqali boʻladi (k,.Aktualizm). 18-asr va 19-asr boshlarida Geologiya tabiatshunoslikning mustaqil tarmogʻiga aylandi (xorijda U. Smit, A. G. Verner, J. Getton, Ch. Layel, M. V. Lomonosov, V. M. Severgin). Hozirgi Geologiya bir necha tarmoqlardan iborat: stratigrafiya, tektonika, dinamik, dengiz geologiyasi, mineralogiya, petrografiya, litologiya va geokimyo, foydali qazilmalar Geologiyasidan iborat. Geologiya tabiiy geografiya, geofizika („qattiq“ Yer fizikasi), kristallografiya, paleontologiya va boshqa fanlar bilan yaqindan bogʻliq. Amaliy ahamiyatga ega boʻlganlari: gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, geokriologiya va boshqa Shuningdek, boshqa tabiiy fanlar bilan tutashgan joyida tarkib topgan yangi yoʻnalishlar — petrokimyo, petrofizika, tektonofizika va boshqa G.ning alohida tarmoqlarini tashkil etadi. Geologiyada 3 asosiy yoʻnalish mavjud: tavsifiy Geologiya — minerallar, togʻ jinslari, ularning tarkibi va yotish shaklini oʻrganadi; dinamik Geologiya— geologik jarayonlar va ular evolkshiyasini tadqiq qiladi; tarixiy Geologiya va geoxronologiya — Yer pusti rivojlanishining izchilligini oʻrganadi. Geologiya Yer yuzasida (yoki oz chuqurlikda) boʻladigan jarayonlarni oʻrganishda tabiiy geogr. fanlari (geomorfologiya, glyatsiologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanshunoslik va boshqalar) yutuqlaridan foydalanadi; chuqurlikdagi jarayonlar, radiologik yoshni aniqlashda, geologik kddiruv va razvedkada geokimyo va geofizika metodlari qoʻllaniladi („qattiq“ Yer fizikasi, seysmologiya bilan birga) 2-savol.Geomorfologiyaning asosiy bolimlari.Geomorfilogiya va geologiya asoslari fanlarining maqsadi va vazifalari,obyekti va predmeti.Javob; Geomorfologiya: Yerning ustki qismidagi rel‘ef shakllarini, ularning paydo bo‘lishini. joylashishini, tarqalish va taqsimlanish sharoitlarini, fizik xossalarini va ximiyaviy tarkibini, xamda Yer usti suvlari bilanaloqasini o‘rganadi. Geomorfologiya umumiy tabiiy geografiyaning o‘zviy qismi bo‘lib, geografik muhitning bir bo‘lagi hisoblangan yer yuzasi va Dunyo okeanining rel‘efi, uning taraqqiyoti va kelib chiqishini o‘rganuvchi fandir. Rel‘ef tabiatni boshqa komponentlariga: geologik tuzilishi, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, tuproq o‘simlik hayvonot dunyosi va kishilik jamiyatining xo‘jalik faoliyati bilan uzluksiz bog‘likdir. Litosferaning ustki qismi notekisliklarga boy. Ayrim ko‘tarilishlar (8848) va cho‘kishlar (okean cho‘kmalari) orasidagi balandliklar farqi 20 km ga boradi. Materiklarda balandligiga qarab pasttekisliklar, tekislik baland ko‘tarilgan, lekin tekis bo‘lgan plato, kuchli bo‘laklangan tog‘li o‘lkalarni ko‘rish mumkin. O‘z navbatida okeanlarda ham shunday rel‘ef shakllari uchraydi. Ularning kelib chiqishiga ichki endogen yoki neotektonik jarayonlar sababchidir. Yirik notekisliklar ustida kichik notekisliklar bor, ularning paydo bo‘lishiga tashqi ekzogen kuchlar, ya‘ni oqar suvlar, harakatchan muzlar, shamol, qirg‘oqlarga dengiz va ko‘l suvining urilib turishi, nurash va boshqa jarayonlar sababchidir. Kelib chiqish taraqqiyoti va tarqalish qonuniyatlari bir xil bo‘lgan shakllar yig‘indisiga rel‘ef xillari (tiplari) deyiladi. Rel‘ef xillari ishlab chiqarilgan, ya‘ni jinslarni ko‘chirilishidan hosil bo‘lgan, akkumulyativ (jinslarning to‘planishi) va birlamchi-tektonik holatda bo‘ladi. Bulardan uchinchisi yer yuzasida kamdan kam uchraydi, chunki ekzogen kuchlar ularni tezda o‘zgartirib yuboradi. Akkumulyativ rel‘ef xillari orasida suv, muzlik, shamol, vulqonik shakllarni ajratish mumkin. Katta-kichikligiga qarab megarel‘ef, mezorel‘ef va mikrorel‘ef xillari ajratiladi. Geomorfologik tekshirishlar vaqtida faqat rel‘ef masshtabi, uning shakli va geografik tarqalishigagina emas, balki kelib chiqishiga va hozirgi tabiiy sharoitiga moslashgan holdagi tarqqiyotiga ham diqqat qilish zarur. Bu nuqtai nazardan relikt (o‘tmishdan qolgan) shakllarni o‘rganish, rel‘ef ko‘tarilish yoki pasayish holatida ekanligin aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Gemorfologiya boshqa fanlar: biologiya, giotektonika, gidrologiya, gidrogeologiya, iqlimshunoslik, kimyo, fizika va boshqa bir qator fanlar bilan bog‘liqdirGeomorfologiyaning o‘zini ham mustaqil tekshirish usullariga ega bo‘lgan bo‘laklarga: umumiy, regional, planetalar, struktura, dinamik, iqlim, paleo va amaliy geomorfologiyaga bo‘linadi. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar qatoriga morfologik, morfometrik, morfofattsial, morfogeologiya, morfoneotektonik, morfodinamik, morfogeografik, paleogeo-morfologik, dala ekspiditsiyasi, stattsionar, labaratoriya va tajriba o‘tkazish usullari kiradi 3-savol.Yer taraqqiyot bosqichlari:Tokembriy va Farenazoy bosqichlari.Javob;. Yer taraqqiyoti bosqichlari eonlarga, eralarga va davrlarga bo’lib o’rganiladi. Tokembriy bosqichi kriptozoy eonidan boshlanadi va u eng qadimgi geologik eon bo’lib, arxey va proterozoy eralarini o’z ichiga oladi. Kriptozoy 2,7 mlrd yilgacha davom etgan. Yer va Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar bundan 4,6 mlrd. yil ilgari paydo bo’lgan. Mazkur bosqichda Yerning geologik tarixida va uning tabiatini rivojlanishida tog’ hosil bo’lish bosqichlari, dengiz transgressiyalari va regressiyalari hamda iqlimni o’zgarishi katta rol o’ynagan. Tekombriy davrida materiklar va okeanlarni vujudga kelish masalalari muhim o’rin tutadi.Okean yer po’stining birlamchiligi gipotezasi tarafdorlarining fikricha, Yerning geologik rivojlanishining dastlabki bosqichlarida okean yer po’sti yoppasiga Yer yuzasini qoplagan va magmatik jinslardan tashkil topgan. Magmatik jinslar o’zgarishi oqibatida «bazalt» qatlami vujudga kelgan. Atmosfera va gidrosfera vujudga kelgandan so’ng yotqiziqlarni hosil bo’lishi va ularni metomorfizm ta’sirida o’zgarishi natijasida bo’lajak platformalarning asoslari paydo bo’ldi. Okean yer po’stining materik yer po’stiga aylanishi geosinklinallarda sodir bo’la boshladi. Geosinklinallar cho’kindi va vulkanogen jinslar bilan to’la boshladi, mazkur yotqiziqlar bosim va harorat ta’sirida o’zgara boshlagan va tektonik harakatlar ta’sirida burmali tog’larni hosil qilib ko’tarilgan. Ushbu jarayonlar oqibatida proterozoy erasining oxirida qadimgi platformalar vujudga kelgan. Fanerozoyda esa ular kengaya boshlagan. Quruqlik yer po’stining birlamchiligi gipotezasi tarafdorlarining fikricha Yer yuzasini dastlab materik yer po’sti yoppasiga qoplagan. Mantiyaning erigan moddalari yoriqlar orqali yer po’stiga kirgan, natijada yer po’sti jinslari metomorfiklashib (o’zgarib), og’irlik kuchi ta’sirida cho’kkan. Mazkur jarayon okean botiqlarini vujudga kelishiga olib kelgan. Okean botiqlarini hosil bo’lish jarayoni yer po’stini «okeanlashishi» deb ataladi. Oxirgi davrlarda materiklar va okeanlar botiqlarining vujudga kelishini litosfera plitalari tektonikasi gipotezasi orqali tushuntirilmoqda. Mazkur gipotezaga asosan yer yuzasida ilgari bitta «Pangeya» quruqligi bo’lgan. Tektonik harakatlar tufayli mazkur quruqlik palaxsalarga, ya’ni litosfera plitalariga bo’linib ketadi. Mazkur plitalar mantiya ustida turli yo’nalishda harakat qilishi tufayli materik va okeanlarning hozirgi qayofasi shakllangan. 4-savol.Yer postining taraqqiyot haqidagi gipotezalar.Javib; Yerning tashqi qattiq qobigʻi, geosferalardan biri, litosferaning yuqori qismi. Ye. p.ning pastki chegarasi boʻylama va koʻndalang seysmik toʻlqinlar tezligi birdaniga oʻzgaradigan (6,7—7,6 km/sek dan 7,9— 8,2 km/sek gacha) yuza — Moxorovichich yuzasi)dj oʻtadi. Shu yuza bilan Ye.p. mantiyadan ajraladi. Ye. p.ning kuruklik va okeandagi turlari farq qilinadi. Quruqlikda Ye. p.ning qalinligi tekisliklarda 35–40 km, togʻliklarda 50– 75 km gacha. Okean osti Ye. p.niki 5–10 km. Quruqlikda Ye. p. uch qatlam: yuqoridagi choʻkindi (qalinligi 15–20 km gacha), oʻrtadagi shartli ravishda "granit" (10–20 km), pastdagi "bazalt" (oʻrtacha 15–20 km)dan tashkil topgan. Okean osti Ye. p.da "granit" qatlami yoʻq, choʻkindi qatlami ham yupqa. Qu-ruqlikda Ye. p.ning yuqori qatlami choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan boʻlib, koʻpincha burmalangan, uzilmalar bilan uzilgan va surilgan. "Granit" qatlam granit va gneyslardan, "bazalt" esa bazalt, gabbro va kuchli metamorfizmga uchragan jinslardan iborat. Okean osti Ye.p. 3 qatlamdan: birinchisi zichlanmagan dengiz choʻkindilari (1 km gacha), uning ostidagisi zichlangan choʻkindilar (1–2 km), uchinchisi quyi okean bazalt qatlami (4–8 km) gabbrodan tashkil topgan, degan taxminlar bor. Okeandan quruklikka oʻtadigan joyda oraliq (subkontinental yoki subʼokean) Ye. p. (8–25 km) joylashgan. Ye. p.da muntazam tektonik harakatlar boʻlib turadi. Shunga binoan Ye. p. Harakatchan (burmalangan mintaqalar) va nisbatan tinchigan oblastlar — platformalarga boʻlingan. Ye. p.ning yoshi 3,5—4,5 mlrd. yilga teng . Ye. p.ning rivojlanishi Yer qaʼridagi fizik-kimyoviy jarayonlarga bogʻliq boʻlsa kerak deb faraz qilinadi. Ye. p. izostaziya (muvozanat) holatiga yaqin: yaʼni Ye. p.ning qandaydir uchastkasi ogirroq yoki qalinroq, zichroq boʻlsa, u substratga chuqurroq choʻkkan boʻladi. Tektonik kuchlar Ye. p.ning izostaziya holatini buzib yuboradi, ammo tektonik kuchlar susayganda Ye. p. yana kaytadan muvozanat holiga qaytadi. Ye.p.ning geologik tuzilishini oʻrganish foydali qazilmalarni qidirishda muhim rol oʻynaydi 5-savol;Nisbiy va mutloq yosh geoxronologik jadval;Javob; Yer qatlamlarining nisbiy va mo‘tloq yoshini aniqlash (geoxronologiya) mavjud.Nisbiy geoxronologiya yer po‘stining tarkibidagi tog‘ jinslari qatlamlarini tik kesimda bir-biriga nisbatan joylashish tartibini solishtirib, ularning nisbiy yoshini aniqlaydi. Tog‘ jinslari nisbiy yoshini aniqlashda qo‘llaniladigan usullar ko‘p. Ulardan biri stratigrafik (lotincha "stratum" - qatlam) usul dengiz yoki kontinental sharoitda xosil bo‘lgan Cho‘kindi tog‘ jinslarining qatlamlarini navbatmanavbat qatlamlanishini o‘rganishga asoslangan. masalan, daryo yoki dengizlarning tik qirqilib tushgan jar yoqasida oxaktosh qatlami ustiga gill joylashgan bo‘lsa, oxaktosh qatlami gill qatlamiga nisbatan avval xosil bo‘lgan bo‘ladi. Unchalik katta bo‘lmagan joydagi u yoki bu geologik kesimdagi tog‘ jinslarining nisbiy yoshlari stratigrafik usul asosida aniqlanadi. otqindi tog‘ jinslarining nisbiy yoshini stratigrafik usul asosida aniqlanadi. Geologik yil xisobining yana bir usuli bor. U shundan iborati, yer tarixini organik dunyoning taraqqiyotiga qarab bo‘ladilar. Organik qoldiklarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, qazilma xolida uchraydigan formalar asta-sekin bir-birlari bilan almashib turgan, shu bilan birga organizmlar progressiv taraqqiyot yo‘lida muayyan jarayonidan o‘tgan. Eng qadimgi qatlamlarda yuqori tipdagi xayvonlar (umurtqalilar) va o‘simliklarning (yashirin jinslilar va gullilar) vakillari bo‘lmagan xolda, juda sodda organizmlarni uchratamiz. Organizmlarning formalari asta-sekin mukammallashib borgan va yangilari bilan almashinib turgan. Shunday qilib, bu formalarning ma‘lum almashinishini va demak, ularga muvofiq keladigan yer tarixi bo‘laklarini ham aniqlash imkoniyati tug‘iladi. Mutloq yilnoma. Mutloq geoxronologiya deganda Yer po‘sti jinslarining va geologik voqealarning tarixiy tartibini, ya‘ni vaqt birligi bilan aniqlashni tushunamiz. 6-savol.Yerning ichki tuzilishi va geosferalari;Javob; Yer bir nechta kontsentrik qobiqlardan iborat. Bu qobiqlar yig‘indisi Geosfera deb ataladi. - Sfera - qadimgi grek so‘zi bo‘lib shar yuzasidagi qatlam demakdir. Geosfera quyidagi sferalardan (qatlamlardan) iborat. - Atmosfera; - Gidrosfera; - Biosfera; - Litosfera; - Mantiya; - Yadro. Bo‘lardan Atmosfera, gidrosfera va biosferalar bir biri bilan o‘zviy bog‘liq va doimo xarakatdadir. Geosferali tuzilma darajasi, Geosfera deb, asosan ma‘lum bir geotarkibdan tuzilgan Yerning aniq bir qismlariga aytiladi. Geosferalar (geoqobiqlar) konsentrik bir-birini ichiga kirgan qatlamlarni tashkil qiladi. Geosferalar litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat . Litosfera zichligi yuqori bo‘lgan va qattiq moddalardan iborat tog‘ jinslaridan tuzilgan. Gidrofera esa suyuq moddalardan, ua‘ni suvdan iborat, atmosfera gazsimon moddalardan iborat. Biosfera esa tirik moddalardan tashkil topgan. Litosfera, gidrosfera va atmosfera to‘xtovsiz, yaxlit qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik mavjudodlar tarqalgan qobiq sifatida yaxlit qobiqni hosil qilmaydi, u boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yuqorida aytilgan qobiqlarning tutashgan joyida yupqa qatlamnihosil qiladi. Mazkur geoqobiqlar orasida yaxlit qatlam hosil qiladigan asosiy qobiqlar va yaxlit qatlam hosil qilmaydigan ikkinchi darajali qobiqlar ajratiladi. Yerning ichki tuzilishida uning tashqi «tosh» qobig‘i-er po‘sti alohida o‘rinni egallaydi. Chunki yerdagi barcha tirik organizmlarning faoliyati, turli jarayonlar, xilma-xil foydali qazilma konlari aynan shu qobiqda majasamlashgan. O‘z navbatida yer po‘sti ham uchta bir-biridan tarkibi jihatidan keskin farq qiladigan quyidan yuqoriga qarab bazal‘t, granit va Cho‘kindi jinslari qatlamlaridan iboratdir. Yer po‘stining qalinligi ham bir xilda emas. Tog‘li o‘lkalarda 60-70 km, tekisliklarda 35-45 km, okean ostida 5-10 km. Bu qatlamlarda seysmik to‘lqinlarning tarqalishi tezliklari va tog‘ jinslari zichliklari turlichadir. Bizning tasavvurimizdagi hozirgi vaqtda ko‘z oldimizdagi yer qiyofasiining shakllanishida zamonaviy tektonik harakatlar alohida ahamiyatga ega 7-savol.Tog jinslari togrisida tushuncha.Tog jinslarining turlari,genezisi,tarkibi,strukturasi va boshqa xususiyatlari.Javob; Togʻ jinslari - Yer poʻstini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiiy mineral agregatlar. "Togʻ jinslari" termini hozirgi maʼnoda 1798-yildan beri ishlatilib kelinadi. Odatda Togʻ jinslari deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Togʻ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Togʻ jinslaridagi minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga boʻlinadi: magmatik (otqindi), choʻkindi va metamorfik jinslar (qarang Magmatik togʻ jinslari, Metamorfik togʻ jinslari, Choʻkindi togʻ jinslari). Yer poʻstining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% choʻkindi togʻ jinslaridan iborat, ammo Yer yuzasining 75% maydonini choʻkindi togʻ jinslari egallaydi. Togʻ jinslarining kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topgan. Asosan, silikatli minerallardan iborat magmatik Togʻ jinslarining kimyoviy tarkibida kremniy kislota koʻp boʻladi. Tarkibidagi SiO2 miqdoriga qarab magmatik Togʻ jinslari nordon (65% dan ortiq), oʻta (55—65%) va asosli (50% dan oz) jinslarga boʻlinadi. Bundan tashqari, tarkibida SiO2 juda koʻp boʻlgan (75% dan ortiq) oʻta nordon va juda kam (40% dan kam), lekin, magniy oksidiga boy — oʻta asosli jinslar buladi. Ishqorli metallarga boy jinslar ishqorli jinslar deyiladi. Choʻkindi Togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi magmatik jinslarnikidan differensiyalanganligi, jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibining turlicha boʻlishi, suv, karbonat kislota, organik uglerodning koʻp miqdorda boʻlishi bilan farqlanadi. Metamorfik Togʻ jinslari tarkibiga koʻra, choʻkindi (tub jins) jinslarga yeki magmatik jinslarga yaqin turadi, qayta kristallanish va metasomat jarayonida koʻpgina rudali elementlar jamlanib rudali konlar hosil qiladi. Togʻ jinslari zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiklik, elektr va magnit xususiyatlariga ega. Togʻ jinslarining xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Togʻ jinslari xossalarini aniklaydigan muhim parametrlardir. Gʻovakchalar qisman suyuqlik bilan toʻlgan boʻlishi mumkin, shuning uchun Togʻ jinslarining xossalari kattik., gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy miqdoriga ham bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Togʻ jinslarini neft va suv kollektori sifatida baqolashda, hamda ularning buloqqa, burgʻi qudugʻi va boshqalarga oqib kelish tezligini aniklashda muhimdir. Togʻ jinslarining namlik va gaz sigʻimi, suv va gaz oʻtkazuvchanligi ham ularning gʻovakliligi bilan aniqlanadi. Magmatik Togʻ jinslarida gazli boʻshliklar miqdori 60— 80% ga yetadi (mas., pemza va pemza tuflari). Choʻkindi Togʻ jinslarida choʻkindi hosil boʻlish jarayonida gʻovakchalar vujudga kelib, sementlanish vaqtida berkilishi yoki saklanib qolishi mumkin. Metamorfik Togʻ jinslarida gʻovakchalar kam buladi, faqat yoriklar (darzliklar) boʻlib, ular jinslar soviyotganda paydo boʻladi. Togʻ jinslarining zichligi ularning gʻovakligi va mineral tarkibi bilan bogʻliq. Rudali minerallar yuqori zichlikka ega (mas., piritda — 5000 kg/m3 gacha, galenitda 7570 kg/m3gacha); choʻkindi togʻ jinslari minerallarining zichligi kam (mas., tosh tuzining zichligi 2,2 g/ sm3). Togʻ jinslarining issiklik sigʻimi, xajmning issiklikdan kengayish koeffitsenti va boshqa birinchi galda ularning mineral tarkibi bilan aniklanadi. Togʻ jinslarining mustahkamlik, taranglik xususiyatlari issiklik va elektr utkazuvchanligi, asosan, jinslarning tuzilishi va ayniqsa donachalarning uzaro boglanish kuchiga bogʻliq. Fizik xossalari katlam tekisliklari yoʻnalishida bir xil boʻlsa, koʻndalang yoʻnalish boʻylab boshqacha boʻladi. Togʻ jinslarining choʻzilishga chidash darajasi, issiklik oʻtkazuvchanlik, elektr oʻtkazuvchanlik, dielektrik va magnit oʻtkazuvchanlik xususiyatlari qatlam yoʻnalishi boʻylab, siqilishga chidash darajasi esa koʻndalang yoʻnalish boʻylab koʻproq boʻladi. Mayda donador Togʻ jinslarida mustahkamlik yuqori boʻlsa, yirik donador Togʻ jinslarida past boʻladi. Siqilishga chidash darajasi ayniqsa, tolasimon tuzilgan mayda donador jinslarda yuksak (mas., nefritda 500 Mn/m2). Koʻpgina choʻkindi jinslarda (tosh tuzi, gips va boshqalar)da sikilishga chidash darajasi past. Togʻ jinslari, odatda, issiklikni yomon oʻtkazadi, gʻovaklik ortishi bilan ularning issiklik utkazuvchanligi yanada susayadi. Tarkibida yarim oʻtkazgichlar (grafit, temir va polimetall rudalari va boshqalar) boʻlgan jinslarda issiklik oʻtkazuvchanlik xususiyati koʻp boʻladi. Togʻ jinslarining kupi dielektrik va yarim oʻtkazgichlarga kiradi. Ularning magnitlanish xossalari, birinchi galda, ular tarkibidagi ferromagnit minerallar (magnetit, titanmagnetit, pirrotin)ga bogʻliq. Togʻ jinslarining xossalari mexanik (bosim), issiklik (tra), elektr, magnit, radiatsion (kuchlanish) va moddiy (suyuklik, gaz va boshqalarga toʻyinganligi) maydonlarning taʼsiriga bogʻliq. Bosim taʼsirida jinslar zichlashadi, gʻovaklar eziladi, donachalarning kontakt maydoni kengayadi, shu tariqa Togʻ jinslarining xossalari oʻzgaradi. Odatda, bosim ortishi bilan elektr va issiklik oʻtkazuvchanlik, mustahkamlik va boshqa oshib boradi. Issiklik ayrim minerallarning erib zichlashishi, parchalanishi, buglanishiga olib keladi, natijada Togʻ jinslari xossalari oʻzgaradi. Elektromagnit maydonlarning kuchlanishi va chastotasi Togʻ jinslarining elektromagnit va radiotulqin xususiyatlariga katta taʼsir kursatadi. Togʻ jinslarifoydali qazilma sifatida uziga xos mustahkamlik, abrazivlik, qattiqlik, parmalanish darajasi, portlashga chidamliligi va boshqa texnologik xususiyatlarga ega. Ularning moddiy tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari geofizika, geol. (jumladan, muxandislik geol.si) va konchilik sanoatida informatsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi. 8-savol.Minerallar va ularning tasnifi.Jvob; Mineral degan termin kadimiy ("menera" ya‘ni rudali tosh, rudaning parchasi) degan so‘zdan kelib chiqqan. Minerallar tabiatda: 1) Qattiq, 2) Suyuq, 3) Gassimon xolatda uchraydi. Minerallarning paydo bo‘lishi, asosan suyuqliklar ichidan mineral moddalarni xosil qiluvchi zarrachalarning ajralib chikishidan boshlanadi. Bu jarayonlarning yuzaga kelishi uchun esa albatta suyuqliklar tarkibidagi mineral moddalar kontsentratsiyasining ko‘payishi, kimyoviy muxit, xarorat va bosim kabi asosiy omillar sababchi bo‘ladi. Magma quyindilarining xarorati pasayishi munosabati tufayli kristallanish jarayoni yuz beradi, natijada magmatik va pegmatik konlarni xosil qiluvchi minerallar paydo bo‘la boshlaydilar. Yer shari asosan minerallardan tashkil topgan. Fizikaviy xossalari va ximiyaviy tarkibi bir xil bo‘lib, ma‘lum bir fizikaviy, ximiyaviy jarayonlar natijasida xosil bo‘lgan modda mineral deb ataladi. Xozirgi vaktda 5 mingtadan ortiq mineral ma‘lum, ammo bularning fakat 20 - 30 tasi tog‘ jinslarni xosil qiluvchi minerallar xisoblanadi. bo‘larning ichida eng ko‘p tarqalgani dala shpati bo‘lib. u Litosferaning 57,9 % ini, kvarts - 12,6 %, slyuda - 3,6 %, temir - magnezial silikatlari (avgit, olivin) 16,8 % (kal‘tsit) - 1,5 %, dolomit 0,1 %, kaolin va boshqa qolgan kam uchraydigan minerallarning xammasi Litosferaning 6,5 % ini tashkil etadi. Tabiatda ko‘p uchraydigan minerallar tog‘ jinslarni xosil qiluvchi minerallar deb ataladi. Minerallar fizik jism sifatida o‘zining rangiga, qattiqligiga, yaltirokligiga, solishtirma og‘irligiga va shu kabi xilma–xil xususiyat-larga egadir. Bu xususiyatlar minerallarning ximiyaviy tarkibi va kristal tuzilishsiga bog‘liq ravishda xar xil minerallarda xar xildir. Xar qanday mineral o‘ziga xos xususiyat bilan xarakterlanadi va shu xususiyatga qarab uni doimo boshqa minerallardan ajratish mumkin 9-savol.Relyef togrisida umumiy malumot;relief shakllari va elementlari.Javob; Rel‘ef tabiatni boshqa komponentlariga: geologik tuzilishi, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, tuproq o‘simlik hayvonot dunyosi va kishilik jamiyatining xo‘jalik faoliyati bilan uzluksiz bog‘liqdir. Litosferaning ustki qismi notekisliklarga boy. Ayrim ko‘tarilishlar (8848) va cho‘kishlar (okean cho‘kmalari) orasidagi balandliklar farqi 20 km ga boradi. Materiklarda balandligiga qarab pasttekisliklar, tekislik baland ko‘tarilgan, lekin tekis bo‘lgan plato, kuchli bo‘laklangan tog‘li o‘lkalarni ko‘rish mumkin. O‘z navbatida okeanlarda ham shunday rel‘ef shakllari uchraydi. Ularning kelib chiqishiga ichki endogen yoki neotektonik jarayonlar sababchidir. Yirik notekisliklar ustida kichik notekisliklar bor, ularning paydo bo‘lishiga tashqi ekzogen kuchlar, ya‘ni oqar suvlar, harakatchan muzlar, shamol, qirg‘oqlarga dengiz va ko‘l suvining urilib turishi, nurash va boshqa jarayonlar sababchidir. Kelib chiqish taraqqiyoti va tarqalish qonuniyatlari bir xil bo‘lgan shakllar yig‘indisiga rel‘ef xillari (tiplari) deyiladi. Rel‘ef xillari ishlab chiqarilgan, ya‘ni jinslarni ko‘chirilishidan hosil bo‘lgan, akkumulyativ (jinslarning to‘planishi) va birlamchi-tektonik holatda bo‘ladi. Bulardan uchinchisi yer yuzasida kamdan kam uchraydi, chunki ekzogen kuchlar ularni tezda o‘zgartirib yuboradi. Akkumulyativ rel‘ef xillari orasida suv, muzlik, shamol, vulqonik shakllarni ajratish mumkin. Katta-kichikligiga qarab megarel‘ef, mezorel‘ef va mikrorel‘ef xillari ajratiladi. Geomorfologik tekshirishlar vaqtida faqat rel‘ef masshtabi, uning shakli va geografik tarqalishigagina emas, balki kelib chiqishiga va hozirgi tabiiy sharoitiga moslashgan holdagi tarqqiyotiga ham diqqat qilish zarur. Bu nuqtai nazardan relikt (o‘tmishdan qolgan) shakllarni o‘rganish, rel‘ef ko‘tarilish yoki pasayish holatida ekanligin aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Qattiq yer po‘stidagi past-balandliklar yig‘indisi rel‘ef (frantsuzcha-do‘nglik, chuqur, joy) deb ataladi. Rel‘ef tarkibiy qismlarning yoki shakllarning, ya‘ni turli yo‘l bilan paydo bo‘lgan va turli harakterdagi botiqlar hamda balandliklarning kataligiga qarab to‘rt sinfga bo‘linadi A) materiklarning katta-kichikligiga va okean chuqurliklarining o‘z ichiga oluvchi planetar rel‘ef yoki megarel‘ef: B) quruqlikning yirik rel‘ef shakllari tog‘li o‘lkalar va katta-katta tekisliklardan iborat materik mikro rel‘ef. V) O‘rtacha kattalikdagi shakllar: tekisliklar, tepalar, daryo vodiylardan da esa tog‘ vodiylari va tog‘ tizimlaridan iborat mikrorel‘ef joyda tarqalgan kichik past balandliklardan iborat mikrorel‘ef (kichik soylar, o‘yiqlar, do‘nglar va boshqalar). 10-savol.Relyef genezisi.Relyef hosil qiluvchi omillar.Relyefning Yoshi.Javob; Relyef genezisi (kelib chiqishi)ni aniqlash geomorfologiya fanining asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Relyefning kelib chiqishi va shakllanishida Yerning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) jarayonlari va ularning bir-biriga ta’siri asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun relyefni kelib chiqishi jihatidan ikkita yirik guruhga: endogen va ekzogenlarga bo‘lish kerak. Endogen relyef shakllariga - quruqlik, tog* lar, tekisliklar, cho‘kmalar, botiqlar, okean va dengizlardagi suv osti tizmalari va boshqalar kiradi. Tog‘lar, o‘z navbatida, tektonik, vulkanli, denudatsion tog‘larga bo‘linadi. Shuningdek, tektonik tog‘lar gumbazsimon-palaxsa Mikro masshtabli Mezo masShtabli Mukro masshtabli tipidagi qayta ko‘tarilgan, gumbazsimon burmali tipidagi yosh togiar va boshqalarga, platforma tipidagi tekisliklar va boshqalarga ajratiladi. Ekzogen relyef shakllari kelib chiqishiga ko‘ra, relyef hosil qiluvchi kuchlarga (erozion, denudatsion, flyuvial, glyatsial, eol, karst, suffozion, gravitatsion va boshqalar) bog‘liq holda xilma-xildir. Masalan, tekisliklarda doimiy oquvchi daryolar hosil qilgan allyuvial, allyuvial-delta, allyuvial-prolyuvial, dengiz va ко‘ liar chekinishi, qurishi natijasida bunyod bo‘lgan dengiz va ko‘l, abrazion-akkumulyativ, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan proluvial, eol jarayonlar faoliyatidan kelib chiqqan eol-akkumulyativ, glyatsial jarayonlar ishi natijasida hosil boMgan Morena va zandra pasttekislik va tekisliklari, karst va suffozion jarayonlar ishi natijasida g‘orlar, botiqlar, gravitatsion kuchlar natijasida hosil boMgan delyuvial tekisliklar, surilmalar, qurumlar kiradi. Relyef yoshi. Relyefning nisbiy va mutlaq yoshini farqlash lozim. Relyefning nisbiy yoshi deganda, relyef rivojlanishidagi maMum bosqichini tushunish kerak. Shuning uchun M.Deyvis ajratgan relief rivojlanishini bolalik, yoshlik, navqiron yoshlik va qarilik bosqichlari relyefni nisbiy yotqiziqlarning yoshiga qarab ham, nurash mahsulotiga qarab ham nisbiy yoshi aniqlanishi mumkin. Relyefning mutlaq yoshi deganda, tekshirilayotgan shaklning dastlab, paydo boMgan davridan hozirgi paytgacha oMgan geologic vaqtini tushunmoq lozim. Masalan, materiklaming yoshi taxminan 200 mln. yil. Chunki shu paytdan yagona Pangeya materigi parchlana boshlagan. 0 ‘rta Osiyo oMkasi relyefining yoshi 25 mln. yil negaki, paleogen davrining Tetis dengizi shu paytdan boshlab bu yerlarni tark eta boshlagan. Tog‘ jinsi qatlamlari orasida toshqotgan organism qoldiqlarini, radiouglerod, kaliy-argonli, ftorli, uranli, uslublar yordamida tog‘ jinsi va relyefning mutlaq yoshi aniqlanmoqda. 11-savol.Yer yuzi relyefining tabaqalanishi.Javob; Yer po‘sti va Yer yuzasida doimo modda va energiya almashinuvi bo‘lib turadi. Yer radiusiga modda va energiya almashinuvi geografik qobiq doirasida vertikal, gorizontal va ma’lum qiyaliklarni hosil qilib yo‘naladi. Geografik qobiqdagi modda energiya almashinuvi endogen va ekzogen jarayonlar tufayli o‘ta murakkab shakllarda sodir boiadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, endogen jarayonlarni harakatga keltiruvchi manba Yeming ichki energiyasi bo‘lsa, ekzogen jarayonlarning manbasi Quyosh energiyasidair. Relyef rivojlanishining asosiy qonuniyatlari modda va energiyani muayyan zamon va makonda tashuvchi endogen va ekzogen kuchlarning o ‘zaro mutanosib yoki nomutanosiblik darajasiga bog‘liq.Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, relyef rivojlanishini oson tasavvur etish uchun endogen kuchlarni “ T” (tektonika - bunyod etuvchi ma’nosini anglatadi) harfi bilan ekzogen kuchlarni “D” (denudatsiya -yalong‘ochlash, yemirish ma’nosida) harfi bilan belgilaymiz. Buning uchun bir nechta holatni ko‘rib o‘tamiz: 1. Agar biz tekshirayotgan relyef shakli, masalan, tekislikni taqilish natijasida T>D ekanligi ma’lum boisa, u holda tekislik quyidagi yo‘nalishda rivojlanib boradi: tekislik—>baland tekislik —► adir —» past tog1 —> o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar —> baland tog‘ lar — eng baland tog‘larga aylandi. 2. Agar tadqiqot ishlarining natijasi T=D ekanligini qayd etsa, u holda biz o‘rganayotgan relyef shakli geologik vaqt davomida deyarli bir me’yorda rivojlanadi. 3. Agar tadqiqot ishlarining tahlili T 12-savol.endogen jarayonlar va ularning turlari.Endogen jarayonlarni vujudga keltiruvchi manba.Endogen jarayonlar tavsifi.Javob; “Endogen” atamasi yunoncha endos - ichki, ichida, ichkarida; gen- tug‘ ilish so‘zlari yg‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, Yer qa’rida Yer ichki kuchlarining ta’sir etishidan yuzaga keladigan geologic jarayonlardir. Yerdagi bo‘ ladigan jarayon vulkan otilishi, zilzila, tog‘ hosil bo ‘lishi, Yer po 'stining cho ‘kishi va ko ‘tarilishi, metamorfizm, gidrotermal jarayonlar bilan bog'liq harakatlar endogen jarayon deb ataladi. Yerdagi behisob energiya ta’siridan jinslarning yotish holati va tarkibi o‘zgaradi, burmali tog‘lar, vulkan harakatlaridan vulkan togMari va orollari hosil bo‘ladi. Yer po‘stining chuqur qismlarida va yuqori mantiyada to‘plangan energiya qatlamtaming burmalanishiga, yoriqlar va uzilmalar hosil bo‘lishiga, qatlamlarni yoriqlar bo‘ylab turli yo‘nalishlarda siljishiga, zilzilalar vujudga kelishiga va boshqalarga olib keladi. Magmaning cho‘kindi yotqiziqlar ichiga joylashishi va ular bilan reaksiyaga kirishishi, flyuidlaming yoriqlar bo‘ylab yuqoriga ko‘tariiishi va boshqa omillar ta’sirida turli foydali qazilma konlari hosil bo‘ladi. Endogen jarayonlarning rivojlanishi ayrim hollarda ekzogen jarayonlar ta’sirida vujudga keladi. K o‘pgina geologik hodisalar, foydali qazilmalaming tarkib topishi (masalan, nefit, toshko‘mir va boshqalar) va strukturalarning shakllanishi ekzogen va endogen geologic jarayonlarning bir-biriga bo‘lgan aloqasiga bog‘liqdir. Materiklar, dengiz va okeanlar tubidagi yirik relyef shakllarining (planetar relyef shakllari, megashakllar, makroshakllar) kelib chiqishi va shakllanishida endogen jarayonlar asosiy omil hisoblanadi. 14-savol.Burmali,uzilmali,epeyrogenetik harakatlar.Ularning relyef hosil bolishidagi roli.Javob; Burmali tektonik harakatlar hosil qilgan tektonik strukturalarga mos ravishda relyef shakllari tarkib topadi. Masalan, tektonik strukturalaming antiklinallariga burmali tog'lar, sinklinallarga esa botiqlar to'g'ri keladi. Uzilmali tektonik harakatlar hosil qilgan tektonik strukturalardan gorst, graben, pog'ona, zinasimon pog'ona kabilar relyefning palaxsali tog‘ lariga, qir-adirlarga, cho‘kmalarga, zinasimon tog' yonbag'irlarining kelib chiqishiga sababchi bo'lgan. Masalan, ular Sibirdagi Baykal ko'li, Tyanshan tog'laridagi Issiqko‘1, Chirchiq daryosining yuqori oqimi grabenlarida joy lashgan. Tebranmali yoki epeyrogenik tektonik harakatlar ham materiklardagi platforma, plita hamda geosinklinal mintaqalarda sodir bo‘ladi. Epeyrogenez atamasi 1890-yilda amerikalik geolog GJilbert tomonidan kiritilib, u orogenez atamasiga qarama-qarshi qo'yilgan. Uchala tektonik harakatning bir-biridan farqi yana shundaki, burmali va uzilmali tektonik harakatlar shiddatli, o‘ta faol harakatlansa, tebranmali tektonik harakatlar asta-sekinlik bilan harakatlanadi, ular ko'pincha katta maydonlardagi tektonik strukturalami keltirib chiqaradi. 13-savol.Tektonik harakatlar.Tektonik harakatlarning turlari. Tektonik harakatlar (yun. tektonikos - qurilishga oid) endogen jarayonlar ichida eng qudratlisidir. Shuning uchun tektonik harakatlaming turi, shiddatli kechishi, yo‘nalishi yirik relyef shakllarining rivojlanishini oldindan aniqlab beradi. Tektonik harakatlar - Yer qa’rida sodir bo‘lgan jarayonlar natijasida vujudga kelgan Yer po‘sti harakatlari. Tektonik harakatlar Yer po‘sti va asosan, Yer mantiyasidagi kuchlar ta’sirida sodir boTib, Yer po‘ stini tashkil etgan jinslarni deformatsiyaga olib keladi. Tektonik harakatlar, odatda, deformatsiyaga uchragan tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibi, fazaviy holati (mineral tarkibi) va ichki strukturasining o‘zgarishi bilan bogliq Tektonik harakatlar tektonosferada yuzaga keladi. Tektonosfera -Yerning shartli ichki qobig‘i bo‘lib, Yer po'sti va yuqori mantiyani o‘z ichiga oladi. Tektonosfera tektonik va magmatik jarayonlar hosil boladigan asosiy oblastdir. Tektonosfera o‘zidagi tog‘ jinslarining tarkibi va fizik xususiyatlarining vertikal va gorizontal har xilligi bilan farqlanadi. Tektonik harakatlar bir vaqtning o‘zida juda katta maydonni o‘z ichiga oladi. Geodezik olchashlarning ko'rsatishicha, butun Yer yuzasi uzluksiz harakatda bo‘ladi, lekin tektonik harakatlar tezligi katta emas: yiliga 0,01 mm dan 0,1 mm gacha yetadi. Bu harakatlar juda uzoq geologik vaqt (o ‘nlab-yuzlab mln. yil) davom etib, to‘planishi natijasida Yer po‘stining ayrim qismlarida yirik siljishlar ro‘y beradi. Tektonik haraktlar (burmalanishlar) Yer sharining deyarli hamma era va davrlarida sodir boigan. Yer tarixida eng qadimgi tektonik harakatlar uning proterozoy erasida (kembriygacha, baykal burmalanishlari) boTib o‘tgan. Paleozoy erasida kaledon, gersin burmalanishlari, mezozoy erasida kimmeriy bumialanishi, kaynozoy erasida esa alp burmalanishi sodir bo‘lgan. Proterozoy va paleozoy eralarida sodir bo'Jgan tektonik harakatlar natijasida materiklar va ularning asosiy relyef shakllari (planetar, megashakllar) bunyod bo‘lgan. Biroq proterozoy, paleozoy eralaridagi tektonir harakatlar natijasida hosil bo‘lgan relyef shakllari (planetar shakllardan tashqari) tektonik harakatlaming juda susayishi oqibatida va denudatsion jarayonlarning ishi natijasida hozirgi davrda saqlanib qolmagan. Musbat megashakllar (tog‘ lar) o‘mida tekisliklar hosil bo‘ lgan. Manfiy megashakllarda tektonik cho‘kish jarayonlari sodir bo‘lib, kelib chiqqan musbat megashakllar keyin to‘planib, yosh tog‘ jinslari bilan ko‘milib ketgan. Hozirgi davrdagi Yer yuzasida mavjud relyef shakllarining kelib chiqishida Yer tarixining neogen-tortlamchi davrida sodir bo‘layotgan yangi tektonik harakatlar asosiy rol o‘ynaydi. Bunday harakatlar hozirgi kunlarda ham davom etmoqda. Buni materiklar, dengiz va okeanlarning turli qismlarida bo‘layotgan har xil kuchdagi zilzilalar isbotlaydi. qlarining hosil bo'lishida yaqqol namoyon bo'ladi.Tektonik harakatlar uch turga bo‘linadi: burmali, uzilmali va tebranmali (epeyrogenik) tektonik harakatlar. 15-savol.Magmatizim jarayoni;intruziv va effuziv magmatizim.Javob; Magmatizm — magmaning suyulishi, uning evolyusiyasi, harakati, boshqa qattiq jinslar bilan oʻzaro taʼsiri va qotishini oʻz ichiga olgan jarayonlar majmui. M. Yerning chuqur qismidagi faol harakatlarning eng muhim koʻrinishlaridan biri. Tektonik harakatlar harakterining oʻzgarishi bilan M. tipi ham oʻzgaradi, geologik tarixga va Yer poʻstining u yoki bu strukturasiga bogʻliqligiga qarab geosinklinal, platforma, okeanik va tektonikmagmatik faol koʻrinishlarga boʻlinadi. M.ning qanday chuqurlikda joylashganligi (qotish sharoitlari)ga qarab abissal, gipabissal, subvulkan, yuza joylashgan (vulkanizm) M., tarkibiga qarab oʻta asosli, asosli oʻrtacha, nordon va ishqorli (qarang Magmatik togʻ jinslari) turlari farq qilinadi“Geologiya” fanidan ma’Iumki, magmatizm jarayoni ikki guruhga bo‘linadi: intruziv va effuziv. Yer yuzasi tomon harakatlanayotgan magma Yer po‘stining ma’lum chuqurliklarida sovub qotib qolishi intruziv magmatizmdir. Intruziv magmatizm hosil qilgan relyef shakllari magmaning qotishi paytidagi intruziv jinslar egallagan maydonga va shakliga bog‘liq. Sababi: denudatsiya natijasida ochilib qolgan intruziv jinslar yemirilishiga bardoshli bo‘lganligi uchun ham Yer yuzasida xilma-xil relyef shakllarini barpo qiladi. Bular batolitlar va lakkolitlar deb ataladi. Effuziv magmatizm - magmaning Yer qa’ridan Yer yuzasiga otilib yoki oqib chiqishi bilan bogiiq boigan hodisalar majmui. Vulkan otilishi natijasida harakatga kelgan magma Yer po‘stida qotgach, intruziv jinslami va Yer yuzasiga otilib chiqib, vulkan jinslarini hosil qiladi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, effuziv magmatizm - vulkanizm deb ham ataladi. “Effuziv” atamasi lotincha puflayman degan ma’noni bildiradi. Vulkan lotincha vulcanus so'zidan olingan bo‘lib, qadimda Rim mifologiyasida olov, yong‘in, o'choq xudosi, olov bilan bogiiq boigan kasb-hunarlar homiysi. Vulkanizm jarayonlari Yer po'stining chuqur qismlarida bolganda magma o‘choqlari va kanallari hosil boladi, ularning atrofidagi tog‘, jinslari yuqori harorat va magmaning ta’sir etishidan o'zgaradi. Yer vulkan konuslari, vulkan gumbazlari, kalderalar, lava oqimlari,pemzali qoplamlar, geyzerlar, issiq buloqlar hosil boladi. 16-savol.Magmatizm bilan bogliq relyef shakllari. Magmatizim jarayonini vujudga keltimvchi omil bu - magmadir. Magma (yunoncha magma - quyuq bo‘tqa) - tarkibi, asosan, silikatdan iborat otash-olovli suyuq massa, Yer po‘sti yoki yuqori mantiyada vujudga keladi va soviganda magmatik tog‘ jinslarini hosil qiladi. Ikki xil magma ajratilgan: asosiy (bazaltli) va nordon (granitli). Agar magmaning tarkibida kremniy oksidi (Si02) 55% gacha boisa, asosiy yoki bazaltli magma deb ataladi. U suyuq bo‘lib, Yer yoriqlari va darzlarga osongina joylashadi, lavasi uzoq masofalarga oqib ketadi.Bunda vulkanik platolar, yassitogMiklar hosil boiadi. Agar magmaning tarkibida kremniy oksidining miqdori 78% gacha bo‘lsa, nordon yoki granitli magma deb ataladi. Bunday magmalar quyuq bo‘ladi. Ayniqsa, gaz bugTarini yo‘qotgandan so'ng tezda qotadi. Lava ham tezda qotib vulkanik tog‘lami bunyod etadi. 17-savol.Vulkanlar va u bilan bogliq relyef shakllari. Vulkanizm geosferalaming (litosfera, atmosfera, gidrosfera va relyef shakllari), ayniqsa, geografik qobiqning shakllanishida muhim o‘rin egallaydi.Vulkan - Yer po‘stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugiari va jins boMaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma.Vulkanlar markazida asosiy vulkan kanali joylashgan bo‘lib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma o‘chog‘i) magma va boshqa vulkan jinslari shu kanal orqali koMariladi. Vulkan kanalining yuqori qismi vulkan bo‘g‘zi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb ataladi.Shuni eslatish joizki, vulkan o‘choqlari turlicha chuqurlikda joylashadi. Masalan, ularning chuqurligi, asosan, 5-6 km. dan (masalan,Vezuviy), 50-70 km. gacha (Klyuchi Sopkasi) boladi.Vulkan otilishi qisqa, davriy va uzoq davom etishi, ba’zilari butunlay so‘nib qolishi mumkin. Vulkanlar vaqt davomidagi harakatiga ko‘ra, uch guruhga boMinadi: harakatdagi, uyqudagi va o'chgan vulkanlar. Hozirgi paytda bug‘, lava va gaz chiqarib tursa, yoki tarixiy davrda harakatlanganligi haqida ma’lumot bo'Isa, bunday vulkanlar harakatdagi vulkanlarga kiritiladi. Agar vulkan shaklini olgan barcha geomorfologik va geologik ma’lumotlar harakatlanisliidan darak bersa, lekin tarixiy davrda harakatda bo‘lganligi haqida ma’lumot bo‘lmasa-da,uyqudagi vulkan guruhiga tegishli bo‘ladi. Odatda, bunday vulkanlar xaritalarda ko‘rsatilmaydi. O'chgan vulkanlar guruhiga yemirilib ketgan, harakatlanishi to‘g‘risida birorta geomorfologik yoki geologik belgilari bo‘lmagan vulkanlar tegishli.Geologik va tektonik xaritalarda so‘ngan (o‘chgan) va harakatdagi vulkanlar maxsus shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Tadqiqotchi vulkanologlaming ma’lumotlariga qaraganda, Yer sharida taxminan 800ta harakatdagi vulkanlar bor. Shulardan asosiy qismi Tinch okean “olovli halqa”sida joylashgan. “Olovli halqa” deb atalishiga sabab, bu okeanga tutash quruqliklarda olovli lavani purkab turgan halqasimon tarqalgan vulkanlaming borligidir.Yer yuzasida yana uchta serharakat vulkan mintaqalari mavjud.0‘rta dengiz-Indoneziya, Shimoliy Atlantika, Sharqiy Afrika mintaqalari. Bular shu bilan bir qatorda seysmogen mintaqa ham hisoblanadi.Vulkanlaming ko‘tarilgan kanallari shakliga qarab markaziy vayoriqlardan otiladigan turkumlarga bo‘linadi. Ba’zi adabiyotlarda maydonli turkumi ham ajratiladi.Markaziy turkumdagi vulkanlar keng tarqalgan bo‘Iib, ulardamahsulotlar doimo markaziy kavakdan otilib chiqadi. Ular konus shaklida, yonbag'ri 30-40° li qiyalikka ega bo'ladi. Markaziy vulkan kraterining diametri ko‘pincha 500-2000 m bo‘lib, ba'zan 25-75 km. gacha, chuqurligi esa, bir nechta 100 m gacha boradi. Hozirgi vaqtda Yer sharidagi rivojlangan harakatdagi va so'ngan vulkanlaming ko‘pchiligi markaziy turkumdagi vulkanlar safiga kiradi. 18-savol.Metamorfizm turlari va metamorfizmni vujudga keltiruvchi omillar.Javob; “Metamorflzm” atamasi yunoncha “metamorpho-omai” so‘zidan olingan bo‘lib, tubdan o'zgarmoq, o'zgarishga uchramoq degan ma’noni anglatadi. Metamorfizm endogen jarayonlar safiga kiradi.Metamorfizm jarayoni deb, tog‘ jinslarining teksturasi, strukturasi va mineral tarkibining temperatura, bosim va chuqurlikdagi eritmalarning kimyoviy faolligi ta’sirida o‘zgarishi (qayta kristallanishi, mineralogik va kimyoviy o‘zgarishi) jarayoniga aytiladi. Buning natijasida cho‘kindi va magmatik tog‘ jinslari metamorfik tog‘ jinslariga aylanadi. Metamorfizm jarayoniga uchragan tog‘ jinslari esa, metamorfik tog jinslari deb ataladi.Metamorfizm jarayoniga cho‘kindi, magmatik va metamorfik tog' jisnlari uchrashi mumkin. Geologiyada metamorfizm jarayoniga hali uchramagan jinslar protolitlar deyiladi. Metamorfizm jarayonida tog1 jinslari to‘liq yoki ma’lum darajada (qisman) qayta o‘zgarishga uchraydi. Agar tog‘ jinslarining dastlabki tarkibi va tuzilishini tiklab bo'ladigan relikt (qoldiq)lari saqlanib qolgan bo'lsa, bunday jinslar metamorflashgan jinslar deb ataladi. Agar birlamchi (dastlabki, tarkibi va tuzilishi) mutlaqo yo'qolib ketsa, ya’ni boshqa jinsga aylanib qolsa, bunday tog‘ jinslari metamorfik tog‘ jinslari deyiladi. Metamorfizmni vujudga keltiruvchi omil (kuch)lar. Metamorfizm omillari deganda, dastlabki jinslaming o‘zgarishiga olib keluvchi kuch va jarayonlar tushuniladi. Bularga: temperatura, bosim va chuqurlikdagi kimyoviy fa o l birikma (eritma)lar kiradi.Temperatura - Yer bag‘rida muhitning fizik holatini ifodalovchi parametr. Temperatura tog‘ jinslari (mineral) hosil boMish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi va paydo bo‘ladigan minerallar majmuasini belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tog‘ jinslarining metamorfizm jarayoniga uchrashi 250-1100°C oralig‘ida kuzatilar ekan. Metamorfizm jarayonlarining boshlanishi tog‘ jinslari temperaturasining 250°C dan ortishidan boshlanadi. Aynan shu chegara (temperatura)da kimyoviy reaksiyalar tezligining keskin o‘zgarishi tufayli diagenez23 va metamorfizm o‘rtasidagi chegara o‘tkaziladi.Metamorfizmning yuqori chegarasi tog‘ jinslarining suyuqlana boshlash temperaturasi bilan aniqlanadi. Temperatura ko‘tarilishi bilan tog‘ jinslarining qayta kristallanish faolligi ortadi. Tog‘ jinslari temperaturasining ortishi quyidagi geologik jarayonlar sababli vujudga keladi:tog‘ jinslarining chuqurlikka tushishi; soviyotgan magma;Yer qaridan kelayotgan issiqlik oqimi; tektonik harakatlar vaqtida ishqalanishga bog‘liq issiqlik generatsiyasi va boshqalar. 20-savol.Ekzogen jarayonlar turlari va tasnifi. Ekzogen jarayonlar — energiya hisobiga yer yuzasining us qismida birlamchi hosilalarni oʻzlashtirishda ishtirok etuvchi jarayon, majmuasi. Bularga, asosan, denugsh (nurash, defolyatsiya, korroziya, ab] ziya, ekzoratsiya), materiallar koʻchi (eol, suv oqimi, dengiz, muzlik) hak choʻkindilar paydo boʻlishi jarayonla kiradi. Yer yuzasida Ekzogen jarayonlar paydo boʻlish ning asosiy shakllariga — togʻ ji silarining buzilishi va ular tark topgan minerallarning kimyoviy qa ta hosil boʻlishi (fizik, kimyovi organik nurash), muz, shamol va suv; yordamida buzilib, maydalangan tog jinslarining bir joydan boshqa jo: ga koʻchishi va bu mahsulotlarnsh quruqlikda va suv havzalari tubvd choʻkib, muntazam ravishda choʻkindi tog jinslariga (sedimentogenez, diagene katagenez) aylanishi kiradi. Ekzogen jarayonlar endogen jarayonlar bilan birgalikda Yer rel! yefi shakllanishiga, choʻkindi togʻ jin si qatlamlari va ular bilan bogʻli boʻlgan foydali qazilma konlarin; hosil boʻlishiga sababchi boʻladi. 19-savol.Zilzila jarayoni va uning relyef hosil bolishidagi orni.Javob; Yerning ichki qismidan sirtiga tomon yo‘nalgan kuchlanish ta‘sirida yer po‘stining ayrim joylarida to‘satdan yer silkinishiga zilzila deyiladi. Zilzila - tabiatda sodir bo‘ladigan eng xavfli xodisalarning birdir. Tufonlar, suv bosish, ko‘chkilar singari tabiat xodisalari insoniyatga katta kulfat keltiradi. Lekin ularning orasida eng daxshatlisi zilziladir. Xech bir xodisa zilziladek vayronaga olib kelmaydi va insonlar hayotiga zomin bulmaydi. YUNESKO ma‘lumotiga ko‘ra zilzila keltiradigan iqtisodiy zarar va insonlar orasidagi qurbonlar buyicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o‘rinni egallaydi, Har bir odam zilzila nima ekanligini biladi, ammo u nima sababdan kelib chiqishini bilmaydi. Vulkan otilishi, tog‘larda ko‘chki rivojlanishi, yirik meteoritning yerga urilishi, yadro bombasi portlashi, foydali qazilmalarni qazib olish - bularning barchasi zilzilaga sababchi bo‘lishi mumkin. Ammo bunda litosfera plitalarining xarakati yetakchi ahamiyatga ega. Bunday plitalarning tutashish chegaralarida zilzilalarni keltirib chiqaruvchi tektonik kuchlanish to‘planadi. Plitalar birbiridan uzoqlashishi, tutashish chegaralari bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalishlarda siljishi, bir-birining ustiga surilib chiqishi mumkin. Shu tufayli yer yuzasida turli ko‘rinishdagi relyef shakllanadi. Litosfera plitalarining ba‘zi joylarida zilzila keltirib chiqaruvchi yer yoriqlarining vujudga kelishi yoki muayyan qismining ko‘tarilishi kuzatiladi. Yer silkinishlar odatda katta chuqurliklarda sodir bo‘ladigan endogen geologic jarayonlar hisoblanadi. Aslida yer silkinishlarning sabablarini aniqlash ancha murakkabdir.Fan texnika taraqqiyoti natijasida yer silkinishlarning sabablari aniqdandi.Umuman yer silkinishlar orasida 2 tasini aloxdda o‘rganish maqsadga muvofiqdir:1.Vulkanik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan yer silkinishlar bo‘lib, bunday silkinishlar faqat vulkan atrofi rayonlarida sodir bo‘ladi.Vulkanik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan yer silkinishlar kuchli tektonik yer silkinishlarda kamroq bo‘ladi, garchi vulkanik jarayonlar tektonik kuchlar natijasida bo‘ladi. Masalan, Martiniki orolidagi Mon-Pele vulkanining harakatga oldindan bir necha marta yer silkinish bo‘lgan. 2.Tektonik jarayonlar natijasidagi yer silkinishlar, bunda yer po‘stidagi yoki yuqori mantiyadagi tektonik harakatlar bilan bog‘liq bo‘ladi 21-savol.Nurash,nurash turlariva relyef shakllarini hosil bolishi.Javob: Yer yuzasidagi har qanday jinslar xaroratning yil davomida sutkali tebranib turishi, havo va namning o‘zgarishi hamda ximiyaviy ta‘sir etishi va nihoyat organizmlarning hayot faoliyati natijasida nuraydi. Quyosh, xavo, namlik va organizmlarning ta‘siridan tog‘ jinslarining o‘zgarishi nurash jarayoni deb ataladi.Nurash Mexanik, ximiyaviy va biologik nurashga bo‘linadi. Nurash jarayonlari – tog‘g jinslarining havo, suv,muz haroratining ozgarib turishi, organizmlar ta‘sirida parchalanib uvoqlashishi hamda kimyoviy tarkibining o‗zgarishidir (P.G‗ulomov, 1994). Har qanday tog jinsi Yer yuzasiga chiqib qolsa nurash jarayonlariga uchraydi. Nurash jarayonlari ta‘sirida tog jinslarida sodir bo‗ladigan o‗zgarishlarni A.E.Fersman 1922, 1934-yil gipergenez (hyperh - lotincha ustida, genesis - kelib chiqish) deb atashni taklif qilgan. Nurash jarayonlari natijasida Yer yuzasida nurash po'sti, ya‘ni tog jinslarining havo, suv va organizmlar ta‘sirida o’zgarishidan hosil bo’lgan g’ovak qatlami kelib chiqadi. Bu qatlam tub tog jinslaridan govakligi va kimyoviy tarkibining o‗zgarganligi bilan farq qiladi. Nurash po‗stining qalinligi tabiiy sharoitga qarab har xildir. Issiq va sernam o‗lkalarda uning qalinligi 200 m gacha bo‗ladi. Nurash jarayonlarini o‗rganishning ahamiyati juda katta. Chunki nurash natijasida, birinchidan, tub tog1 jinslarining xususiyatlari butunlay o'zgaradi, ularda turli katta-kichik va chuqurliklardagi yoriqlar hosil bo‗ladi, bular har xil qurilishlarni olib borishga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi; ikkinchidan, tuproqlarni hosil boiishi uchun ―ona jins tayyorlanadi; uchinchidan, foydali qazilmalaming sochma turlari hosil boladi va boshqalar. Nurash jarayonlarini kelib chiqishida quyidagi omillar asosiy rol oynaydi:1.Quyosh nuri energiyasi;2. Atmosfera tarkibidagi kislorod, karbonat kislotasi va boshqalar.3. Tuproq atmosferasining namligi va uning rejimi;4. Tog jinslarida haroratning ozgarib turishi;5. Tog jinslari yuqori qatlami suv rejimining ozgarishi; 6. Tuproq organizmlarining faoliyati. 22-savol.Yonbagirlar tushunchasi,yonbagirlardagi jarayonlar va yonbagir relyefi.Javob; f. Yonbag'ir - musbat relyef shakllari (tog, qir-adir, tepalik, donglik, marza va h.k.) ning atrofdagi pastliklar bilan tutashgan yon qismlari. Olimlaming hisob-kitoblariga ko‘ra, Yer shari qumqlikning 80% yuzasi yonbag‗irdan iborat ekan. Yer yuzasida ideal tekislikni topish murakkab masala. Chunki Yer sharida deyarli barcha tekisliklar yuzasi ma‘lum darajada botiq, qavariq yoki turli oyiqlar bilan parchalangan. Yonbag‗irlami aniqlashda moddalami yuqoridan pastga tomon siljita oladigan nuqtani topish lozim. Taniqli olim S.S.Voskresenskiy qiyaligi 2° dan katta boMgan yerlami yonbagir deb atashni taklif etgan. Yonbag'irlami tasniflash bilan koplab olim va mutaxassislar shugullangan. Yonbagirlar kelib chiqishi, qiyaligi, uzunligi, shakli, yoshi va boshqa xususiyatlariga kora tasniflanadi. Yonbagirlar qiyaligiga kora, quyidagi 5 turga ajratiladi: tik yonbagir - qiyaligi 35°dan katta; juda qiya yonbagir - qiyaligi 35-15°; o‗rtacha qiyalikdagi yonbag'ir - qiyaligi 15-8°;yassi yonbagi r - qiyaligi 8-4°; juda yassi yonbagir - qiyaligi 4-2°. Yonbagirlaming qiyaligiga qarab yonbagirda sodir bo‗ladigan jarayonlami va ulardan iqtisodiyotda foydalanish yo'llarini bilib olish mumkin. Yonbag‗irlar uzunligiga ko‗ra, quyidagi uch turga ajratiladi: uzun yonbagir - uzunligi 500 m dan uzun; o‗rtacha uzunlikdagi yonbag‗ir - uzunligi 50 m dan 500 m gacha; qisqa (kalta) yonbagir - uzunligi 50 m dan kam. Yonbagirlar genezisiga kora, eng avvalo, ikki yirik guruhga ajraladi. Birinchisi, endogen, ikkinchisi esa, ekzogen yonbagirlardir.Ular, oz navbatida, bir nechta turlarga bo'linadi. Endogen genezisli yonbagirlar Yer postining tektonik harakatlari (burmali, palaxsali, tebranmali), magmatizm (intruziv, effuziv) va zilzilalar ta‘sirida yuzaga keladi. Psevdovulkanizm (ya‘ni loyli vulkanlar) hodisasi ham oziga xos yonbagirlami barpo etadi. Ekzogen jarayonlarning turiga qarab, yonbagirlar bir nechta turlarga ajratiladi. Masalan, flyuvial, gravitatsion, abraziv, glyatsial, eol, Yer osti suvlari va muzloq yerlardagi jarayonlar barpo etgan yonbagirlar mavjud. Shuningdek, organogenik yonbagirlar hamda antropogen yonbag‗irlar ham ekzogen genezisli yonbagirlarga kiradi. Yonbag‗irlarning morfologik va morfometrik tuzilishini organish, ularning kop holatlarda bir nechta omillar ta‘sirida vujudga kelganligi ma‘lum bodi. Natijada, dastlab, shu yonbagirning hosil boishida ishtirok etgan yonbagir hosil qiluvchi jarayonlar aniqlanadi. Yonbagirlarda sodir Boladigan jarayonlarga kora, A.l.Spiridonov ularni quyidagi turlarga bo‘adi.1. Sof gravitatsion yonbag'irlar, ular tog qulashlari, qurumli, kochki oqibatida vujudga keladi. Ularning qiyaligi 35-40° va undan katta boladi. 2. Blokli harakat yonbag 'irlari surilma, oplivina-yuza, surilma, yonbaglarning darzli chokishi natijasida hosil bolib, ularning vujudga kelishida gravitatsiya kuchlari bilan bir qatorda, Yer osti suvlari faol ishtirok etadi. Qiyaligi 20° dan 40° gacha.3. Yumshoq jinsli yuza qatlamlarning yoppasiga siljishi natijasida hosil bolgan yonbaglar guruntdagi suvning miqdoriga bogiq holda sodir boadi. Qiyaligi 40° dan 2-3°atrofida. 4. Delyuvial (yuza yuvilish) yonbag'irlar. Bunda turli qiyalikdagi yuzalarda yomgir va qorning erishidan hosil boMgan suvlar mayda zarracha (qum, loyqa, supes, suglinka)larni yuvadi va yonbagrning pastki qismiga to‗shaydi. Delyuvial jarayon deganda, mayda jinslami sidirgasiga qoplama suvlarning oqishi, jinslarni tashishi va to‗shashaini tushunamiz. Toshalgan yotqiziq delyuviy deb ataladi. Yonbagirlarning rivojlanishi, yoshi haqida M.Deyvis, V.Penk, L.King va boshqalar original goyalami olga surishgan. V.Penk togMarmng yemirilishini, U.M.Deyvis ta‘kidlaganidek, tepadan vertikal yonalishda emas, balki yonidan gorizontal yonalishda yonbaglarning chekinishi hisobiga sodir boladi, deb hisoblaydi. Uning fikricha,togri yonbag'irlar endogen va ekzogen kuchlaming qiymati teng boMganda; botiq yonbag'irlar endogen kuchlaridan ekzogen kuchlar ustun bolganda; qavariqyonbag'irlar endogen kuchlar ekzogen kuchlardan katta bolganda hamda zinasimon yonbag'irlar esa, endogen va ekzogen kuchlar nisbati bir nechta ozgargan taqdirda hosil boladi. Yonbagrlar shakliga kora, to'g'ri, qavariq (do'ng), botiq va pog'onali (zinasimon) turlarga ajratiladi. 24-savol.Flyuvial jarayonlar,suv oqimining geomorfologik ishi.Javob; Yuza suvlari Yer relefini o‘zgartiruvchi muhim оmillaridan biridir. Оqar suvlarning ishi natijasida yuz beruvchi geоmоrfоlоgik jarayonlarining yig’indisiga flyuvial (lоtincha-daryo, оqim) jarayonlar deyiladi. Оqar suvlar bir necha turlarga bo‘linadi.Yomg’ir yoki qоr-muz suvlarining quruqlik yuzasidan yonbag’ir bo‘ylab yoppasiga оqib tushishi yonbag’ir оqimi yoki yuza оqim deyiladi. Suvlarning birоr o‘zandan оqib tushishi o‘zan оqimi deb ataladi. Bu оqim vaqtincha va dоimiy o‘zan оqimiga bo‘linadi. Оqar suvlarining ishi natijasida erоziya (lоtincha-uzilish, ajralish), materiallarni ko‘chirishi va ularning akkumulyatsiyasi (lоtincha-to‘plash) yuz beriladi. Bularning ta’sirida erоziоn (ishlangan) va akkumulyativ relef shakllari hоsil bo‘ladi.Suv оqimi o‘zanning yoni va tagiga uriladi va grunt zarrachalarini uzib оlib, оqizib ketadi. Shunday qilib, оqar suvlar erоziоn ish bajaradi. Suv оqimi ham erоziya natijasida hоsil bo‘lgan hamda suv ayirg’ichdan muallaq ravishda оqib kelgan mineral zarrachalarni va suvda erigan mоddalarni uzоq masоfalarga оlib ketadi. Оqim yirik parchalarni suv tagida yumalatib оlib ketadi. Suvlarning bu ishi transpоrtirоvka yoki jinslarni ko‘chirish (tashib ketish) deyiladi. Suv tagida yumalatib оlib ketilayotgan jinslar o‘zan tagidagi gruntlarga ishqalanib emirishiga kоrraziya (lоtincha-qirtishlash) deyiladi. Оqar suvlarning erоziоn ishining harakteri va intensivligi оqimning jоnli kuchiga (оqim energiyasiga) bоg’liq. U оqim massasi (m) bilan оqim tezligi (v) kvadrati ko‘paytmasining yarmiga teng. Bu quyidagi fоrmula bilan ifоdalanadi G’=mv2/2, bu nisbat o‘zan оqimining hamma qismida bir xil bo‘ladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, agar daryo bоshida suv massasi kamrоq bo‘lsa, u daryoning quyi qismiga tоmоn оrta bоradi, ya’ni оqim tezligi shu yo‘nalishda kamayadi; оqim tezligining kamayishiga sabab daryo o‘zani qiyaligining kamayishidir.Daryoning quyi qismiga tоmоn tezlik suv massasining оrtishiga qaraganda tezrоq kamaya bоradi. Shuning uchun ham o‘zan qiyaligi bilan suv massasi o‘rtasidagi nisbat to‘g’ri chiziqli оddiy to‘g’ri ko‘paytirish bo‘lmay, darajali ko‘paytirishdir. 25-savol.Gumid olkalarda flyuvial relyef shakllari.Javob; Gumid iqlim (lot. humidus — namlik) — yogʻingarchilik miqdori bugʻlanishdan ortiq boʻlgan, namlik tuproqqa shimiladigan, ortiqcha suv ariqlar, daryolar tarzida chiqib ketadigan nam iqlim. G. i. oʻrmon oʻsimliklarining rivojlanishi uchun juda qulay. G. i. quyidagilarga farqlanadi: 1) abadiy muzlik mavjud boʻlgan, grunt suviga toʻyinish manbai boʻlmagan qutbiy G. i.; 2) yogʻinlar tuproqqa qisman shimiladigan, grunt suvi mavjud boʻlgan va grunt suviga toʻyinish manbaiga ega 26-savol.Vaqtincha oqar suvlar va ular bunyod etgan relyef shakllari.Doimiy oqar suvlarning geomorfologik ishi.Javob; Vaqtincha oqar suvlarning ishi. Ozanli vaqtincha oqar suvlar tushunchasi birmuncha aniqroq bo’lsa-da, lekin u doimiy oqar suvlar tushunchasi bilan aralashtirilib yuborilishi mumkin. Yomg’ir va qor suvlaridan hosil bo’lgan o’zanli vaqtincha oqar suvlar eroziyasi natijasida tog’ yon bag’irlari uyilib juda parchalanib ketadi. O’zanli vaqtincha oqar suvlar tog’ yon bag’irida prolyuvial yotqiziqlarni to’playdi. Tog’ yon bag’ri relyefida o’zanli vaqtincha oqar suvlarning axamiyati kattadir. Daryo vodiysining vujudga kelishi va rivojlanishida xam o’zanli vaqtincha oqar suvlarning xissasi bor. O’zanli vaqtincha oqar suvlarning yotqiziqlari deyarli yaxshi saralanmagan va silliqlanmagan bo’ladi.Yer yuzasining deyarli xamma yerida chuqurchalar uchraydi, suv ana shu chuqurchalarga intiladi va asta sekin bu chuqurchalarni yuvib o’pqonlar, o’nqir-cho’nqirliklar hosil qila boshlaydi. Bu jarayon bir necha yil mobaynida davom etib jarlarni vujudga keltiradi. Jarlar xamma vaqt xam o’sib boravermaydi. Yon jarlardan asosiy jarga yig’ilib keluvchi suv o’sha yerning eng baland nuqtasiga-jarning yuqori qismiga yetsa, jarning o’sishi to’xtaydi. Tog’ vodiylarida kuchli jaladan so’ng hosil bo’ladigan oqim sel deb ataladi. Doimiy oqar suvlar yer yuzasidagi doimiy oqar suvlarga oqar suv dеb aytiladi. Oqar suvlarning harakat tеzligi rеlеf qiyaligiga va suv massasiga bog`liq. Daryo o`zanida harakatda bo`lgan suvlar to`g`ri parallеl oqmaydi, aksincha doim aylanma (trubolеnt), ya’ni suv yuzasidan pastga, o`rtadan (suv ostidan) chеkkaga (qirg`oqqa) yo`nalgan bo`lib, katta kuchga ega bo`ladi va o`zan osti hamda qirg`oq yonini yemiradi. Oqar suvning bunday ishiga eroziya dеyiladi. Quruqlikdagi hamma oqar suvlarning yemirish ishiga dеnudatsiya dеyiladi. Quruqlik yuzasini yemirilish tеzligi hamma joyda bir xil emas 27-savol.Suffoziya tushunchasi,suffozion jarayonlar natijasida kelib chiqqan relyef shakllari,suffozion jarayonlarning salbiy oqibatlari.Javob; "Suffoziya‖ so‗zi lotincha tagidan kavlash, o'yib kirmoq degan ma‘nolami anglatadi va uni fanga rus olimi, akademik A.P.Pavlov kiritgan. Bu jarayonlar va ular keltirib chiqargan relyef shakllariga qadimdan aholi o‗z e‘tiborini qaratganligi sababli, turli tillarda har xil nomlar bilan ataladi. Masalan, inglizlarda qulaydigan Yer yoki pishirilgan g'isht, xitoyliklarda xuangtu (sariq tuproq), ozbeklarda оpqonlar deb atashadi. Suffozion jarayonlar oz xususiyatlari va keltirib chiqargan relyef shakllari jihatidan karst jarayonlariga o‗xshaganligi sababli, geolog, geograf, geomorfologlar uni ―klastokarst‖, ―gil karsti‖, ―lyoss karsti‖, ―psevdokarst‖, ―karst-suffizion‖ kabi atamalar bilan atashadi. Lekirt suffozion jarayonlar rivojlanishi, hosil bolayotgan tog jinslari jihatidan karst jarayonlaridan farq qiladi. Suffozion jarayonlar lyoss va lyossimon (soz tuproqlar), gillar va sementlashgan qum aralash shag'al (konglomeratlar) toshlar kabi tog jinslari tarqalgan hududlarda rivojlanadi va relyef shakllarini keltirib chiqaradi. Suffozion jarayonlar rivojlanayotgan tog jinslari ichida eng keng tarqalgani Yer tarixining to‗rtlamchi davrida to‗plangan lyoss va lyossimon tog jinslari hisoblanadi. Bu tog‗ jinslar 0 rta Osiyo, Xitoy, Garbiy Sibir, Yevropa, Amerika va boshqa hududlarda tarqalgan. Suffozion jarayonlarning lyoss va lyossimon tog jinslarida rivojlanishiga sabab, birinchidan, ularning keng tarqalgani bo'fsa, ikkinchidan, ularning g‗ilvirakligi, uchinchidan, ular tarkibida har xil tuzlarning mavjudligidir. Agar lyoss va lyossimon tog jinslari Yer tarixining tortlamchi davrida toplangan bolsa, suffozion jarayonlar rivojlanayotgan gillar qadimroq geologik davrlarda (paleogen, neogen) ham yotqizilgan. Gillarda mazkur jarayonlarning rivojlanishi uchun ularning qatlamlari orasida gips, har xil tuz linzalari bo‗lishi shart. Paleogen davrida yotqizilgan bunday gillar 0rta Osiyoning Farg‗ona botig‗idagi adirlarda, Turkmaniston hududidagi Bolxon togida, Kopetdog tizmasining shimoliy etaklarida, Quyi Amudaryodagi Daryoliq va Daudan quruq o'zanlari va Sirdaryo deltalarida hamda boshqa joylarda keng tarqalgan. Neogen va qadimgi to‗rtlamchi davrlarga mansub gillarda suffozion Qizilqumdagi botiqlar yonbag‗irlarida, Kopetdog1 tizmasining tog‗oldi qismlarida, Amudaryo, Sirdaryo va boshqa daiyolar deltalarida rivojlangan. Konglomeratlarda suffozion jarayonlar 0 rta Osiyo tog‗oldi va tog oraliq botiqlaridan oqib o‗tuvchi daryolarning erozion-akkumulyativ terrasalarida rivojlanmoqda. Yuqorida nomlari keltirilgan tog jinslarida suffozion jarayonlaming rivojlanishi uchun joy Yer yuzasining tuzilishi katta rol oynaydi. Mazkur jarayonlarning rivojlanishi va tarqalishi uchun joyning Yer yuzasi tekis yoki biroz nishab bolib, uning atrofida daryo yoki soylar, joy yuzasi har xil yo‗llar bilan kelib chiqqan yoriqlar bilan zich va chuqur kesilgan bolishi shart. Agar daryo va yoriqlar qancha chuqur bolsa, tushgan yog‗in hamda erigan qor suvlari tog jinslari ichiga shunchalik chuqur kirib, suffozion jarayonlarning rivojlanishini kuchaytiradi va katta relyef shakllarini hosil qiladi.N.I.Kriger va S.A.Lavrusevichlaming ko'rsatishicha, Janubiy Tojikistondagi Yavon vodiysidagi lyosslarda suffozion jarayonlar 10 m gacha rivojlangan. Bundan tashqari, suffozion jarayonlarning tarqalishi hamda rivojlanishida Yer teshuvchi hay von va hashorotlar (turli sichqonlar, kalamushlar, yumronqoziqlar, sugurlar, chumolilar va boshqalar) ning ham roli katta. Chunki ular oz inlarini qazish mobaynida tog jinslari tuzilishini ozgartiradi va suffozion jarayonlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Yer qazuvchi hayvonlar uchun in qazish lyosslarda juda qulay. Chunki lyosslarda Yer osti suv qatlamlari bolmaydi, ular vertikal kotarilgan tik pogonalar hosil qilish xususiyatiga ega va yumshoq. Suffozion jarayonlar inson faoliyati (ekin maydonlarining ozlashtirilishi, turli sanoat obyektlarining qurilishi, gidrotexnik inshootlarining barpo etilishi)ta‘sirida, ayniqsa, tez va keng rivojlanadi. Suffozion jarayonlarning oqibatlari turli-tuman relyef shaklida namoyon boladi. Bular ichida eng kop tarqalganlari har xil uzunlik, chuqurlik va kenlikka ega Yer ostiga kirib ketgan yoriqlar, voronkasimon chuqurliklar, ―ko'r‖ jarliklar, pastga vertikal kirib ketgan turli chuqurlikdagi quduqlar, jarliklar, ular yonbag‗rida kirish qismi ochilgan gorizontal tomon yonalgan g'orlar va boshqalardir. 28-savol.Karst tiplari;ochiq va yopiq karstlar,ularning morfologiyasi,geografiyasi. . «Kars» so‘zi janubiy slavyanlar tilidan olingan bo‘lib «koya», «tosh» ma‘nolarini ifodalaydi. Bu nom bilan Triezd shaxrining shimoliy sharqida oxaktosh karst platosi atalgan. Keyinchalik bu kabi geografik xodisalar shunday deb atala boshlagan. Karst ayrim tog‘ jinslarining suvda erishidan kelib chiqqan xodisaki, unda yer osti va usti suvlari, rel‘ef shakllari va butun landshaft ko‘rinishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Karst denudatsiyaning yer osti turidir va yer jinslarining ko‘chirilish asosan eritma xolatida bo‘ladi. Karst yuzaga kelishidan tabiatning aksariyat omillari ishtirok etadi. SHuning uchun o‘z navbatida karst ham boshqa geografik jarayonlarga o‘z ta‘sirini ko‘rsatib turadi. Karst nixoyatda murakkab xodisaligidan bir necha tiplarga ajratiladi. Turli olimlar tiplashga asos qilib tabiatning biror omiliga asoslanadilar. SHuning uchun xozirgi adabiyotlarda karstlashayotgan massiv qalinligiga, eroziya bazasining baland pastligiga jinslarining ochik, yoki yopitdtigiga qarab karst tiplari ko‘proq, xarakterlanadi. Ochik, (O‘rta yer dengizi buyi) karstda jinslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer yuzasiga chiqib keladi. Yog‘inlar miqdori katta va shuning uchun karstlashishga xalaqit beruvchi jinslar tez yuvilib ketadi va karstlashuvchi jinslar doim ochiqligicha koladi. Ochik, karstning kupayishiga o‘rmonlarni kesish, mol boqish tuproq, katlamini yuvilib ketishiga imkon tug‘dirish sababdir. Ajriqlashgan (Kavkaz) tipidagi Karstda ochilib qolgan jinslar bilan bir qatorda, usti yupqa tuproq, va o‘simlik qoplami bilan qoplangan oxaktosh, dolomit va gipslar uchrashi mumkin. Yopik, (O‘rta Yevropa) karst eruvchan jinslarning ustini qalin karstlashmaydigan yotqiziqlar koplanganligi bilan xarakterlanadi. Bu karst mu‘tadil iqlimning, yog‘inlar bir me‘yorda yog‘adigan o‘lkalarga xos (Rossiya, Yevropa, AKSH). Karst rel‘efida eng qiziqarli xodisa turli yullar bilan kelib chidan g‘orizontal yer osti bushli‘ugari - g‘orlardir. G‘orlar g‘orizontal va sifon zonalardagi suv tsirkulyatsiyasining oqibatidir. Bu suvlar jinslarni eritadi, yuvadi va uzi bilan olib ketadi, natijada jinslar o‘rni bo‘shliqda aylanadi. Oddiyroq, qilib aytganda, g‘orlar - bu yer osti daryolarining murakkab shakldagi biror joyi yer yuzasiga chiqib olib ochilib qolgan vodiylaridir. Bu vodiylar qurigan bo‘lsa, g‘orlar suvsiz, aks xolda ular daryolarga ega bo‘ladi. Morfologik jixatdan g‘orlarni xillari ko‘p. Ikki og‘izli, xaltasimon, kur, temperaturasiga qarab sovuq va issiq juda kuxna va yosh, katta va kichik bo‘ladi. 29-savol.Tog va materik muzliklarining relyefi.Javob; Quruqliklarda sovuq o‘lkalarda qor to‘planib, muzga aylanishidan vujudga kelgan, nishab tomonga o‘z-o‘zidan siljib turadigan muzlar muzliklar deyiladi. Yer yuzidagi muzliklarning umumiy maydoni 16,3 mln. kv. km. Hajmi 30 mln. km3. Xionosfera – xionos, sfera so‘zlaridan tarkib topgan. Xionosfera quyi va yuqori qor chegaralari orasida joylashgan. Qor chegarasi deb yog‘adigan qor bilan eriydigan qor miqdori teng bo‘lgan chegara tushuniladi. Qutbiy o‘lkalarda qor chegarasi dengiz sathi balandligiga tushadi. Xionosferada relef qor to‘planishiga imkon bersa muzlik hosil bo‘ladi. Muzlik ham asta sekin oqadi, siljiydi. Muzlikning siljish tezligi haroratga, muzning qalinligi va muz osti relefining qiyaligiga bog‘liq. CHunonchi, muzlik siljishi uchun qiyalik 10 bo‘lganda muz qalinligi 60-65 m bo‘lishi, qiyalik 450 bo‘lganda qalinligi 15-2 m bo‘lishi zarur. Muzlik turlari. Muzliklarning ikkita asosiy turi – alp va materik muzliklari ajratiladi. Alp muzliklari tog’li o’lkalardagi qor va muzdan to’yinadi. Odatda dastlab erozion oqimlar boshlanadi va vodiylarni egallaydi. Bunday oqimlarni vodiylarning devorlaridagi qoyalari ushlab qoladi va ko’pchilik buni vodiy muzliklari deb ham atashadi (rasm). To‘yinishi kuchaygan sari muzlanish ham tobora rivojlana boradi, birlamchi muzliklarning soni ko‘payib, ularning har qaysisi kattalashadi va ular tog‘ tepalari va karlardan vodiyga tushib keladi hamda vodiy muzligiga aylanadi. Muzliklarning bu turi — mo‘‘tadil mintaqaning tog‘li o‘lkalaridagi eng xarakterli muzlik shakllaridir. Muzlik o’zining vodiysi atrofiga oqishidan katta maydonlarni bosib olishidan hamma yoqda tub jinslar bilan chegaralanmagan gultojbargga o’xshagan keng shakllar yoyilib ketadi. Natijada tog’ oldi muzliklari deb ataladigan muzliklar hosil bo’ladi. Materik muzligi - eng yirik muzlik turi va u vodiy muzligiga qaraganda ancha keng tarqalgan . Materik muzligi Yer quruqlik maydonining 30 % ini qoplagan. Grenlandiya va Antarktidada bunday muzliklar qalinligi 3 km va undan ortiq. Ancha kichik muzliklar muzlik qalqonlari (muz shapkasi) deb nomlanadi va ular Islandiya va Arktikaning bir qancha orollarida uchraydi. Muzliklar ishi natijasida kelib chiqqan kar, sirk, oxirgi morenalar kabi rel‘ef shakllarida turli katta-kichiklikdagi va chuqurliklardagi ko‘llar hosil bo‘lgan 30-savol.Doimiy muzloq yerlardagi geomorfologik jarayonlar.Javob; Glyatsial relyef hosil bо‘lish jarayonlari muzliklar faoliyati bilan bog‘liqdir. Glyatsial jarayonlar rivojlanishining birinchi sharti yer pо‘stining muayyan yuzasida uzoq vaqt mobaynida muzlanish mavjud bо‘lishidir. Faqat, xionosfera joylashgan hududlardagi muzlanish sodir bо‘la oladi. Xionosfera deganda atmosferaning yog‘inlar qattiq holatda tushadigan, yog‘inning miqdori uning sarfidan kо‘p bо‘ladigan quyi qismi tushuniladi (lotincha muz qobig‘i demakdir). Xionosferaning patki quruqlik bilan kesmagan chegarasi qor chizig‘i deyiladiki, u egi-bugri, ya’ni past-baland bо‘lgan chiziqdir. Qutbiy о‘lkalarda qor chizig‘i dengiz sathidan о‘tsa, quyi kengliklarda tog‘larning baland yonbag‘irlaridan qor kirimi bilan chiqimi bir-biriga teng bо‘ladigan balandliklardan о‘tadi. Qor chizig‘idan yuqorida qorning tо‘planishi, ya’ni akumlyatsiyasi rо‘y beradi. amalda qor chizig‘i yozda qorning erigan eng yuqori chegarasi hisoblanadi. Xionosferaning yuqori chegarasi tog‘larning qor va muzlik bо‘lishi mumkin bо‘lgan 8-9 km balandliklaridan о‘tadi. Tabiiy muzning qorning muzga aylanmasidan hosil bо‘lgan qor muzi va suvning muzlanishidan hosil bо‘lgan suv muzini bir-biridan farq qiladilar. Qorning erib, suvga tо‘yinib, bir necha bor takrorlanib turishidan farq hosil bо‘ladi. Firinning xususiyatlari ya’ni zichligi, qattiqligi, hajmi о‘zgarib gletcher muziga ya’ni haqiqiy muzga aylanadi. Download 284.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling