1-savol javobi
Download 16.2 Kb.
|
Moliya. moliyaviy boshqaruv
1. 1. Qanday vazifalarni (muammolarni) bajarish (echish) moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan? 2. Moliyaviy boshqaruvning ob’ekti sifatida nimalar maydonga chiqadi? 3. Nimalar moliyaviy boshqaruvning sub’ektlari hisoblanadi? 1-savol javobi Moliyaviy boshqaruvning maqsadi - makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida, davlat va jamiyat barcha a'zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo`ladigan moliyaviy barqarorlik moliyaviy mustaqillikni ta'minlash. Moliyaviy boshqaruvda Moliya vazirligining asosiy vazifalari: 1. yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish; 2. Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta'minlash; 3. byudjet mablag`lari va nobyudjet fondlar mablag`larining oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish; 4. davlat moliyasining barqarorligini ta'minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko`rish; 5. mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko`rish; 6. mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo`nalishlariga moliyaviy resurslarni konsentratsiya qilish(to`plash); 7. Davlat byudjeti va jamlanma (konsolidatsiyalashtirilgan) byudjetning ijrosi haqida hisobotni tayyorlash; 8. davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish; 9. uzoq, o’rta va qisqa muddatli istiqbolga mo’ljallangan mamlakat taraqqiyotining sotsial-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishga ishtirok etish; 10. iqtisodiyotni moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qo’llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish; 11. mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va to’lovlarning ahvolini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish; 12. faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo’naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish; 13. moliyaviy rejalashtirish va milliy xo’jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik (uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish; 14. mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish; 15. moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to’xtatib qo’yish va boshqalar. 2-savol javobi Moliyaviy boshqaruvning ob'ekti sifatida turli markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. 3-savol javobi Moliyaviy boshqaruvning subyektlari: korxonalarning moliyaviy xizmat tizimi va moliyaviy organlar, soliq organlari. Download 16.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling