1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari


Download 138.67 Kb.
bet27/40
Sana08.03.2023
Hajmi138.67 Kb.
#1252608
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
22 ta savol to\'liq

Zararli hujumlar. Zararli hujumlar tizim yoki tarmoqqa bevosita va bilvosita 
ta’sir qiladi. Zararli dastur - fayl bo‘lib, kompyuter tizimiga tahdid qilish 
imkoniyatiga ega va troyanlar, viruslar, “qurt”lar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Zararli dasturiy vositalari foydalanuvchining ruxsatisiz hujumchi kabi g‘arazli 
amallarni bajarishni maqsad qilgan vosita hisoblanib, ular yuklanuvchi kod (.exe), 
aktiv kontent, skript yoki boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Hujumchi zararli 
dasturiy vositalardan foydalangan holda tizim xafsizligini obro‘sizlantirishi, 
kompyuter amallarini buzishi, maxfiy axborotni to‘plashi, web saytdagi kontentlarni 
modifikatsiyalashi, o‘chirishi yoki qo‘shishi, foydalanuvchi kompyuteri 
boshqaruvini qo‘lga kiritishi mumkin. Bundan tashqari, zararli dasturlardan 
hukumat tashkilotlaridan va korporativ tashkilotlardan katta hajmdagi maxfiy 
axborotni olish uchun ham foydalanish mumkin. Zararli dasturlarning hozirda 
quyidagi ko‘rinishlari keng tarqalgan:
 viruslar: o‘zini o‘zi ko‘paytiradigan dastur bo‘lib, o‘zini boshqa dastur ichiga, 
kompyuterning yuklanuvchi sektoriga yoki hujjat ichiga biriktiradi;
 troyan otlari: bir qarashda yaxshi va foydali kabi ko‘rinuvchi dasturiy vosita 
sifatida o‘zini ko‘rsatsada, yashiringan zararli koddan iborat;
 adware: marketing maqsadida yoki reklamani namoyish qilish uchun 
foydalanuvchi faoliyatini kuzatib boruvchi dasturiy ta’minot;
 spyware: foydalanuvchi ma’lumotlarini qo‘lga kirituvchi va uni hujumchiga 
yuboruvchi dasturiy kod;
 rootkits: ushbu zararli dasturiy vosita operatsion tizim tomonidan 
aniqlanmasligi uchun o‘z harakatlarini yashiradi;

 backdoors: zararli dasturiy kodlar bo‘lib, hujumchiga autentifikatsiyani 


amalga oshirmasdan, aylanib o‘tib tizimga kirish imkonini beradi, masalan, 
ma’mur parolisiz imtiyozga ega bo‘lish;
 mantiqiy bombalar: zararli dasturiy vosita bo‘lib, biror mantiqiy shart 
qanoatlantirilgan vaqtda o‘z harakatini amalga oshiradi; 
 botnet: Internet tarmog‘idagi obro‘sizlantirilgan kompyuterlar bo‘lib, 
taqsimlangan hujumlarni amalga oshirish uchun hujumchi tomonidan 
foydalaniladi; 
 ransomware: mazkur zararli dasturiy ta’minot qurbon kompyuterida mavjud 
qimmatli fayllarni shifrlaydi yoki blokirovkalab, to‘lov amalga oshirilishini 
talab qiladi.

Download 138.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling