1-savol: Kompyuterlarni tashkil etish fanning maqsad va vazifalari. Javob
Download 27.88 Kb.
|
Salbekov Eldos amali ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-savol:Kompyuterlarni tashkil etish fanning maqsad va vazifalari. Javob: Kompyuter
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Kompyuterlarni tashkil etilishi fanidan Bajardi: 051-20guruh Talabasi Salbekov.E Toshkent-2022 1-savol:Kompyuterlarni tashkil etish fanning maqsad va vazifalari. Javob: Kompyuter (inglizcha: computer — „hisoblayman“) — oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiay) va boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy kompyuter (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chikara boshladi. Keyinchalik boshka firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati esa Macintosh (talaffuzi: „Makintosh“) yoki oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEVM) boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar urnatilgan kompyuterdan, qujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki, onitor vaklaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, kompyuter tarkibiga „sichqon“ manipulyatori va printer kiritiladi. „Sichqon“ ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida kompyuter ishini osonlashtiradi. Kompyuter uskunalari har doim algoritmlarga asoslanadi, ular ketma-ket bajarilganda topshiriqning bajarilishiga olib keladigan bir qator ko'rsatmalardir. Agar ushbu ketma-ketlik to'g'ri yozilgan va to'g'ri bajarilgan bo'lsa, har safar funktsiya bajarilganda, inson vaqtni, pulni va jarayonni bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatolarni tejaydi.Kompyuterlar katta hajmdagi ma'lumotlarni tez va samarali qayta ishlaydi, shu jihatda uning foydaliligi va ahamiyati va nima uchun u turli soha mutaxassislari tomonidan qo'llaniladigan texnologik qurilma hisoblanadi. Download 27.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling