7- savol. Urug' pufakchalari — vesiculae seminalis
Urug' pufakchalari — vesiculae seminalis siydik qopchasining tubi bilan to'g'ri ichak orasida joylashadi. Pufakchalar ekskretor bez bo'lib, erkak urug'ining suyuq qismini ishlab chiqaradi. Pufakning suyuqlikni o'tkazuvchi nayi — ductus extcretorius urug' olib keluvchi nay — ductus deferens ga ochiladi. Bu ikki nayning qo‘shilishidan urug' otuvchi nay — ductus ejaculatorius hosil bo'ladi. Urug' otuvchi nay siydik chiqaruv yo'lining pars prostatica qismiga ochiladi. Urug' pufakchasi devorida quyidagi qavatlar bo‘ladi:
a) tunica adventitia — biriktiruvchi to'qima qavati;
b) tunica muscularis — mushakli to'qima;
d) tunica mucosa — shilliq qavat.
8- savol. Yorg'oq — scrotum
Moyakning taraqqiyoti qorin bo'shlig'ida boshlanadi va tug'ilish oldidan, chov kanali orqali tushib, yorg'oq ichida paydo bo'ladi. Yorg'oq devorlari quyidagi qavatlardan tashkil topadi:
1) teri;
2) go'shtdor qavat — tunica dartos;
3) tashqi fassiya— fascia spermatica externa;
4) moyakni ko'taruvchi mushak fassiyasi — fascia cremasterica;
5) moyakni ko'taruvchi mushak — m.cremaster;
6) ichki fassiya — fascia spermatica interna;
7) moyakning xususiy pardasi — tunica vaginalis testis. Go'shtdor qavat — tunica dartos har bir moyak uchun alohida bo'ladi. Bu qavat qorin old devorining teri osti biriktiruvchi to'qimalaridan hosil bo'lib, unda silliq mushak tolalari bo'ladi. Tashqi fassiya — fascia spermatica externa qorin devorining yuza fassiyasining davomi, m.cremaster qorin devoridagi ko'ndalang mushak — m.transversus abdominis ning davomi hisoblanadi. Fascia spermatica interna esa qorin devorining ichki yuzasidagi fascia transversalis ning davomi hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |