1 Savolga javob
Download 6.99 Kb.
|
Новый документ
1 - Savolga javob Pifagor (eramizdan 590 yil ilgari yashagan) mashhur faylasuf matematik bo’lib, tirik moddalarning kelib chiqishini o’rgandi va «mavjud narsalarning hammasi urug’dan paydo bo’ladi» degan fikrni olg’a surdi. 2 - Savolga javob Gippokrat to’rt xil «suyuqlik» – Qon (sanquis), shilliq (phlegma), o’t (chole) va kora o’t (melanchol) organizmda hayotni ta’minlab turadi, degan fikrni aytdi. 3 - Savolga javob Aristotel asablar bilan paylarning boshqa-boshqa ekanini aniqladi, ba’zi arteriyalarning aortadan boshlanishini bildi va a’zoni qon, yog’, tog’ay, suyak to’qimalaridan iborat deb yozdi. 4 - Galenning anatomiya sohasidagi xizmati katta: uning suyaklar tizimi va boylamlari haqidagi ma’lumotlari hozirga qadar o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda. U bir qancha muskullarni tekshirgan va ular qisqarishlarining asablarga va bosh miyaga aloqadorligini aniqlagan. Galen bosh miyaning bo’limlarini, uning venasini va orqa miyaning tuzilishini aniqladi. U 12 juft bosh miya asablaridan 7 juftini bayon etdi. 5 - Leonardo da Vinchi (1452–1519). Uyg’onish davrining buyuk arbobi, rassom, injener va faylasuf. U anatomiya bilan maxsus shug’ullanmasa ham, chizadigan portretlari to’g’ri va real chiqishi uchun 30 dan ortiq murdani kesib, suyaklar, muskullar, ichki organlarini o’rgandi, ularni rasmlarini chizdi va tekshirdi. U rasm chizar ekan Galen anatomiyasida juda ko’p noto’g’ri ma’lumotlar borligini aniqladi. O’z tekshirishlariga asoslanib, orgalar va muskullarning turli modellarini yasadi. Leonardo da Vinchi dunyoda birinchi bo’lib odam organizmidagi yurak qopqoqlari, to’siqlari, bosh va orqa miya qorinchalari, nervlar, ko’z va boshqa organlarning rasmlarini chizdi. Download 6.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling