Frud kriteriysi. (Fr) oqimdagi inersiya va og’irlik kuchlarining nisbatini bildiradi:
(3.5)
Eyler kriteriysi. (Eu) oqimdagi bosim va inersiya kuchlarining nisbatini bildiradi:
(3.6)
Δp – gidravlik qarshilikni yengish uchun sarflangan bosimlar farqi.
Uzluksizlik tenglamasiga muvofiq, trubaning o’lchamidan qat’i nazar, vaqt birligida uning har qanday kesim yuzasidan oqayotgan suyuqlikning miqdori bir xil bo’ladi degan xulosaga kelish mumkin. Bu vaqtda kesim yuzalari S1, S2, S3 va oqimning tezligi ω1, ω2, ω3 bo’ladi (3.2-rasm).
ω1, S1
ω2, S2
ω3, S3
3.2-rasm
Sekundli sarf tenglamasiga muvofiq:
(3.7)
yoki .
Trubadan oqayotgan suyuqlik bir xil, uning zichligi vaqt birligida truba uzunligi bo’yicha o’zgarmaydi. , shuning uchun vaqtning istalgan momentida oqib o’tayotgan suyuqlikning miqdori bir xil bo’ladi:
Bu tenglamadan ko’rinib turibdiki, tezlik trubaning kesim yuzasiga teskari proporsional:
(3.8)
Oqimning uzluksizlik tenglamasi moddalar saqlanish qonunining xususiy ko’rinishi bo’lib, oqimning material balansini ifodalaydi.
Suyuqlikning sarfini va tezligini aniqlash uchun turli asboblar qo’llaniladi. Masalan, drossel asboblari.
Drossel asboblari sifatida o’lchovchi diafragma, soplo, Venturi trubalari ishlatiladi.
Turbulent va laminar rejimlarda oqayotgan suyuqlikning sarfi va tezligini aniqlash uchun o’rtacha tezlik tushunchasi kiritilgan.
a) laminar rejimda
b) turbulent rejimda ω/ωmax nisbiy Reynolds kriteriysining miqdoriga bog’liq.
(3.9)
Turbulent rejimda ω taxminan (0,8÷0,9) ωmax ga teng. Turbulent oqimning har bir nuqtasida haqiqiy tezlik doimiy bo’lib qolmaydi. Har bir daqiqadagi miqdori fluktuatsiyaga uchraydi, ya’ni o’rnatilmagan pulsatsiyaga.
Turbulentlikning intensivligi
(3.10)
nisbat bilan belgilanadi. Bu yerda ∆ω – pulsatsion tezlikni o’rtacha kvadrat kattaligi turbulentlikning intensivligi oqimning bir nuqtasida pulsatsiyalash o’lchovi deb hisoblanadi. Turbulent rejimda .
Agar hamma yo’nalish bo’yicha o’rtacha pulsatsiyalash tezligi bir xil bo’lsa, unda turbulentlik izotrop deyiladi.
Qovushqoq tomchili suyuqlikning harakatini Navye-Stoks tenglamasi bilan ifodalash mumkin:
(3.11)
(3.12)
(3.13)
Do'stlaringiz bilan baham: |