1-Seminar ishi. Movarounnaxrda Shayboniylar hukmronligi Reja
Download 90.5 Kb.
|
1-semiar
1-Seminar ishi. Movarounnaxrda Shayboniylar hukmronligi Reja: Shayboniyxon tomonidan Movarounnahrning zabt etilishi. Zahiriddin Muhammad Boburning Shayboniyxonga qarshi kurashi 3.Shayboniylar hukmronlig davrida Movarounnahrda siyosiy hayot. 4.Shayboniylar davlati markaziy va mahalliy boshqaruvi 5.Shayboniylar davlatining ijtimoiy - iqtisodiy hayoti Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning ogli Budoq sultonning ogli edi, Otasidan yetim qolgach, Muhammad Shayboniyxon ukasi Maxmud Sulton bilan birga Abulxayrxon tarbiyasida boladi. Keyinchalik temuriy amirlardan biri, Turkiston hokimi Muhammad Mazid tarxon homiyligida bir qancha vaqt Turkistonda yashadi. Turkiston urushlar girdobida qolgan bir vaqtda Shayboniyxon ukasi bilan Sulton Axmad Mirzo panoxida Buxoroda yashadi va ilm oldi. XV asr 90 -yillarida Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa bordi va siyosiy kurashlarga qoshilib ketdi. U bir necha yil davomida kurash olib bordi va Toshkentdagi hukmdorlar yordamida Dashti Qipchoqda mustahkam ornashib oldi. Keyinchalik, Sayram va Yassini qolga kiritilgach, butun Turkistonda hokimiyatni qolga kiritdi. 1498 yilda Sulton Axmad Mirzo vafotidan song Samarqandga yurish qildi, uni qolga kirita olmagach, Qarshiga yurish qildi va Shahrisabz bilan birga talon taroj etdi. 1499 yilda Samarqandda qilgan yurishi yana muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Buxoroga yurish qildi va uch kunlik qamaldan song uni qolga kiritdi. 1500 yilda Muhammad Shayboniyxon yana Samarqandga yurish qildi va uni bosib olib, tort oy davomida talon qildi. Bu Samarqandliklarning Shayboniyxonga qarshi qozgoloni sabab boldi va ular 19 yoshli temuriy shahzoda Zaxriddin Muhammad Boburni xon qilib kotardilar. Samarqand hokimi Ahmad Mirzo mogullarning tinimsiz qilib turgan xujumidan tinkasi qurib Shayboniyga yordam sorab murojaat qiladi. Shu bahona bilan Shayboniyxon Movarounnahrga kirish imkoniyatini qolga kiritdi. Ayniqsa, 1494 yilda Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzo vafotidan song temuriy shahzodalarning ozaro nizolari yanada kuchayib, mamlakatda boshboshdoklik, kop hokimiyatchilik yuzaga keldi. Bundan foydalanishga intilgan Shayboniyxon 1497 yilda Movarounnahrga ozining dastlabki hujumini uyushtirdi. U katta kuch bilan Samarqandga yurish qildi, lekin shaharni ololmasdan, Qarshi va Shahrisabzga hujum qilib katta olja bilan qaytib ketdi. XV asrning oxirlarida Samarqand taxti uchun davogarlar ortasidagi nizolar keskin tus ola boshladi. Taxtni ishgol etish borasida Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) ham harbiy yurishlarni amalga oshirdi. Jumladan, 1496 yilda Samarqand shahrini qamal qiladi, lekin qish yaqinlashib qolgani uchun qamalni toxtatadi. 1497 yil mayida Boysungurning akasi Sulton Masud (1475-1506) bilan ittifoqqa kirgan Bobur Samarqandni ikkinchi bor qamal qiladi (Samarqandni ikkinchi bor qamal qilganida Bobur va Shayboniyxon birinchi marta yuzmayuz boldi). Boysungur yordam sorab Turkistonga (Yassiga) odam yuborib, Muhammad Shayboniyxonni chaqiradi. Paytdan foydalangan Muhammad Shayboniyxon tezlikda lashkar tortib kelgan, ammo songgi pallada Boysungur aynib uni qabul qilmaydi, yani Boysungur Shayboniyxonga Samarqand darvozasini ochmagani sababli, u Bobur bilan jang qilmasdan maydonni tashlab ketdi. Boysungur ham Samarqandni tark qilgach, Andijon hokimi Zahiriddin Muhammad Bobur boshchiligidagi Andijon qoshinlari 1497 yil noyabrida temuriylar poytaxti Samarqand shahrini egallaydi. Biroq bungacha shahar 7 oylik qamal natijasida huvillab qolgan edi. Atrofdagi qishloqlarning dehqonlari ahvoli yomon holatda bolib, Samarqandga oziq-ovqat yetkazib berish imkoniyatidan maxrum bolgan edilar. Shuningdek, Boburning Fargonada uning ukalari sabab nizo kelib chiqadi. Natijada 1498 yil ilk bahorida Bobur boshchiligidagi Fargona amirlari temuriylarning rasmiy poytaxti Samarqandni tark etishga majbur boldilar. Bobur 1500 yilgacha Fargonada tinchlik ornatish bilan ovora boldi. Butun Movarounnahr yerlarini birlashtirish maqsadi bilan yonayotgan Bobur hatto tinchlik uchun Fargonani ham ikki qismga bolib, ukasi Jahongirga Sirdaryoning Shimoliy qismini berishga majbur boldi. On besh yashar Zahiriddin Samarqandda jami 100 kungina hukmronlik qildi. Bu uning Movarounnahr poytaxtiga birinchi bor kadam qoyishi edi. Ana shu voqea yosh Bobur xotirasida katta iz qoldiradi. U oz xotiralarida qudratli bobokaloni Temur davlatining sobiq poytaxti bolgan shaharni zor mehr bilan tavsiflaydi. Bobur Qarshi va Guzorni ham qolga kiritdi. Biroq uzoq vaqt talangan halqning ahvoli juda ham nochor edi. Ogir ahvolda qolgan Bobur qoshinlari Zarafshon boyida SHayboniyxondan maglubiyatga uchradi va qamalda qolgandan song yashirincha Toshkentga chekinishga majbur boldi. Samarqandda, Buxoro va Toshkentda oz hukmronligini qolga kiritgach, Shayboniyxon Xuroson yurishiga tayyorgarlik kora boshladi. Temuriylar garchi shahzoda Xusravshoh boshchiligida Shayboniyxonga qarshi birlashgan bolsalarda, bu hech qanday natijaga olib kelmadi. 1505 yil Urganch ham bosib olindi va Xorazm Shayboniyxonga tobe boldi. 1506 yil Xusayn Boyqaro vafotidan song boshlangan taxt uchun kurashlardan foydalangan Shayboniyxon temuriylardan Xirotni tortib oldi. Xirot bosib olingan 1507 yil birin ketin Astrobod va Jurjon ham bosib olindi va Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Afgonistonning markaziy hududlarigacha bolgan yerlar Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon hukmronligi ostiga otdi. Shayboniyxon hukmronligi ornatilishi bilan Movarounnahrda uzoq vaqt davom etgan temuriylar ortasidagi ozaro taxt talashishlarga chek qoyildi va tinchlik ornatildi. 1511-1512 yillarda Shayboniylararo ichki ziddiyatlardan foydalangan holda hamda safaviylar komagiga suyanib, Bobur Samarqand taxti uchun kurashni davom ettirish imkoniga ega boladi. Xuroson toligi bilan, shu jumladan, hozirgi Turkmaniston, Xorazm, Shimoliy Afgoniston Eron Shohi Ismoil hukmronligiga otdi. Qobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur Shoh Ismoilning yordami bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, 1511 yilning bahorida Hisorni, yozida Buxoroni, oktyabrning boshida esa Samarqandni yana qolga kiritadi. 1511 yilda Bobur ham oz qoshinlari bilan Amudaryodan kechib otib, Xisor, Qulob, Qunduz, Badaxshonni egalladi. Song Ismoil Safaviy yordamida Samarqandga yurish boshladi. Ubaydulla Sulton va Temur Sultonlar Turkistonga chekindilar. Samarqandni qolga kiritgan Bobur Ismoil nomiga xutba oqitganidan norozi bolgan xalq Boburga qarshi isyon kotardi va bundan foydalangan shayboniylar Boburni bu yerdan haydab chiqardilar. Ismoilning Boburga yordamga yuborgan Amir Axmad (Najmi soniy) boshchiligidagi qoshinlari esa qirib tashlandi (1512 y kuzida) va 1512 yil may oyida Samarqand yana shayboniylar qoliga otdi. Bobur esa Ismoil bilan ittifoqini tuzdi va 1525 yilda Hindistonga yurish qilib, u yerda Buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi. 1510 yil Shayboniyxon afot etgach, Shayboniylar ortasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Ayni vaqtda Ismoil Safaviy ham shayboniylar davlatiga hujum qilib kirib kelishga erishdi. Shayboniylar bu yurishni toxtatish uchun sulhga rozi boldilar va Amudaryoning sul qirgogidagi barcha yerlarni Eronga berishga majbur boldilar. Shayboniyxon vafotidan song shayboniylar davlati taxtini Kochkinchixon (1510 - 1530) va ogli Abu Said boshqardilar (1530-1533). Maxmud Sultonning ogli Ubaydulla Sulton hukmronligi yillarida (1533 - 1539) hokimiyat ancha mustahkamlandi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga kochirildi. Ubaydullaxon davlatni mustahkamlash va eronliklarni mamlakat hududidan xaydab chiqarishga katta etibor berdi. 1512 yil kuzida u yajmi soniy ustidan galaba qozongach, katta oljaga ega bolgan edi va bu mablagni u Buxoro shayxul islomi Mir Arabga topshirdi va bu mablaglarga mashhur Mir Arab madrasasi qurildi. Shayboniylar orasida eng katta tasirga ega bolgan hukmdorlardan yana biri Abdullaxon II (1534-1598) edi. 1556 yil joybor shayxlaridan Muhammad Islom yordamida taxtni egallagan Abdullaxon umrining oxirigacha davlat hududlarini kengaytirish va markaziy hokimiyatni kuchaytirish, iqtisodiy ahvolni va davlatning harbiy qudratini yuksaltirish borasida harakat qildi. Abdullaxonning say-harakatlari natijasida XVI asr oxirlarida Buxoro xonligi ulkan markazlashgan davlatga aylandi. Biroq, Abdullaxon vafotidan song hukmronlik qilgan Abdulmomin va Pirmuhammadxonlar (1599-1601) davlatni boshqara olmadilar va ularning olimidan song shayboniylar sulolasi barham topdi. Shayboniylar sulolasi: 1. Shayboniyxon ibn Budoqsulton (1500 10) 2. Kuchkunchixon ibn Abulxayrxon (1510 30) 3. Abu Said ibn Kochkunchixon (1530-1533) 4. Ubaydullaxon ibn Maxmud Sulton (1533 39) 5. Abdullaxon I ibn Kuchkunchixon (1539 40) 6. Navroz Axmad ibn Suyunchixon (1540 1552) 7. Pirmuhammad ibn Jonibek Sulton (1556 1561) 8. Iskandar Sulton ibn Jonibek Sulton (1561 1583 9. Abdullaxon II ibn Iskandar Sulton (1583 1598) 10. Abdulmomin ibn Abdullaxon II (1598 1599) 11. Pirmuhammad ibn Sulaymon Sulton (1599 1601) Shayboniylar davlati oz mohiyatiga kora yirik davlat bolib, oliy hokimiyat cheklanmaga huquqlarga ega bolgan davlat boshligi xon tomonidan boshqarilgan. Xonlikning siyosiy tizimida, boshqaruvida Amir Temur va temuriylar davrida qaror topgan tartib qoidalar, xususiyatlar bilan birga kochmanchi ozbeklar davlatiga xos ananalar ham mavjud edi. Davlat boshqaruvida islomiy shariat va odat qonun qoidalariga amal qilingan. Davlatni boshqarishda xon saroyidagi oliy darajadagi amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat hokimlari qolidagi mahalliy boshqaruv asosiy orin tutib, ular mamlakatning amaldagi haqiqiy egalari edilar. Ular yordamida, bevosita ishtirokida xon mamuriy boshqaruvni amalga oshirardi. Markaziy boshqaruv davlatning ichki va tashqi hayotiga bogliq barcha masalalarni hal qiladigan dargoh-saroy devonida jamlangan edi. Davlatning oliy darajali amaldorlari azo bolgan va odatda bosh vazir tomonidan boshqariladigan bu mahkama mamlakatning siyosiy, moliyaviy, harbiy tashkiliy va boshqa masalalarni korib chiqar edi. Bu yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdiqi bilan-gina kuchga kirar va hayotga joriy etilardi. Kokaldosh, Otalik, Naqib, vaziri azam, vazir, devonbegi va boshqa oliy darajali saroy amaldorlari, noyon, tugbegi, kutvol, doruga, qurchi boshi va boshqa harbiy amaldorlarning fikri va manfaatlari ham qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyatga ega edi. Davlat boshqaruvida harbiy-mamuriy amaldorlardan tashqari, ulamolar, din peshvolari, shayxlar va xojalarning, aynan Shayxul-islom, qozikalon, Mufti kabi diniy mansab egalarining ham tasiri katta bolgan. Bu davrda ayniqsa, Buxoro yaqinidagi Joybor qishlogidan chiqqan xojalarning mavqei juda oshib ketdi. Mahalliy boshqaruv viloyat hokimlari qolida bolib, ular ham oz boshqaruv tizimiga ega bolgan. Unga qoshinga boshchilik qiladigan, shariat qonunlarining togri bajarilishini nazorat qiladigan, aholidan soliqlarni yigib oladigan amaldorlar (rais)lar kirgan. Viloyatlar oz navbatida kichik mamuriy birliklar: tuman, kasaba va mavzelarga bolinib idora qilingan. Mahalliy boshqaruvning eng quyi bogini oqsoqol (kalontaron) tomonidan boshqariladigan qishloq jamoalari edi. Xonlik viloyat (ulus)ga bolib boshqarilgan. Manbalarda Samarqand, Qarshi, Shaxrisabz, Xisor, Balx, Termiz, Karmana, Qorakol, Miyonkol, SHosh, Turkiston, Fargona, Ora-tepa, Marv kabi viloyatlardan tashkil topganligi korsatilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Odatda bunday yuksak mavqega xonning yaqin va ishonchli kishilari, qarindoshlari, yirik qabila boshliqlari, harbiy yurishlarda ozini korsatgan ozbek sultonlari muyassar bolgan. Xonlikni chegaralari doimiy bolmay tez-tez ozgarib, kengayib yoki qisqarib turgan. Shayboniylar davlatida jamiyat hayotida, davlat boshqaruvdagi tutgan orni va mavqeiga asosan bir nechta ijtimoiy tabaqalar mavjud edi: xon va uning yaqinlaridan iborat oliy tabaqa, harbiy amaldorlar yoki umaro, yirik din peshvolari -shayxlar, xojalar, olimlar, shoirlar kabilardan iborat fozillar, raiyat yani oddiy fuqaro va qisman qullar. Shayboniy xonlari tomonidan Movarounnahrda bir qator sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar qisman ijobiy natijalar bersa, ayrimlari davlatning zaiflashuviga olib keldi. Shayboniyxon tomonidan joriy etilgan suyurgol tizimi eng yaxshi hizmat korsatgan va Shayboniyxonga yaqin bolgan amaldorlar yoki xon xonadoni vakillariga turli viloyatlar ustidan hukmronlik qilishga imkon bersada, biroq ular markaziy hokimiyatdan mustaqil bolishga intildilar va oqibatda bu hol ichki kurashlarni keltirib chiqardi. Bu salbiy holat Shayboniyxon Ismoil Safaviydan maglubiyatga uchrashida ham tasir korsatgan edi. Shuningdek, SHayboniyxon yer egaligi va yer-suv sohasida 1507 yilda pul islohoti va keyinchalik talim sohasida ham islohotlar otkazgan edi. Talim islohotiga kora talim kop bosqichli etib belgilandi. Bunga kora bolalar 6 yoshda maktabga, 8 yoshda madrasaga oqishga otganlar. Madrasada oqish uch bosqichli bolib, har bir bosqich 8 yildan davom etgan, Shayboniylardan Quchqunchixon (1515) va Abdullaxonlar ham pul islohoti otkazdilar va bu mamlakatdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilashga olib keldi. Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling