1-Seminar masg’uloti Mavzu: Xavflar turlari va ularning turli sohalarda yuzaga keltiradigan zararlari va salbiy oqibatlarini o’rganish. Ishdan maqsad


Download 161.1 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi161.1 Kb.
#1624416
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-seminar mashg\'uloti

Sun’iy changlar - ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘ladigan changlar. Buni ishlab chiqarish changlari deb yuritiladi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra changlar organik va noorganik hamda aralash (organik va noorganik) changlarga bo‘linadi. Organik changlarga organik moddalar - o‘simlik, yog‘och, plastmassa kabilar changlari kiradi. Noorganik changlarga noorganik moddalar - kvars, asbest, ohak va turli mineral moddalar changlari kiradi.
Chang va tutun umumiy holda aerozollar deb yuritiladi.
Changlarning fizik va kimyoviy xossalari ularning dispersligi (maydalanganlik darajasi), zarrachalarining shakli, ularning inson organizmida erish qobiliyati hamda kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Changning dispersliligi uning gigiyena jihatidan baholash uchun eng muhim alomati hisoblanadi. Changlarning havoda muallaq holatda bo‘lish davomliligi, nafas olish organlariga kirib borish chuqurligi, fizik-kimyoviy aktivligi va boshqa xossalari chang zarrachalarining o‘lchamlariga bog‘liq.
Turli organik suyuqliklar bug‘lanib, havoda gidrozolni hosil qilishi mumkin. Bularni ham zararli omillar qatorida chang sifatida o‘rganilishi mumkin.
Inson uchun eng xavfli changlar 0,2 dan 7 mk o‘lchamdagi changlar hisoblanib, bular nafas olish natijasida o‘pkaga kirib, o‘pkada o‘rnashib qoladi va turli xildagi o‘pka kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Bunda o‘pka alveolalari to‘silishi natijasida kasallik kelib chiqishi juda xavfli hisoblanadi.
Changning disperslik darajasi ortib borishi bilan uning kimyoviy aktivligi ortadi.
Changlarning eruvchanligi katta ahamiyatga ega. Agar chang zaharli bo‘lmasa, ularning hujayra suyuqliklarida erishi maqbul hisoblanadi. Zaharli changning hujayra suyuqliklarida yaxshi eruvchanligi esa zararli bo‘lib hisoblanadi. Chunki zaharli modda bu yo‘l bilan qonga o‘tadi va insonning butun organizmi bo‘ylab tarqaladi.
Chang asosan nafas olish yo‘llariga, o‘pkaga, ko‘zga shuningdek, teriga ta’sir qiladi.
O‘lchamlari 5 mk li va undan katta chang zarrachalarining hammasi yuqorigi nafas olish yo‘llarida, eng avvalo burun bo‘shlig‘ida ushlanib qoladi. Buning oqibatida shilliq parda shikastlanadi va yallig‘lanadi, burun bo‘shlig‘ining tozalash (filtrlash) darajasi pasayib ketadi.
5 mk dan kichik chang zarrachalari o‘pkagacha kirib boradi. Ular o‘pkada o’zoq turib qolishi natijasida pnevmokonioz kabi og‘ir kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu kasalliklar chang turlariga qarab quyidagicha bo‘ladi:
silikoz, silikatoz - tarkibida kremniy Si mavjud bo‘lgan changlardan kelib chiqadi;
asbestoz - tarkibida asbest changidan yo’zaga keladi;
antrakoz - ko‘mir changi ta’sirida paydo bo‘ladi;
sideroz - temir changi ta’sirida kelib chiqadi;
allergoz - organik changlar ta’siridan yo’zaga keladi va hokazo. Shu kasalliklar kelib chiqishi hisobga olinib, chang sharoitida ishlashda changlardan himoya qilish vositalaridan foydalanish zarur.

Download 161.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling