1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


-mashq . Yuqoridagi so‘zlarni qaysi turkumga oidligi asosida jadvalga


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

3.2-mashq
. Yuqoridagi so‘zlarni qaysi turkumga oidligi asosida jadvalga 
joylashtiring.
 
Fe’l 
Ot 
Sifat 
Son 
Ravish 
Olmosh 
 
 
 
 
 
 
3.1-topshiriq. 
Jadvaldagi ma’lumotlarni birlashtirib, og‘zaki bayon qiling. 
 
3.3-mashq.
Qatordagi so‘zlarning umumiy belgisini toping va so‘zlar sirasini 
davom ettiring: 
1) kitob, tez, o‘qi, ohista, ... 
2) daftarni, ko‘proq, borgan, astagina, ...
3.2-topshiriq.
 Rivoyatni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.  
SHARAFLI BURCH 
Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog‘ sayridan 
qaytib kelayotgan edi. Yo‘l qabriston oralab o‘tar ekan. Qabristonga yuz qadamlar 
qolganda mavlono otdan tushib, boshini quyi solib yo‘lida davom etibdi. 
Mulozimlari ham otlaridan tushib, uning ortidan ergashibdilar. Qabristondan 
ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib, yo‘lda davom etishibdi. Biroz 
yurishgandan so‘ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan 
tushishi sababini so‘rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, 
keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi: 
Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari buzrukvorlari 
mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik 
sha’niga isnoddir, nahotki shuni ham bilmasalaring? Buni bilmaslik – tiriklikdagi 
o‘liklik. Ota-bobolarimiz xokini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli 
burchidir. 
Mulozimlar otasi oldida ayb ish qilib qo‘ygan boladek to Hirotning qorasi 
ko‘ringuncha tillarini tishlab, aqlini peshlab boribdilar. 
(Qudrat Hikmat) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling