1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Uyga vazifa
45.4-mashq. 
Topishmoqlardan egali va egasiz gaplarga 2 tadan misol topib, 
daftaringizga ko‘chiring.
 
45.2-topshiriq.
Berilgan so‘zlarni lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra tasniflang va 
uyadosh so‘zlar guruhining har biriga uya so‘zlar toping: mitti, lo`ppi, avom, issiq, 
iliq, osuda, farovon, moviy, nofarmon, zarg`aldoq, do’ndiq, qiyshiq, jingalak, yirik, 
og`ir, vazmin, tor, uzun, shirin, sho`r, nordon, chuchuk, xushbo`y, muattar, qo`lansa, 
badbo`y, tonggi, kuzgi, ertangi, o`rtancha, to`ng`ich, kenja, muhtoj, mushtoq, 
alvon… 
 


46-dars 
ATOV GAP 
46.1-topshiriq
. 1.Gaplarni o‘qing. Ko‘z o‘ngingizda nimalar gavdalanganligini 
bayon qiling. 
1.− Eh yoshlik, yoshlik! Suvday o‘tib ketadi-ya!
− Qarilik ham! (“Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so`zlar”) 
2.Harakat qilmoq! Harakat qilmoq! Biz shuning uchun mavjudmiz. (I.Fixte) 
3.Sayl. Hammayoq odamlarga to`lib, g`ala-g`ovur, o`yin-kulgi boshlanib ketdi. 
(Mirmuhsin) 
4.Tun. Hammaga qo`rquv solib turuvchi Ixtiyoriddin qal’asi. Baland va 
xo`mraygan sovuq bu binoda chiroq yo`q, faqat darvozalari, qalin devorlari ustida 
mash’ala ko`tarib yurgan posbonlargina bor. (Mirmuhsin) 
5.Cheksiz dasht, yassi tepaliklar… Me’morning mag`rib tomonda, tepaliklar 
ustida yarqirab turgan yarim oy o`rog`iga ko`zi tushdi. (Mirmuhsin) 
6. Shavvol, ya’ni saraton avjga mingan, havoning nihoyatda qizigan bir kini. 
Tаllimarjondan chiqqan uch arava Dasht karvonsaroyida andak to`xtadi. 
(Mirmuhsin) 
46.1-mashq
. Yig‘iq gaplarni yoyiq, yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga aylantiring.
1. 1264-hijriy, dalv oyining o‘n yettinchisi, qishki kunlarning biri. Quyosh 
botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir... 2. Poyabzal bozori va uning 
burchagidagi havli... O‘qug‘uvchi, albatta, bu havlining egasi bilan tanish chiqar. 
3.Qayin ota, qayin ona, kuyav... Bu uch burchaklik o‘lturmishdan Otabek ko‘nglida 
necha turluk shubha tug‘ilmoqda edi. 4. Saratonning ikkinchi kuni... Marg‘ilonning 
shimolida bo‘lg‘an B... mahallasining kunchiqar tomonida janubga qarab burulg‘an 
tor ko‘chaning yuqorig‘i burchagida otining tizginini ushlagani holda bir yigit 
kiyimiga o‘lturgan chang-to‘zonlarini qoqar edi. (A.Qodiriy) 5. Tong. Hali oftob 
chiqmagan bo‘lsa ham, ko‘pchilik beklar va mulozimlar devonda hozir erdilar. 6. 
Toshkent... O‘n besh-yigirma yildan beri urushning sovuq nafasi tegmagan bu 
shahar Samarqandga nisbatan osuda hayot kechirmoqda edi. (P.Qodirov)  

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling