1. Sevimli shoir Erkin Vohidov ularni shunday ta’riflagan: Ularda reja bor, ish bor, g’ayrat bor
Download 15.51 Kb.
|
falsafa mantiqiy savollar
1.Sevimli shoir Erkin Vohidov ularni shunday ta’riflagan: Ularda reja bor, ish bor, g’ayrat bor, Ular hordiq kun qilmaslar talab. Dushanba boshlari og’rimas nahot? Kechikib kelmaslar ishga ertalab! O’zbekiston qahramoni Erkin Vohidov ular deganda nimani ta’riflagan? To’g’ri javob: Ushbu she’rning nomi “Temirtan” edi, ular deb robotlar ta’riflangan. 2. Qiziqarli savol: Yaqinda g’arb matbuotida dunyodagi eng yoqimsiz budelniklar ro’yxati e’lon qilindi. Bu ro’yhatda 5- o’rinni olgan budelnikni o’chirish uchun siz krossvord yechishingizga to’g’ri keladi. 4- o’rindagisi esa ertalab sizni har xil haqoratli so’zlar bilan uyg’otadi. 3- o’rin mozayka budelnigiga nasib qildi. Tovuq shaklidagi budelnik 2- o’rinni olgan bo’lib, u ertalab bir nechta tuxum tug’adi. Tuxumlarni yig’ib joyiga qo’ymaguningizcha tovuqning ovozi o’chmaydi. 1- o’rinni olgan budelnik ishga tushganidan so’ng uni o’chirish uchun ancha harakat qilishingizga to’g’ri keladi. Aslida uni o’chirish unchalik qiyin ish emas, bitta tugmani bosish kifoya, lekin bu tugmani bosishdan oldin siz boshqa bir ishni qilishingiz talab qilinadi. Siz budelnikni o’chirish uchun nima qilishingiz kerak? To’g’ri javob: Budelnikni qidirib topish kerak. Chunki, u ishga tushishi bilan qochib ketib berkinib oladi. 3. Kembridj universiteti matematika o’qituvchisi eng a’lochi talabaga bir ishi uchun yog’och qoshiq berar edi. Aytingchi, qanday ishi uchun shunday qilardi? To’g’ri javob: Past baho olsa uyaltirish uchun yog’och qoshiq berardi. 4. Qiziqarli boshqotirma. Ikkita bir xil stakan. Ularning birida sut, ikkinchisida kofe. Ularning miqdori bir xil. Birinchi stakandan 1 qoshiq sut olib ikkinchi stakanga solindi va aralashtirildi, keyin ikkinchi stakandagi sut aralashgan kofedan bir qoshiq olib sut solingan stakanga quyildi va aralashtirildi. Savol: sutda kofe ko’pmi, kofeda sut? To’g’ri javob: Har ikkisida ham miqdor teng. 5. Geografiya fanidan savol: Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Kenya, Braziliya, Kongo. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima? To’g’ri javob: Bu mamlakatlar ekvatorda joylashgan. 6. Kulgili savol: Tuyaga qushning tuxumini bostirsa nima bo’ladi? To’g’ri javob: Isrof bo’ladi. 7. Yuliy Sezar g’animlar o’qiy olmasligi uchun mahfiy maktublarini maxsus shrift bilan yozar edi. Mana maxsus shriftda yozilgan so’zga namuna: nblubd. Shriftni tushunganlar bu so’zni maktab deb o’qishgan. Namunaga diqqat bilan qarab aytingchi, mahfiy shriftning qoidasi nima edi? To’g’ri javob: Ushbu mahfiy shriftning qoidasi so’z yozishda har bir harfning o’zini emas, o’zidan keyin keladigan harfni yozish edi. 8. Topishmoq: Dengiz ham emas, yer ham emas. Unda kema ham suzmaydi, odam ham yurmaydi. To’g’ri javob: Botqoqlik 9. Bir podsho u bilan suhbatga kelgan kishilarni taxt oldidagi sherning ochiq og’ziga qarab gapirishni talab qilgan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, shoh nega shunday yo’l tutgan? To’g’ri javob: Shohning qulog’i og’ir bo’lgan. Sher unga rupоr vazifasini bajargan. 10. U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’I, u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. Bu qaysi qush? To’g’ri javob: Pingvin 11.Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, ushbu soha vakillari chap quloqlarining yaxshi eshitmasligidan ko’p shikoyat qilishadi. Ushbu soha vakillarini toping. To’g’ri javob: Skripkachilar 12. Ikkita soat taqib yuradigan kasb egalari kimlar? To’g’ri javob: Futbol hakamlari 13. Undan qancha olsangiz, shuncha kattalashib boraveradi. U nima? To’g’ri javob: Chuqur 14.Bir kuni chol ikki nabirasi bilan yo’lga chiqibdi. Ular yo’lda ketayotib katta daryoga duch kelibdi. Daryoda qayiq bor ekan. Qayiq esa faqatgina 100 kilogram yukni ko’tara olarkan. Chol o’zi 100 kilo ekan. Nabiralar esa 50 kilodan ekan. Ular daryoni u betiga o’tishlari shart. Qanday qilib o’tib olish mumkin? To’g’ri javob: Dastlab nabiralar o’tadi, ulardan biri tushib qolib biri qaytadi. Bu safar bobo narigi betga o’tadi va u yerdagi nabira qayiqqa o’tirib bu tarafda qolgan nabira bilan birgao’tadi. 15. Bir kishi sochini oldirib bo’lib qancha bo’ladi dedi. Usta esa g’aladanda necha so’m bo’lsa shuncha tashlab 2000 so’m oling dedi .Keyingi odamga ham shu qaytarildi va 3- odam ham g’aladanda qancha bo’lsa shuncha pul tashlab 2000 so’m olib chiqib ketdi va galadanda pul tugadi. Dastlab g’aladonda necha so’m bor bo’lgan? To’g’ri javob: 1750 bor bo’lgan. 1- kishi shuncha tashlasa 3500 bo’ladi, 2000 qaytarib olsa 1500 qoladi. 2- kishi 1500 tashlasa 3000 bo’ladi 2000 qaytarib olsa 1000 qoladi. 3- kishi 1000 tashasa 2000 bo’ladi, 2000 qaytarib olsa pul qolmaydi. 16.Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi? To’g’ri javob: 9 ta 17.Ikki kishi daryo sohiliga keldilar. Ularning har ikkisi ham daryoning narigi tarafiga o’tishi kerak edi. Sohilda bitta qayiq bo’lib u faqat bir kishini ko’tara olardi. Shunga qaramay ular maqsadlariga yetdilar. Ular buni qanday uddalashdi? To’g’ri javob: Ular daryoning turli sohillarida edilar. 18.Rimliklar sanchqi (vilka) konstruktsiyasiga revolyutsion yangilik kiritishdi. Sanchqilarning barcha keyingi modellari ularning kashfiyoti varianti qilib yasala boshlandi. Bu kashfiyotdan oldin sanchqi qanaqa edi? To’g’ri javob: Bir tishli edi. 19.Shunday shahar borki o’n to’rt soniga A harfini qo’shib yozilsa, shaharni nomi kelib chiqadi. U qaysi shahar? Toʻgʻri javob: XIVA 20.Tarixdan savol: Aholini ro’yhatga olish qadimgi misrdan boshlangan. Ular eramizdan avvalgi 3,5 ming yil avval bu ishni amalgam oshirganlar. Savol: aholini ro’yhatga olishdan maqsad nima bo’lgan?To’g’ri javob: Ular zaxiradagi lashkarlar sonini aniqlash uchun bu ishni qilganlar. Download 15.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling