1. Shahar hududida issiqlik ta’minotini


Download 269.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2023
Hajmi269.71 Kb.
#1388914
Bog'liq
Taqdimot (1)



1. Shahar hududida 
issiqlik ta’minotini 
loyihalash.
Issiqlik Tarmogʻini 
joylashtirish.
Burxon Haydarov



2020-2021-yillar kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazishda, respublika 
hududiga sovuq havoning kirib kelishi munosabati bilan joriy yilning 12-14-
oktyabr kunidan boshlab koʻp kvartirali uylar va ijtimoiy soha obyektlari 
issiqlik energiyasi bilan taʼminlab kelinmoqda.


Bugungi kunda respublika miqiyosida 38 382 ta koʻp qavatli uylar mavjud 
boʻlib, ulardan 15 120 tasi (39,4%) markazlashgan issiqlik taʼminotiga, 5 588 
tasi (14,6%) induvidual (ikki konturli qozonlar, kontramarka, goland pechlari 
orqali) issiqlik taʼminotiga ega. Qolgan 46%, yaʼni 17 674 ta koʻp qavatli uylar 
boshqa turdagi loyihasiz (konditsioner, elektr isitgichlar va koʻlbola isitish 
moslamalaridan) foydalanib kelmoqda. Mazkur uylarning aksariyati 2 va 3 
qavatli uylardan iborat.



Bugungi kunda respublika boʻyicha Buxoro (68%), Navoiy (85%), Toshkent (66%) viloyatlari va 
Toshkent shahrida (100%) markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimi mavjud.


Respublikadagi 20 ta faoliyat yuritayotgan issiqlik taʼminoti korxonalari balansidagi 500 ta 
qozonxona ish faoliyatida boʻlib, ushbu qozonxonalardagi qozonlar maʼnan eskirgan.


Mavjud 4 500 km issiqlik tarmoqlaridan 2 500 km qismi (60%) taʼmirtalab ahvolda, tarmoq 
yoʻqotishlari esa 40 foizni tashkil etmoqda.


Oʻtgan mavsumdagi kamchiliklar taʼhlili natijalari asosida hamda tegishli vazirlik va idoralar 
bilan kelishilgan holda “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kavatli uy-joy 
fondini 2021/2022-yillar kuz-qish mavsumiga barqaror ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi.



Qarorga koʻra 2021-yilda vazirlik tasarrufidagi issiqlik taʼminoti tashkilotlarida jami 
578 ta markaziy va mahalliy qozonxonalar hamda issiqlik tarmoqlarida sinov 
tekshiruv ishlari amalga oshirilib, natijasiga koʻra 94 ta qozonxonalar, 930 ta 
qozonlar va 747 km issiqlik tarmoqlari mukammal va joriy taʼmirlanishi belgilab 
olindi.


Bugungi kunga qadar belgilab olingan ishlar boʻyicha quyidagi ishlar amalga 
oshirildi:


28 ta markaziy va mahalliy qozonxonalar, 94 ta qozon uskunalari va 217 km 
uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari toʻliq mukammal taʼmirlandi.


Shuningdek, 66 ta markaziy va mahalliy qozonxonalar, 836 ta qozon uskunalari 
hamda 530,0 km issiqlik tarmoqlari toʻliq joriy taʼmirlandi.



Respublika miqiyosida viloyatlar boʻyicha barcha obyektlarda taʼmirlash ishlari yakunlangan.


Kuz-qish mavsumini barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etilib, 
tegishli vazirlik, idoralar va hududiy hokimliklar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar monitoring qilinib 
kelinmoqda.


Issiqlik taʼminoti korxonalarida tashkil etilgan avariya-dispetcherlik xizmatlari


Hozirda viloyatlardagi barcha hududiy boshqarma va korxonalarda “Viloyat shtabi” tashkil etilib, 
shtabga sohaga aloqador masʼul xodimlar biriktirilgan.


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent 
shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmalari bilan birgalikda kuz-qish mavsumida 
issiqlik taʼminoti tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini zudlik bilan bartaraf 
etish maqsadida, barcha issiqlik taʼminoti korxonalarida “24 soat”li “dispetcherlik xizmati” yoʻlga 
qoʻyilgan



Qozonxona hamda issiqlik tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf 
etilishida issiqlik taʼminoti korxonalari tizimida tashkil etilgan tun-u kun 
xizmat koʻrsatuvchi avariya-brigadalari tashkil etilib, avariyalarni bartaraf 
etilishida zarur boʻlgan asbob-uskuna va anjomlar (kislorod balon, payvandlash 
uskunasi, turli diametrdagi quvurlar, zulfinlar) bilan taʼminlangan.


Bugungi kunga qadar Andijon, Buxoro va Namangan viloyatlaridan tashqari 
barcha viloyatlarda 2021-2022-yil isitish mavsumi boshlandi.


Isitish mavsumida birinchi navbatda ijtimoiy soha obyektlari, undan soʻng 
koʻp qavatli uy-joy fondi va maʼmuriy binolari issiqlik energiyasi bilan 
taʼminlanishi rejalashtirilgan.



Issiqlik bilan taʼminlanmagan koʻp kvartirali uylar va mavsumni oʻtkazish boʻyicha koʻrilayotgan 
choralar


Joriy yilda respublika byudjeti, investitsiya dasturlari, hamda qator moliyaviy jamgʻarmalar 
hisobidan issiqlik taʼminoti tizimini tiklash yuzasidan ishlar ham amalga oshirilmoqda. 
Jumladan:


Investitsiya dasturi doirasida 100,0 mlrd.soʻm mablagʻ hisobidan 5 ta Yangiyoʻl shahridagi 
“RK-1”, va “Turon” qazonxonalarida, Samarqand shahridagi “RK-1” qazonxonasida, Margʻilon 
shahridagi 130 ta koʻp qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash, hamda Keles 
shaharchasidagi koʻp qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash ishlari olib borilmoqda.


“Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan Namangan shahar issiqlik 
taʼminotini rekonstruksiya qilish loyihasi boʻyicha ishlar davom etmoqda.



Loyiha nihoyasiga yetgach, Namangan shahridagi 350 ta koʻp qavatli uylar (16 334 
xonadon) va 37 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanadi.


Bundan tashqari Toshkent viloyatidagi koʻp kvartirali uylarni issiqlik bilan 
taʼminlash boʻyicha “Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi” hisobidan 19,0 mln.AQSH 
dollari ajratilgan.


Loyiha natijasida Toshkent viloyatidagi 868 ta koʻp kvartirali uylar va 42 ta 
ijtimoiy soha obyektlari issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanadi.


Shuningdek, “Orol boʻyi mintaqasini rivojlantirish” jamgʻarmasi hisobidan Xorazm 
viloyatida issiqlik taʼminotini yaxshilash maqsadida, 2021-yil uchun 34,4 mlrd.soʻm 
ajratilgan. Bugungi kunda mazkur amalga oshirilayotgan ishlar 90% ga bajarildi.



Loyiha natijasida Xorazm viloyatidagi 78 ta koʻp kavatli uylar va 25 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanadi.


Shu bilan birga Jahon banki ishtrokida Chirchiq shahrida amalga oshirilishi boshlangan loyiha 1-noyabrga qadar oʻz yakuniga yetkaziladi. 
Loyiha yakunlangach, 13 ta koʻp qavatli uylar va 2 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi. Qolgan lotlat boʻyicha 
tender savdolari oʻtkazilib, pudrat tashkilotlari tomonidan ishlar boshlab yuborilgan.


✔️ Toshkent shahar “Toshissiqlikquvvati” tomonidan amalga oshirilgan ishlar


Toshkent shahar “TOSHISSIQQUVVATI” DUK tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilib
quyidagi ishlar amalga oshirildi:


- qozonxonalardagi 5 ta qozonlarni mukammal taʼmirlash;


- qozonxonalardagi 671 ta qozonlarni joriy taʼmirlash;


- eskirgan 157,491 km quvurlarni qayta yotqizish;



Issiqlik korxonasi tomonidan “Obod mahalla” dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, dasturda rejalashtirilgan ishlar xozirgi kunga bajarilgan. 
Jumladan,


- 26 dona qozonlarni joriy tajmirlash;


- 4,026 km.quvur eskirgan issiqlik quvurlarni almashtirish;


- 3,555 km quvurlarning issiqlik izolyatsiyasini qayta tiklash;


- 12,754 km kanal issiqlik quvurlarni joriy taʼmirlash;


- 6 dona nasos stansiyalarni joriy taʼmirlash;


- 25 dona zulfinlarni taʼmirlash va almashtirish;


- 233 dona havodan oʻtgan issiqlik quvurlarni ustunlarini boʻyash ishlari amalga oshirildi.








E’tiboringiz uchun rahmat!

Burxon Haydarov

Document Outline

  • Slide 1: Shahar hududida issiqlik ta’minotini loyihalash. Issiqlik Tarmogʻini joylashtirish.
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9
  • Slide 10
  • Slide 11
  • Slide 12
  • Slide 13
  • Slide 14
  • Slide 15
  • Slide 16

Download 269.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling