1. Shaharlarni obodonlashtirish Aholi yashaydigan manzillarni obodonlashtirish Shahar hududini ko’kalamzorlash tirish Xulosa


Download 148.93 Kb.
bet3/5
Sana14.02.2023
Hajmi148.93 Kb.
#1198128
1   2   3   4   5
- tez yurar yo’llar

– transport vositalarining maksimal tezlikda to’sqinliksiz va uzluksiz harakat qilishini ta’minlaydi.

Bu yo’llar shaharning uzoqda joylashgan tumanlarini o’zaro bog’laydi, shahar ko’chalari va yo’lovchilar o’tish joylarining kesishuv sathini turli past-balandlikda tarhlaydi va shuningdek, shaharning turar-joy – mikro tumanlarida ham huddi shunday yo’llarni tashkil etadi.

- magistral ko’chalar

– o’z navbatida umumshahar va tuman ahamiyatiga ega bo’lgan magistrallarga bo’linadi.

Bu ko’chalar ko’p qavatli ma’muriy, jamoat, savdo, madaniy-maishiy va uy-joy binolari bilan qurilgan bo’ladi.

- mahalliy ahamiyatli ko’cha va yo’llar

– mikrotumanlar, mahallalar va alohida guruh bo’lib joylashgan turar-joy binolarni o’zaro bog’lash maqsadida xizmat qiladi.

Bular shaharning magistral ko’chalari, yo’lovchilar yo’llari, ish joylari, savdo tarmoqlari, transport bekatlari va hokazo joylarga ham xizmat qiladi.
Shahar ko’cha va yo’llarining asosiy elementi – yurish qismi transport harakatiga qaratilgandir. Yo’lning yuqori qismi yo’l qoplamasi (asfalt) bilan mustahkamlangan bo’ladi. Yurish (harakat) qismlarini eni bordyurlar bilan chegaralanadi.
Yurish qismlari o’rtasi chiziq (devor) bilan bo’lingan bo’ladi. Ba’zida magistral ko’chalarda parallel bo’lgan yo’l tashkil qilinadi. Bunday yo’llar transport harakatini u yoki bu tomonga o’tkazish qobiliyatini ko’paytirish uchun ko’mak bo’ladi.
Shahar yo’llarining eni: tezyurar yo’llarda 3.75 m, magistral umumshahar yo’llarida 3.5-3.75 m, tuman magistral yo’llarida 3.0-3.5 m o’lchamlarda qabul qilingan. Har bir yo’lning transport oqimini o’tkazish qobiliyati me’yoriy hujjatlarda (KMK) ko’rsatilgan.
Yo’lning bir tomonlama harakat qismini ko’chaning harakat qismining eniga qarab transport oqimlarini o’tkazishda taqsimlash koeffitsiyenti qo’llanadi va u quyidagicha aniqlanadi:
birinchi qator - 1.00
ikkinchi qator - 0.85
uchinchi qator - 0.70
to’rtinchi qator - 0.50
Piyodalarning harakati uchun piyodalar yo’lagi (trotuar) tashkil qilinadi. Ular ko’chaning ikki tomonida joylashtiriladi va qizil chiziqchaga (binolarni qurilish chizig’igacha) cheklangan bo’ladi. Magistral ko’chalarda piyodalar yo’laklarini eni 3,4,5 m ni tashkil qiladi.
Ko’cha bo’ylab ko’kalamzorlashtirish transport haydovchisining ko’rish darajasini oshiradi. Biroq, daraxtlar transport haydovchilariga yo’l belgilarini va svetoforlarni ko’rishga halaqit byermasligini inobatga olib, tegishli chora-tadbirlarni qo’llash talab etiladi.
Shahar yo’llarini va ko’chalarini loyihalashda yo’l tarx (plan)li bo’ylama shakllar, ko’ndalang shakllar va yo’l qoplamalarini konstrukstiyalari asosida belgilanadi.
Planli loyihalash – ko’cha elementlarini: yurish (harakat) va o’tish qismi, piyodalar yo’lagi, ko’kalamzor zonasi o’zaro joylanishini aniqlashdan iborat. Loyihalashda ko’chani boshqa mavjud ko’chalar bilan uyg’unlashtirish ko’zda tutiladi, kichik arxitektura shakllarini qo’llash va dizaynga e’tibor byerish tavsiya etiladi.
Bo’ylama shakl – ko’chaning balandlik joylanishini (vyertikalnaya planirovka) aniqlaydi. Bu ko’cha o’qi bo’ylab vyertikal bo’ylama tekislikdagi kesimdir. Ko’cha trassasi alohida uchastkalarga bo’linadi, chegarasi – piketlar deyiladi. Ko’chaning shakli yerning tabiiy relefini hisobga olingan holdagi loyihasi hisoblanadi. Biroq, transport oqimlarining harakatini ta’minlash balandliksiz bo’lishi ma’qul. Masalan, tezkor yo’llarda maksimal past-balandlik – 40%, mahalliy ko’chalarda – 80% bo’lishi lozim.
Ko’ndalang shakl bir yoki ikki qiyalik bo’lib atmosfyera suvlarini ko’chaning harakat qismidan bartaraf etish uchun loyihalashtiriladi. Ko’ndalang shaklning ko’rinishi harakat qismining kengligiga va yo’l konstrukstiyasiga bog’liq.
Shahar ko’chalari va yo’llarining yurish qismini ustki sahni yo’l qoplamasi (asfalt) bilan jihozlanadi. Yo’l qoplamalari mustahkam, chidamli va suv o’tkazmaydigan bo’lishi kyerak. Ular avtomashina shinalarini yo’l bilan ishlashining yuqori koeffistientini va yo’lning sanitar-gigienik sifatlarini ta’minlash hamda yuvish va yig’ishtirishga qulay bo’lishi lozim. Yo’l qoplamasining qobiliyati bo’lajak transport vositalari harakatining intensivligi va transport turlari bilan uzviy bog’liq bo’ladi va bu holat loyihada ko’zda tutiladi.
Yo’l qoplamalari maxsus tayyorlangan yer qoplamasiga joylashtiriladi. Qoplama bir necha qatlamdan iborat bo’ladi. Avvalo, yo’lga to’shovchi qavat drenaj va issiqlik izolyastiyasi sifatini bajaradi. Yo’l qavatining asosi bir, ikki, ba’zida esa uch qatlam ham bo’ladi. U yo’l konstrukstiyasining muhim qismidir. Yo’l qoplamalarining asosi (poydevori) – qumloqdan, barqarorlashtirilgan tuproqdan, bo’sh navli toshdan va qayroq toshdan ham bo’lishi mumkin.
Respublikamiz hududidagi yerlarning asosiy qismi sog’ tuproq (lyossovыy grunt)dan iborat. Bu tuproqning gidrogeologik xususiyati namlanganda o’zining qattiqligini yo’qotib, cho’kish holatiga olib keladi. Bunday holatlardan kelib chiqilgan holda ko’cha va yo’l qoplamalarining 40% dan ortig’ini ishdan chiqishi amaliyotda yuz byerib kelmoqda. Bu muammoning birinchi tomoni. Ikkinchisi shundaki, ko’cha va yo’l qoplamalarini yotqizishda loyihadagi texnologik jarayonning talablari to’la bajarilmaydi, kyerakli texnika va mexanizmlar hamda masalliq (asfalt) tayyorlashda bog’lovchi matyeriallar (bitum va hokazolar)ning yo’qligi yoki sifati past bo’lganligi sabab bo’lmoqda.
Bulardan bo’lak ko’cha va yo’llar loyihasida obodonchilashtirish ishlarining ayrim elementlari ham bajarilmaydi. Masalan, ko’cha va yo’llarning past-baland joylarida zinapoyalar yo’qligi, bor bo’lganda ham loyiha o’lchamlariga javob byermasligi, katta yo’llar chetlarida chegaralovchi bordyurlar yo’qligi, kichik arxitektura shakllari qo’llanilmasligi yoki past darajada ekanligi va shular kabi hokazo nuqsonlar ko’cha landshaftiga ziddiylik keltirmoqda. Piyodalar yo’lkalarining yer sathidagi qoplamalari tadbirkorlar tashabbusi bilan turli past-balandlikda bajarilmoqda. Bu esa piyodalarning qoqilishiga va jarohatlanishiga olib kelmoqda. Bularning barchasiga chek qo’yish uchun loyiha talabiga ko’ra mas’uliyatni kuchaytirish lozim.
Shaharlarni va aholi yashaydigan manzillarni tashqi yoritishda maxsus fonarlar: RKU-125, RKU-250, SPOR-250, SVR-125, SVR-250, SPPR-125, SPO-200, NKU-200 shuningdek, DRL-125, DRL-250, LN-200, LN-150 va LN-100 qo’llaniladi.


Download 148.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling