1. шахмат pra indd
Eron estalik do‘konida shaxmat
Download 41.93 Kb. Pdf ko'rish
|
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)
1.13.2. Eron estalik do‘konida shaxmat Shaxmat uzoq vaqtdan beri sport turlaridan biriga aylandi. Ammo bu millionlab odamlarni xuddi shunday shaxmat o‘ynashga, o‘yindan zavqlanishga to‘sqinlik qilmaydi. Fors do‘konida yog‘och, suyak va metall bilan bezatilgan eksklyuziv Eron shaxmatini va an'anaviy fors rasmlarini topishingiz mumkin. Shaxmat o‘zi erishgan bu sizning xo‘jayiningiz, hamkasbingiz, do‘stlaringiz yoki yaqinlaringiz uchun ajoyib sovg‘adir. 30 1.13.3. Birinchi xalqaro shaxmat turniri Jahon birinchiligi tarixi xalqaro shaxmat aloqalariga asos solingan va ko‘p mamlakatlarning vakillari musobaqalarda qatnashgan davrdan boshlanadi. Shu nuqtayi nazardan birinchi xalqaro turnir shaxmat tarixida muhim voqea bo‘lib qolgan. 1851 yil 8 fevralda Londonlik Govard Staunton imzosi bilan 32 shaxmatchiga taklifnoma yuborildi. Bu turnirda to‘rt mamlakatdan 16 shaxmatchi qatnashdi. Turnir hozirgidan butunlay boshqacha, murakkab va chalkash tizim bo‘yicha o‘tkazilgan. Natijada, 1-o‘rinni Germaniya vakili Adolf Andersen egallagan, 2– 3–4-o‘rinlarni esa Angliya vakillari – Ueyvil, Villiams va Stauntonlar bo‘lib olgan. Birinchi xalqaro turnir jahonning boshqa mamlakatlarida shaxmat taraqqiyotiga zo‘r ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Musobaqalarning soni yil sayin ortdi, shaxmat klublari tashkil etildi. 1857 yil oktyabrida Nyu-Yorkda Amerika shaxmat Kongressi bo‘lib o‘tdi. Kongress bilan bir vaqtda AQSHning birinchi chempionati o‘tkazildi. Unda Amerika va Yevropalik 14 ta eng kuchli shaxmatchilar, jumladan L.Paulsen, T.Likstengeyn qatnashdi. Bu turnir shaxmat tarixida alohida o‘rin tutgan. SHaxmat tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan Pol Morfining shu musobaqadan keyin shuhrati yanada oshdi. Pol Morfi 1837 yil 22 iyunda AQSHning Nyu-Orlean shahrida tug‘ilgan. U 1850 yilga kelib nomdor shaxmatchi bo‘lib yetishadi. 1857 yil o‘tkazilgan AQSH chempionatida Pol Morfi birinchi mukofotni qo‘lga kiritadi. SHundan so‘ng Yevropaning eng kuchli shaxmatchilari bilan uchrashish va o‘z mahoratini sinab ko‘rish harakatiga tushadi. Shu maqsadda 1858 yil iyun oyida Angliyaga jo‘naydi. Pol Morfi Yevropada deyarli bir yilcha bo‘lib, taniqli shaxmatchilarning hammasi bilan o‘ynaydi va ketma-ket g‘alaba qozonadi. 1858 yil dekabrda Morfi Yevropaning eng kuchli 31 shaxmatchisi Andersen bilan bahslashadi. Bu musobaqa rasmiy bo‘lmasa ham, aslida jahon birinchiligi uchun o‘tkazilgan o‘yin edi. Bu matchda 11 partiya o‘ynaldi. Shundan 7 tasini Morfi yutgan, 2 partiyada yutqazgan va 2 partiya durang bilan yakunlangan. Ajoyib g‘alabalarga erishgan Pol Morfi 1859 yil iyunda AQSHga qaytib keladi. Pol Morfining iqtidoriga qoyil qolgan ishqibozlar zo‘r olqishlar bilan kutib, Nyu-York universiteti katta zalida donalari oltin va kumushdan bo‘lgan, badiiy bezab yasalgan shaxmat taxtasi hamda shaxmat donalari yopishtirilgan oltin soat sovg‘a qilishadi. Morfi Nyu-Orleanga qaytgach, yuridik fanlar bilan shug‘ullandi. Mamlakatning shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasida fuqarolar urushi boshlanib ketganligi sababli Morfi 1862 yil Gavanaga (Kuba), so‘ng Fransiyaga ketadi va 1864 yil vataniga qaytib keladi. Pol Morfi 60-yillarning boshlarida musobaqalarga qatnashmay qo‘yadi va 1869 yil shaxmat o‘ynashdan butunlay voz kechadi. Pol Morfi shaxmatdan ketgach, 1862 yil Londonda bo‘lib o‘tgan jahon shaxmat jamoatchiligining ikkinchi xalqaro turnirida Andersen g‘olib bo‘lgan. SHaxmat o‘ynamay qo‘ygan Pol Morfi ruhiy kasallikka chalinadi va 1884 yil vafot etadi. Uning shaxmatdagi yutuqlari tarixdan munosib o‘rin oldi. 1866 yilda Andersen o‘tgan asr oxirining ajoyib shaxmatchisi Vilgelm Steynits bilan bahslashadi. Bu bellashuv rasmiy bo‘lmasa ham aslida jahon birinchiligi darajasidagi o‘yin edi. Uchrashuv 8:6 hisobi bilan yosh Steynits foydasiga hal bo‘ladi. O‘tkazilgan 14 partiyaning birortasida ham durang qayd etilmaganligi bahslar naqadar keskin va murosasiz kechganligidan darak beradi. SHaxmat bo‘yicha jahon chempioni degan unvonni rasman birinchi bo‘lib Vilgelm Steynits (1886 yil) olgan. Lekin unga qadar 32 ham Yevropada tan olingan mohir shaxmatchilar bo‘lgan. Ular quyidagi jadvalda keltirilgan. Download 41.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling