1 Shermuxamedov B. U. – Tми


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana02.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#201754
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o`rni

www.interfinance.uz 

                                                                                                                     

2

 

Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyev  ta’kidlab  o`tganlaridek:  “...jiddiy  va 



kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo`nalish bor. Bu-xususiy mulk va 

tadbirkorlikni 

yanada 

rivojlantirish 

va 

ularning 



ta’sirchan 

himoyasini 

ta’minlashdir”[1].  Jamiyatimizning  iqtisodiy  negizi bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan. 

Bozor  iqtisodiyotining  tayanchi  sifatida  esa  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

sohasi  muhim  o`rin  egallaydi.  Ushbu  sohani  jadal  rivojlanishini  ta’minlash 

maqsadida  qonunchilik  bazasini  takomillashtirib  borish  ob’ektiv  zaruriyat 

hisoblanadi.  Chunki,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sohasi  mamlakat 

iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadini 

oshirishning  muhim  omili  hisoblanadi.  Mamlakatimizda  ham  barqaror  ijtimoiy-

iqtisodiy  o`sishni  ta’minlashda  kichik  biznes va xususiy  tadbirkorlik sub’ektlarining 

o`rni  beqiyosdir.  Xususan,  ularning  yalpi  ichki  mahsulotdagi  salmog`i  muntazam 

o`sib,  2016  yil  yakunlari  bo`yicha  56,9  foizga,  sanoatda  esa  45  foizga  oshdi. 

Shuningdek  ish  bilan  band  aholining  78  foizi  mazkur  sohada  mehnat  faoliyatini 

yuritmoqda.  Ushbu  ko`rsatkichlarga  erishishda  tijorat  banklari  kreditlash  hajmining 

oxirgi yillarda o’sishi ham muhim omillardan hisoblanadi. [1]. 

O`zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirishning  2017-2021  yillarga 

mo`ljallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xususida 

quyidagilar ta’kidlangan: “...kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni 

yaratish,  jamiyatning  ijtimoiy  barqarorligini  asosi  hisoblanuvchi  o`rta  mulkdorlar 

sinfini  shakllantirish,  raqobat  muhitini  vujudga  keltirish  va  barqaror  iqtisodiy 

o`sishga erishishda muhim omil bo`lib hisoblanadi” [2] 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  mamlakatimiz  iqtisodiyotidagi 

ahamiyatini  oshirishda  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  2016  yil  5 

oktyabrdagi  “Tadbirkorlik  faoliyatining  jadal  rivojlanishini  ta’minlashga,  xususiy 

mulkni  har  tomonlama  himoya  qilishga  va  ishbilarmonlik  muhitini  sifat  jihatidan 

yaxshilashga  doir  qo`shimcha  chora-tadbirlar  to`g`risida”gi  farmoni  alohida  rol 

o`ynadi,  chunki  bu  farmonda  xususiy  mulkni  huquqiy  himoya  qilishni  yanada 

kuchaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  uchun  qulay  shart-sharoitlar 

yaratish va har tomonlama qo`llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratilgan[3]. 

Mamlakatimiz  iqtisodiyotini  taraqqiy  ettirish,  yangi  ish  o`rinlarini  yaratish 

bilan  bog`liq  masalalarni  hal  etishda  tadbirkorlik  faoliyatini  erkinlashtirish  juda 

muhimdir,  aynan  ushbu  masalaga  berilgan  e’tibor  yuqorida  ta’kidlab  o`tilganidek, 

ushbu  sohaning  mamlakatimiz  YaIMdagi  ulushini  doimiy  oshib  borishiga  sabab 

bo`lmoqda. 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  har  tomonlama  qo`llab-quvvatlashga 

qaratilgan  chora-tadbirlarning  amalga  oshirilishi  natijasida  2016  yilda  tadbirkorlik 

bilan shug’ullanayotgan sub’ektlar soni 32 mingtaga yaqinni tashkil etdi. [3] 



“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 5, октябрь, 2017 йил 


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling