1. Shevaga xos birlik ishtirok etgan gapni toping


Download 17.04 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.04 Kb.
#1514054
Bog'liq
Test


1.Shevaga xos birlik ishtirok etgan gapni toping.
a) Dohiy o‘rnidan turib, to‘rt tarafga qaray-qaray nutq irod eta ketdi.
b) Muhrdor chaqirtirildi va qog‘ozdagi farmoyishlarga podshoning muhri bosildi.
c) Shundoq ketivossam, ro‘paramdan ikkita davangi kevotti.
d) Ikki g‘arib bir yoqadan bosh chiqargan edik.
2. Badiiy uslubga xos bo‘lgan gapni aniqlang.
a) Ma’lumotnoma tuman hokimiyatiga ko‘rsatilsin.
b) Stakanlarning ikkovida ham rangli eritma bor.
c) “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mustaqillik sharofatidir.
d) Butun osmonni bulutlarning og‘ir, qalin, qoramtir namati qoplagan.
3. Quyidagi matn qaysi uslubga xos? Bo‘yginangdan onang o‘rgilsin! Baxtingga tasadduq bo‘lay, qizginam! Magistraturang bittimi?
a) Ilmiy uslubga
b) So‘zlashuv uslubiga
c) Rasmiy uslubga
d) Publitsistik uslubga
4. Ommaviy axborot vositalari uslubi qanday uslub sanaladi?
a) publitsistik uslub
b) ilmiy uslub
c) badiiy uslub
d) rasmiy uslub
5. Ariza, dalolatnoma, taklifnoma, qaror singari ish yuritish qog‘ozlari qaysi nutq uslubiga mansub?
a) publitsistik uslub
b) ilmiy uslub
c) badiiy uslub
d) rasmiy uslub
6. Voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali ifoda qiluvchi uslub qanday uslub hisoblanadi?
a) publitsistik uslub
b) ilmiy uslub
c) badiiy uslub
d) rasmiy uslub
7. Qaysi uslubda nutq jamiyatga qaratilgan bo‘ladi?
a) ilmiy uslub
b) badiiy uslub
c) rasmiy uslub
d) publitsistik uslub
8. Qaysi uslubda hamma uslubning elementlari namoyon bo‘ladi?
a) so‘zlashuv uslubi
b) badiiy uslub
c) rasmiy uslub
d) publitsistik uslub
9. Qaysi uslubda matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatdagi fe’llar orqali ifodalanadi?
a) so‘zlashuv uslubi
b) badiiy uslub
c) rasmiy uslub
d) publitsistik uslub
9. Asosan badiiy uslubga xos bo‘lgan ( izn bermoq) so‘zining sinonimini aniqlang.
a) ixtiyor
b) erk
c) nishona
d) ijozat
10. Qaysi nutq uslubi muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega?
a) publitsistik uslub
b) so‘zlashuv uslubi
c) badiiy uslub
d) rasmiy uslub
11. Quyidagi gaplardan ilmiy uslubga tegishlisini belgilang.
a) Qani endi, barchasi ham senga o‘xshasa.
b) Mayin shamol daraxt yaproqlarini asta tortqilaydi.
c) Mushfiq onaning hasratlari bir dunyo edi.
d) Yonishning tashqi belgisi issiqlik va yorug‘lik chiqishidir.
12. Har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub qanday nomlanadi?
a) publitsistik uslub
b) ilmiy uslub
c) badiiy uslub
d) rasmiy uslub
13. Atamalarga tayanib, fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub qanday uslub sanaladi?
a) publitsistik uslub
b) ilmiy uslub
c) badiiy uslub
d) rasmiy uslub
14. Atamalar, qoidalar, ta’riflar qaysi uslubni hosil qiladi?
a) publitsistik uslub
b) ilmiy uslub
c) badiiy uslub
d) rasmiy uslub
15. Qaysi qatorda berilgan gapda ilmiy atama ishtirok etgan?
a) Mirzakarimboyning qo‘li uzun, bu ishlarni uddalaydi.
b) Vodorodning metallmas moddalar: xlor va azot bilan birikishi reaksiyasi asosida sanoatda xlorid kislota va ammiak ishlab chiqariladi.
c) Bolalar daraxtga shoti qo‘yib, qushlar uchun in o‘rnatdilar.
d) Hunari yo‘q kishidan, bigizi bor yamoqchi yaxshi.
16. Qaysi qatorda ilmiy atamalar berilgan?
a) Uchak, go‘sala, mo‘rcha, kallapo‘sh
b) Ildiz, musbat, urug‘chilik, tenglama
c) Quyosh, qo‘shiq,barcha,kelmoq
d) Qolip, betlik, charm, poshna

17.Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
A) Yoshlarimizga ko‘z tegmasin, ular bizdan ko‘ra aqlliroq, bilimdonroq bo‘lib o‘sishayapti.
B) Usta Binoqul shishib ketgan oyoqlarini sudrab bosgancha zorlanib inqillaydi.
C) Qiz ertayu kech soatga qaraydi, daqiqalar sanaydi.
D) Qo‘rqoq do‘st dushmandan xafvlidir.
18. Qaysi nutq uslubining asosiy xususiyati axborotlarni tezkorlik bilan uzatish hisoblanadi?
A) badiiy uslub
B) rasmiy uslub
C) publitsistik uslub
D) ilmiy uslub
19. Publitsistik uslubga xos bo‘lgan gapni aniqlang.
A) Ma’lumotnoma tuman hokimiyatiga ko‘rsatilsin.
B) Stakanlarning ikkovida ham rangli eritma bor.
C) “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mustaqillik sharofatidir.
D) Butun osmonni bulutlarning og‘ir, qalin, qoramtir namati qoplagan
20.Qaysi qatordagi gapda paronimlarning qo‘llanishi bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
- Majlisda kamchiliklar birma-bir sanalib, ularni tezda bartaraf etish kerakligi qayt etib o‘tildi.
- Butun qishloq ahli hasharga chiqdi.
- Ot chopsa, gumburlar tog‘ning darasi.
- Yaxshiga yondash, yomondan qoch.



Download 17.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling