1. Shina o‘tkazgichlar va kabel liniyalari


Download 57 Kb.
bet1/4
Sana13.09.2023
Hajmi57 Kb.
#1677373
  1   2   3   4
Bog'liq
Shina o‘tkazgichlar




1.Shina o‘tkazgichlar va kabel liniyalari
Kuchlanish 1 kV va undan ortiq bo‘lgan tarmoqlarda izolatsiyalanmagan va izolatsiyalangan o‘tkazgichlar va kabellar ishlatiladi. Tok o‘tkazuvchi materiallar sifatida mis, aluminiy, aluminli qotishmalar va po‘latdan foydalaniladi. Bular orasida aluminiyning keng tarqalganligi uning yuqori darajadagi elektr va issiqlik o'tkazish qobiliyati, kichik zichlik, atmosfera, kimyo ta’sirlariga chidamliligi, mexanik jihatdan oson ishlov berishlik, yaxshi payvandlanish xossalari sababchi bo'Igan. Ayni vaqtda ammoniylik o‘tkazgichlar titrash (vibratsiya)ga nisbatan kam turg‘unlikka ega ekanligi va boltli birlashma va o‘lchamlar (maxsus moslamasiz) puxtaligining nisbatan past darajada ekanligini ham e’tirof etish zarur.
Tok o‘tkazgichlar elektr energiyasini uzatuvchi va taqsimlovchi qurilmalardir. Bu qurilmalarga izolatsiyalanmagan va izolatsiyalangan o‘tkazgichlar hamda ularga tegishli izolyatorlar kiradi.
6—20 kV li tok o‘tkazgichlar elektrostansiyalarda generatorlar, transformatorlar va taqsimlovchi qurilmalar bilanbirlashtirish uchun xizmat qiladi. Sanoat korxonalarida katta quvvatlarni (15—20 mVA — kuchlanishi 6 kV bo‘lganda; 25—35 mVA — kuchlanishi 10 kV va 35 mVA - 35 kV kuchlanishi) uzatganda egiluvchan yoki qattiq tok o‘tkazgichlardan foydalaniladi.
Tok o‘tkazgichga tegib ketish va atrof-muhit ta’siridan himoya qilishda ochiq va yopiq ko'rinishdagi, chang kirmaydigan va zarra sachrovlaridan himoyalangan o‘tkazgichlar mavjud. Tok o‘tkazgichlar ko'rinishi bo'yicha egiluvchan va qattiq o‘tkazgichlarga bo‘linadi.
Shinalar — izolatsiyalanmagan o‘tkazgichlar yoki o‘tkazgich tizimlari bo‘lib, izolatorlarga o‘rnatilgan holda elektr qurilmalari elementlarini borlash uchun xizmat qiladi.
Yuqori kuchlanishli taqsimlagich qurilmalari shinalari apparatlami parallel ulash (yig‘ma shinalar) va taqsimlagich qurilmalarga generatorlar, transformatorlar va boshqalami ulash uchun ishlatiladi. Yuqori kuchlanish shina o'tkazgichlarda, aksariyat, ochiq, izolatsiyalanmagan aluminiydan yoki alumin qotishmalaridan yasalgan shinalar qo‘llaniladi (8.13- rasm). Katta ishchi toki o'tuvchi zanjirlarda ko‘p qatlamli shinalardan foydalaniladi.
6—35 kV kuchlanishli tarmoqlarga sanoat korxonalarida qattiq magistral tok o‘tkazgichlar keng qo‘llaniladi. Bunda shinalar vertikal tekislikda hamda, teng tomonli uchburchak yuqori qismida (8.13-rasm) joylashgan bo'ladi. Bu konstruksiyalar tayanchli yoki osma izolatorlarda amalga oshiriladi.'
Yuqori kuchlanish tok o‘tkazgichlarini ochiq havoda (tayanchlarga osilgan holda) yoki shinali galereyalarda, koridor va tunellarda (shipga yoki konsolga izolator yordamida osilgan holda) o'tkaziladi. Yuqori kuchlanishli ochiq konstruksiyali tok o‘tkazgichlar tashqi muhit ta’siridan yaxshi himoyalanmagan bo‘lsa, quyidagicha himoya vositalari qo‘llaniladi:
— himoyalangan shina o‘tkazgichlar, ularda izolatsiya qilinmagan shinalar atrofi to‘r bilan o‘ralgan (tasodifan tegib ketmaslik, har xil predmetlar shinalar ustiga tushib qolmasligi uchun);
— izolatsiyalanmagan shinalar tomchi va changlardan himoyalovchi moslamalar bilan o‘ralgan;
— germetik metall qoplamalar bilan biriktirilgan shinalar.
Biriktiruvchi qoplama va moslamalar barcha shina o‘tkazgichlar uchun umumiy yoki har bir shina uchun alohida-alohida bo‘lishi mumkin.
Muhit harorati o‘zgarib turadigan hollarda qattiq mahkamlangan tok o‘tkazgichlarda (ayniqsa, tashqi muhitda) mexanik kuchlanishlar paydo bo‘lib, shina tayanchlar konstruksiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Absolut qattiq o‘rnatilgan va o‘rnatilgan joylari masofali o'zgarmas bo‘lganda, havo harorati shinadagi mexanik kuchlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi:

bunda, a — qism kuchlanishi, Pa; E — shina materiali egiluvchanlik moduli, Pa; a — uzayish harorat koeffitsiyenti, 1/k; 8 — shina haroratining ko‘tarilishi, k.


Tayanch konstruksiyasiga shina tomonidan ta’sir etadigan kuch,

bunda, F — kuch, H; S — shina ko‘ndalang kesim yuzasig m2.


Tok o'tkazgichlar izolatsiyasi nurashidan saqlanish uchun, shina deformatsiyalari va ulaming tayanch konstruksiyalari shunday o'rnatilishi kerakki, izolatorlarga o‘matilgan shinalar issiqlikdan kengaygan va cho‘zilganda sirpana olsin.
O‘zgaruvchan tok shina o‘tkazgichlarida davriy elektromexanik kuchlar ta’sir etadi. Ular chastotasi 2f ga (f —o‘zgaruvchan tok chastotasi) teng. Bu chastotaning qattiq o‘rnatilgan shina xususiy chastotasi bilan moc kelganda zararli rezonans hodisalari yuz beradi. Shinaning xususiy chastotasi tayanchli izolatorlar oralig'i bir xil masofada bo‘lganda quyidagi formula bilan ifdalanadi.

bunda, I — shina tayanchli oralig'i, m; E — shina materiali egiluvchanlik moduli (8.7-jadval); j - shina ko‘ndalang kesimining shu kesim o'qiga nisbatan inersiya momenti, m4; m — shina uzunlik birligi vazni, kg/m.


QT davrida rezonans hodisalar f0=(l,75—2,5)f bo‘lganda yuz beradi. Tarmoq chastotasi 50 Gts bo‘lganda, xavfli chastota ko‘lami 88—125 Gts larda bo'ladi.
Uch fazali bir tekislikka joylashgan shina o‘tkazgichlarda fazalaridagi induktivlikni hisobga olish darkor (chekka fazalarInduktivligi o‘rta fazanikiga qaraganda 15 % ga ko‘p bo‘ladi). Shuning uchun shinalaming ma’lum masofasida transpozitsiyalash (fazalar о‘rnini o‘zgartirish) darkor. 6 yoki 10 kV » li tok o‘tkazgichlarida transpozitsiya har 0,5 km da bo‘ladi.
Yuqori kuchlanishli tok o'tkazgichlaming kabel liniyalariga nisbatan afzalliklari, ayniqsa, katta quvvat uzatilayotganda — uzatkich, izolatsiya, qurilish qismlari, ochiq osiluvchi tok o‘tkazgichlaming narxi arzonligidadir.


Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling